Reja:
KIRISH.
I BOB So’z birikmasi haqida umumiy ma’lumot
Gapda so’z birikmalaridan foydalanish
So’z birimasi bog’lanishlari
II BOB Valentlik tushunchasi
2.1. Valentlik so‘z birikmasining sintaksis-struktur sathi
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati
KIRISH.
Kurs ishi mavzusining dolzarbligi. Bugungi kunda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan barcha islohotlar xalq farovonligi, uning ertangi kuni va yosh avlodning barkamolligiga qaratilmoqda. Shu jumladan, xalqimiz ong-u shuurini, salohiyatini yanada oshirish maqsadida, barcha joylarda kitobxonllikka alohida e’tibor qaratilmoqda. Badiiy adabiyot inson dunyoqarashini o‘zgartiradi, olam va odamga nisbatan munosabatini shakklantiradi.
Badiiy asarni xalqchil, o‘qishli qiladigan vosita uning o‘ziga xosligi va uslubidir.
Badiiy uslub umummilliy tilning amalda bo‘lishining bir ko‘rinishi sifatida qaraladi. Badiiy adabiyotning estetik qiyofasini esa uning shakllanishiga asos bo‘ladigan til elementlarisiz tasavvur qilish sira ham mumkin emas.
Til elementlarining adabiy asarlarda birdaniga ikki vazifani – ham aloqa, ham estetik vazifani bajarishi uning tadqiqiga alohida bir mas’uliyat bilan qarashni taqozo qiladi. Ana shu mas’uliyatdan kelib chiqib aytish mumkinki, umumxalq o‘zbek tili va o‘zbek adabiy tili doirasida badiiy adabiyot sohasi talablarini qondirishga xizmat qila oladigan alohida bir poetik til vujudga kelgan. Uning shakllanishi va rivoji ham o‘zbek tili qadar uzoq tarixga ega va ana shu tarix ichida taraqqiy etib kelmoqda.
Boshqa adabiyot va adabiy tillarda bo‘lgani singari, o‘zbek adabiy tili va adabiyoti tarixida uning badiiy uslubi ham turli ichki va tashqi ta’sirlar ko‘magida shakllangan va o‘zgarib, rivojlanib kelgan.
Mavzuning o‘rganilish darajasi. Til elementlarining badiiy adabiyotda amalda bo‘lish qonuniyatlarini, ularning tanlanish imkoniyatlari va struktural o‘zgarishlarini ko‘rsatib berish, binobarin badiiy uslubning lingvistik alomatlarini birma-bir tahlil qilish orqali uning o‘zbek tilida alohida uslub ekanligini ham nazariy, ham amaliy jihatdan isbotlab berish ishning asosiy maqsadi sanaladi.
Bu ishlarni amalga oshirish bilan bir qatorda, tadqiqot davomida o‘zbek tili stilistikasi, uning funksional uslublar to‘g‘risidagi ayrim o‘z yechimini topishi kerak bo‘lgan masalalariga ham o‘rni bilan munosabat bildirishga to‘g‘ri keldi.
Tadqiqot davomida, eng avvalo, rus va chex tilshunosligida hamda turkologiyada, xususan, o‘zbek tilshunosligida badiiy uslub masalalarini yoritishga bag‘ishlangan ilmiy kuzatishlarga tayaniladi. Bunda V.V.Vinogradov. L.V.SHerba, A.I.Yefimov, R.A.Budagov, G.O.Vinokur, T.G. Vinokur, M.N.Kojina, B.Gavranik, V.Matezius, L.Dolejel, N.A.Baskakov, A.N.Kononov, M.Balaqayev, E.Demirchizoda, X.R. Kurbatov, A.G‘ulomov, Sh.Shoabdurahmonov, A.Hojiyev, R.Qo‘ng‘urov. M.Mukarramov, X.Doniyorov. A. Shomaqsudov, I.Qo‘chqortoyev, G‘.Abdurahmonov, E.Begmatov, B.Bafoyev kabi tilshunos olimlar badiiy uslubning lingvistik xususiyatlarini o‘rganishda o‘z hissalarini qo‘shishgan. Ularning qarashlariga suyangan holda ish olib borildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |