Ii guruh anionlarining analitik reaksiyalari


Cho‘kma tuzilishini uning xususiy xossalariga va cho‘ktirish



Download 121 Kb.
bet17/20
Sana02.01.2022
Hajmi121 Kb.
#102936
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20
Bog'liq
2 5346148640341624837

2. Cho‘kma tuzilishini uning xususiy xossalariga va cho‘ktirish

sharoitiga bog‘liqligi

Moddani eruvchanligi kam bo‘lib cho‘kmaga tushishi cho‘kma tarkibiga kirgan elementlarni xossalariga bog‘liq. Quyida birikma eruvchanligi bilan uni tashkil etuvchi ionlar xususiyatlari orasidagi bog‘lanish qonuniyatlarini ko‘rib chiqamiz. Bir xil ishoralik ionlar birikmalarning qatorida eruvchanlik ion radiusi ortishi va elektromanfiylik kamayishi (yadro zaryadi kvadratini atom radiusiga nisbati) bilan kamaya boradi. Bu hol, ionlar qutblanuvchanligini va kimyoviy  bog‘  kovalentligini  ortishi  bilan  izohlanadi.  Masalan, kalsiy, stronsiy, bariy sulfatlari qatorida kation radiusini ortishi va Z 2/r nisbatini kamayishi bilan eruvchanlik kamaya boradi.

 

Sulfatlar

Ca SO4

Sr SO4

Ba SO4

Ion radiusi, nanometrda

 

0,104


 

0,120


 

0,138


2/r

38,5

33,8

29

Eruvchanlik m/l

4 – 10–3

7 – 10–4

1 – 10–5

 

Bunday qonuniyat qator birikmalar guruxida: sulfidlar, galogenitlar, selenitlar va boshqa, ion elektron konfiguratsiyasi o‘xshash, tuzlarda kuzatiladi. Elementni oksidlanish darajasi ortgan sari, hosil qilgan birikmalar eruvchanligi odatda kamayadi. Masalan, bunday qonuniyatni temir gidroksidlarida kuzatish mumkun.

                 

Ayni vaqtda, qator hollarda ionlarning kimyoviy xossalari o‘zgarishi natijasida oksidlanish darajasini ortishi eruvchanlikni ortishiga olib kelgan hollar ham kuzatiladi. Kationni katta radiusli va oson qutblanuvchi anion bilan cho‘kma hosil qilish ehtimoli ko‘proq. Fikrimizni isboti sifatida tarkibida r-element bo‘lgan kislota qoldiqlarini yirik anionlari: karbonat, fosfat, silikat va arsenatlar ham cho‘kma hosil qilishini aytish kifoya. Anion elektron bulutini qutblanuvchanligi kimyoviy bog‘ kovalentligiga bog‘liq. CHo‘kmalar zarrasining, o‘lchami va shakliga ko‘ra kristall va amorf turlarga bo‘linsada ular orasida keskin farq yo‘q, chunki amorf cho‘kma zarralarini mikroskop ostida kuzatilganda uni tarkibida kristall zarrachalarni ko‘rish mumkin. CHo‘kmani xossasi uning tarkibi va granulometrik (donadorlik ) tavsifi, ya’ni o‘lchami va shakliga bog‘liq. CHo‘kmani hosil bo‘lish tezligi, etilishi, filtrlanish tezligi kabi xossalar ana shu donadorlik o‘lchamlariga bog‘liq. Tahlilni gravimetrik usullarini ko‘pchiligi-cho‘kma hosil qilish, uni miqdoran, to‘liq ajratib olishga asoslangani uchun cho‘kmani 3 xil xususiyati, ya’ni tarkibi, zarrasini o‘lchami va shakli muhim ahamiyatga ega. Tahlil tez va aniq bajarilishi uchun aniqlanuvchi modda to‘liq va yirik kristall yoki zich amorf cho‘kma holida cho‘ktirilishi kerak, ana shundagina cho‘kma tez filtrlanib oson yuviladigan bo‘ladi. Agar cho‘kma juda mayda kristallar holida yoki amorf (iviq) holda bo‘lsa sekin cho‘kadi, filtr teshiklarini qoplab olishi oqibatida sekin fil’trlanadi. Moddaning eruvchanligi uning va erituvchi molekulalarining qutbligiga bog‘liq. Qutbli molekulali moddalar dielektrik doimiysi katta, qutbli, erituvchilarda yaxshi eriydi va aksincha molekulasi qutbsiz bo‘lgan moddalar, masalan, uglevodorodlar, yog‘lar qutbsiz erituvchilarda, masalan, benzol, to‘rt xlorli uglerod kabi erituvchilarda yaxshi eriydi.  

 

3. Kristall va amorf cho‘kmalarni hosil bo‘lish sharoitlari[1]



Kristall cho‘kma hosil bo‘lishi ikki jarayonni o‘z ichiga oladi:

1. Kristall markazlarni hosil bo‘lishi va ularning kristallanish hisobiga yiriklashuvi. Kristallanish boshlanishi uchun eritmadan cho‘kishi kerak bo‘lgan modda zarralaridan kristallanish markazi sifatida qo‘shiladi yoki idish devorlari shisha tayoqcha bilan ishqalanadi. (idish devorlari eritmaga tushirilgan tayoqcha bilan ishqalanganda. to‘yingan eritmadagi solvatlangan ionlar desolvatlanib, ya’ni birikib assotsiat, ya’ni kristallanish markazini hosil qiladi. Hosil bo‘layotgan kristall o‘lchami, to‘yingan eritmadagi kristallanish markazlari soniga bog‘liq. Agar kristallanish markazlari ko‘p bo‘lsa kristallar mayda, kamroq bo‘lsa yirik kristallar hosil bo‘ladi. Eritmadagi kristallanish markazlarining soni esa, eritmani o‘ta to‘yinganlik holatiga bog‘liq. Eritma xaddan tashqari to‘yingan bo‘lsa, qisqa vaqtda ko‘p kristallanish markazlari vujudga kelgani uchun ulardan mayda kristallar hosil bo‘ladi.

Cho‘kmani hosil bo‘lish jarayoniga quyidagi omillar ta’sir etadi:

  - Harorat ortganda eruvchanlik ortadi.

- Kichik kristallarni erishi hisobiga eritma o‘ta to‘yingan holatga o‘tadi, bu esa boshqa kristallarni yiriklashuviga olib keladi. SHuning uchun isitilgan, to‘yingan eritma sekin-asta sovitilganda kristallar massasi sekin orta boradi va yiriklashadi. Kristall cho‘kma hosil bo‘lishi uchun, cho‘kma hosil qiluvchi ionlar konsentratsiyalari juda katta yoki kichik bo‘lmasligi kerak. Eruvchanligi yaxshi bo‘lgan moddalar, masalan kalsiy sulfati, yirik kristallar hosil qiladi, chunki bunday modda eritmalarini (metastabillik) barqarorlik oralig‘i kengroq, ya’ni to‘yingan va o‘ta to‘yingan eritmalarni konsentratsiyalarini farqi kattaroq bo‘ladi.

 

Cho‘ktiruvchi eritmani qo‘shish tezligi ham zarralar o‘lchamiga ta’sir etadi. Cho‘ktiruvchi eritma tez qo‘shilganda konsentratsiya  (metastabillik ) o‘ta to‘yinishi chegarasida ortib ketib, mayda kristallar hosil bo‘ladi. Cho‘ktiruvchi sekin-asta, aralashtirib qo‘shilganda yirik, kristallik, cho‘kma xosil bo‘ladi.



2. Cho‘kmani shakillanish vaqti-cho‘kma etilishi deb ataladi. Eritma isitilganda mayda kristallar yiriklariga ko‘ra osonroq eriydi. Qayta, sekin sovitilganda yirikroq kristallar sirtiga qoplanib, kristallni yiriklashuvi, etilishiga sabab bo‘ladi.

Amorf cho‘kmalarni olish tartibi tubdan farq etib, kolloid zarralar hosil bo‘lishi bilan bog‘liq. Kolloid eritma hosil bo‘lib qolmasligi uchun, amorf cho‘kmalar o‘ta to‘yingan eritmalardan tez cho‘ktiriladi va tindirmasdan filtrlanadi.




Download 121 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish