Ii-bo‘lim. O‘zbekistondagi tuproq turlari va ularning xossalari


 Tuproqning granulometrik tarkibi, uning havo, issiqlik va suv



Download 0,77 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/9
Sana14.01.2022
Hajmi0,77 Mb.
#360147
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
KlLO6TeVw6KAxZ0lkMtcYHomrvGoesUQIg8TCbse

2.4. Tuproqning granulometrik tarkibi, uning havo, issiqlik va suv 

rejimlariga ta’siri 

G‘ovak tuproq paydo qiluvchi jinslarning granulometrik tarkibi ularning hosil 

bo‘lishi  va  boshlang‘ich  jinslar  harakteriga  bog‘liq.  Tog‘  jinslarining  nurash 

mahsulotlari  parchalanishi,  suv  va  shamol  oqimlari  ta’sirida  ko‘chirilish  va 

yotqizilishi  jarayonida  ularning  qayta  saralanishi  va  yer  yuzasida  yirik  bo‘lakli 

jinslar, qumli, changli yoki loyli yotqiziqlar holida to‘planishi sodir bo‘ladi. Bunda 

allyuvial  va  eol  yotqiziqlari  tarkibi  bir-biriga  o‘xshash,  yaxshi  saralangan  qum, 

qumloq, soz zarrachalarini ko‘p saqlaydigan holga o‘tadi. Muz, muz-suv va deluvial 




yotqiziqlari  esa  yomon  saralangan,  har  xil  kattalikdagi  zarra  (bo‘lak)lar 

aralashmasidan tashkil topgan. 

Turli katta kichikligidagi zarralar odatda turli minerologik hamda kimyoviy 

tarkibga ega. Tuproqlarda mexanik elementlar nafaqat boshlang‘ich ona jinslardan 

o‘tgan,  albatta  asosiy  qismi  shunday  kelib  chiqishiga  ega  bo‘lsa  ham,  ammo  bir 

qismi tuproq paydo bo‘lish jarayonida ham hosil bo‘lgan. Shuning uchun tuproqning 

mexanik  elementlarini  mineral,  organik  yoki  organo-mineralli  zarrachalar  tashkil 

etadi. Shunga ko‘ra tuproq mexanik elementlari birlamchi (ona jinslaridan o‘tgan) 

yoki ikkilamchi (yangi hosil bo‘lgan) bo‘lishi mumkin. 

Hozirgi  vaqtda  N.A.Kachinskiy  tavsiya  etgan  mexanik  elementlar 

klassifikatsiyasi ko‘p ishlatiladi (2.4.1--jadval). 

Tuproqning  suv  o‘tkazuvchanligi,  nam  sig‘imi  kabi  xossalari  hamda  havo-

suv, issiqlik kabi rejimlari mexanik tarkibi bilan bevosita bog‘liq bo‘lib, sug‘orish 

va  zax  qochirish  melioratsiyasida  bu  ko‘rsatkichlar  muhim  rol  o‘ynaydi. 

Qum  va  qumloq  tuproqlar  yengil  haydalganidan  dehqonchilikda  bularni  yengil 

tuproqlar jumlasiga kiritiladi. Suvni yaxshi o‘tkazib, maqbul havo rejimiga ega, tez 

isiydi. Lekin bu tuproqlar qator salbiy xususiyatlarga, jumladan, kam nam sig‘imiga 

ega.  Shuning  uchun  hatto  seryog‘in  rayonlarda  ham  o‘simliklarga  nam  yetarli 

bo‘lmaydi. 

Yengil tuproqlarda chirindi va o‘simliklar uchun zarur oziq moddalar kam va 

singdirish  qobiliyati  past  bo‘ladi,  shamol  eroziyasiga  ko‘proq  uchraydi.  Og‘ir 

qumoq  va  soz  tuproqlar  ancha  yuqori  birikkanligi  va  nam  sig‘imining  ko‘proq 

bo‘lishi  bilan  harakterlanadi.  Oziq  moddalar  bilan  yaxshiroq  ta’minlangan, 

chirindiga boy. Bunday tuproqlarga ishlov berishda aytilganidek, ancha ko‘p kuch 

va energiya sarflanadi. Shuning uchun bu tuproqlar og‘ir tuproqlardeb yuritiladi.  

2.4.1- jadval. Mexanik elementlar klassifikatsiyasi 

Zarrachalar o‘lchami, 

mm 


Mexanik elementlar 

(fraksiyalar) nomi 

Gruppalari 



>3 

 

3-1 



Tosh 

 

Shag‘al 



Tosh qismi 

1-0,5 


 

0,5-0,25 

 

0,25-0,05 



 

0,05-0,01 

Qum:yirik 

 

      O‘rta 



 

      Mayda 

 

To‘zon(chang): yirik 



«Fizik qum» 

0,01-0,005 

 

0,005-0,001 



 

0,001-0,0005 

 

0,0005-0,0001 



 

<0,0001 

O‘rta 


 

Mayda 


 

Loyqa: dag‘al 

 

     Nozik 



 

     Kolloidlar 

«Fizik loy» 

 

Strukturasiz  og‘ir  tuproqlar  noqulay  fizik  va  fizik-mexanik  xossalarga  ega. 



Suv o‘tkazuvchanligi past, yengil changlanib ketadi, qatqaloq hosil bo‘ladi, zichligi 

yuqori,  yopishqoqligi  va  ko‘pincha  havo,  issiqlik  rejimlarining  noqulay  bo‘lishi 

bilan  ajralib  turadi.  Bu  tuproqlar  ham  qumli  va  qumloq  tuproqlar  singari  qishloq 

xo‘jaligida foydalanish uchun uncha qulay emas. Strukturali va kam strukturali engil 

qumoq  va  o‘rta  qumoq  tuproqlar  qator  maqbul  xossalari  bilan  harakterlanib, 

dehqonchilik uchun qulaydir. 

Tabiiy  iqlim  sharoitlari  va  tuproq  tiplariga  ko‘ra  mexanik  tarkibining 

maqbulligi  ham  o‘zgaradi.  Masalan,  dasht  zonasining  yaxshi  strukturali  qora 

tuproqlari  uchun  ancha  og‘ir  mexanik  tarkib  (og‘ir  qumoq  va  soz  tuproqlar)  ham 



namni  yaxshi  to‘plash  imkonini  beradi.  Bo‘z  tuproqlarda  esa  o‘rtacha  qumoq 

mexanik tarkib ancha yaxshi hisoblanadi. 

 


Download 0,77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish