O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Bobni bu so’zlar bilan boshlaganim bejiz emas. Chunki shu maqolani o’qib chiqqanimdan so’ng “Temur Tuzuklari” asarini nihoyatda sergaglik bilan o’rganib chiqish nechog’lik zarur ekanligini yana bir bor angladim. Ya’ni uning davlat boshqaruviga oid bo’lgan tamoyillari hali ham eskirmaganligi va bundan keyin ham eskirmasligini tushunib yetish mumkin.
Temurning uch shayxga nisbatan ixlosi juda baland bo’lgan. Bular: Shamsiddin Kulol, Sayyid Baraka va Zayniddin Toyyobodiylardir. Amir Temur o’z faoliyati davomida shu pirlaridan maslahatlar olgan va ularning ko’rsatmalariga amal qilgan. Temur g’oliblik yoki mag’lublik askarning ko’p yo kamligiga bog’liq emas, balki yaratganning qo’llashi va bandasining tutajak tadbiriga bog’liqligini aytadi. Shu o’rinda Qarshi qal’asini 243 kishilik qo’shini bilan egallaganini aytib o’tadi. Bu paytda qarshida 12 000 (asarning Tehron nashrida 2000) askar bo’lgan va ularga Amir Muso hamda Malik Bahodirlar boshchilik qilardi.
1360 – 1361-yilda Amir Temurning Tug’uq Temur qoshiga borish oldi jarayonlari asarda juda chiroyli va ta’sirchan bayon etib o’tilgan.
Temur xorazm cho’llarida yurganida turkmanlar unga hujum qilgani haqida aytiladi. Keyin esa ular orasidan Hoji Muhammad degan odam temurni tanib qolganligi va unga hurmat bajo keltirib, tiz cho’kkanligi aytiladi. So’ngra Temur ham unga hurmat yuzasidan mandilini boshiga qo’yibdi, ya’ni kiydiribdi.11 1362-yilda Seyistonda bo’lib o’tgan jangda o’ng qo’l va o’ng oyog’idan kamon o’qidan yaralanadi.12 Shu o’rinda Amir Temurning nihoyatda kechirimli zot bo’lganligini anglash mumkin. Chunki bunday odat davlat boshqarishdagi yaxshigina tamoyillardan biridir.
Temurning ko’pdan ko’p tadbirlaridan o’rnak olish mumkin. Masalan, u dastlab o’ziga xiyonat qilgan, lekin keyinchalik bundan afsuslanib, undan uzr so’rab kelganlarni kechirgan va ularni hurmatlab, o’z xizmatiga olgan. Natijada, ular Temurning asliyatiga qoyil qolib unga sodiqlik bilan xizmat qilishgan. Ammo ba’zida bundan mustasno holatlar ham bo’lgan.13 Qo’l ostidagilarni yoki atrofidagilarni jipslashtirish va o’ziga sodiq xizmat qildirish uchun ba’zilariga mehribonlik qilgan, amalparastlariga amal bergan, xazina talablarini esa xazina bilan o’ziga ag’darib olganligini Temur ta’kidlab o’tadi. Rostanam bu sinalgan odatlardan biri ekanligini shaxsan o’zim tan olaman va buni yoqlayman. Bugungi kunda ham davlat boshqaruvida bo’lgan yoki istalgan bir lavozim egalari bu odatni o’zlariga jo qilib olsalar, ishlarida ko’p muvaffaqiyatlarni qo’lga kiritishlari tayin.
Amir Temur yana kengashni ham ikki xil bo’lishini tushunib yetganini aytib o’tadi. Biri chin ko’ngildan aytiladigan maslahat va fikrlar. Bunday kengashni Temur zo’r ishtiyoq bilan tinglaganligini aytadi. Ikkinchisi esa yuzaki aytiladigan maslahatlar yo fikrlar bo’lishini ta’kidlaydi. Bunday kengashlarni eshitmaslikka olish kerakligini maslahat beradi. Kimdir jon kuydirib gapirsa, uni zo’r diqqat bilan tinglagan. Sipohni ikkilantiradigan kengashlardan saqlangan. Agarda kengashda urush qilish qaroriga kelinsa, uning foyda va ziyonini tinchlikka solishtirib ko’rgan; agar tinchlik sulhi tuzishga kelishilsa, uning foydasi va ziyonini urushdagisiga solishtirib ko’rarkan.
Bir ishni boshlamay turib, undan chiqish imkoniyatlarini o’ylab qo’yardim – deb aytadi Temur. Har bir qarorga kelish uchun pirlarining maslahatiga ko’ra, avval o’zi bilan kengashgan, ya’ni yaqinlari bilan mashvarat uyushtirgan. Mashvaratda qabul qilingan qarordan keyin esa uning qur’ondan fol ochadigan odati borligini aytadi.
Amir Temurning islom dini yo’lida ham qat’iy turganligini ko’rish mumkin. Har bir ishida qudratli olloxdan madad so’rab, yolborgan.
“Temur tuzuklarida” Temurning qilgan ishlaridan muhimlari alohida mavzuchalar ko’rinishida, ya’ni kichik sarlavhalar ostida berilgan. Men esa bu yerda ulardan ayrimlari bayonini qisqa tarzda yoritib o’tishga harakat qilaman.
Dorussalom Bag’dodni va Arab Iroqini zabt etishdagi kengashi: Iroqi Ajam va Forsni zabt etganidan so’ng piridan xat olganligi aytiladi. Xatda esa “Ey Arab Iroqi va Ajam Iroqining buyuk fotihi, Olloh senga ikkinchi Iroqni ham taqdim etdi” , – deyilgan edi.
Endilikda Temur Dorussalom Bag’dodni bosib olishga qaror qiladi. Dastlab, u yerdagi qo’shin holatini bilish uchun odam yuborgan. Temurga Sulton Ahmad Jaloyir “Ikki ko’zli bir parcha go’sht ekan”, – deb yozilgan xat kelarkan. Shundan so’n Temur Tangrining inoyati bilan Bag’dodga yurish boshlaydi. Va uni zabt etadi. Sulton Ahmad Jaloyir14 esa Misrga qochib ketadi.
Usmonlilar saltanatini zabt etib, Boyazid lashkarlarini sindirish bobida qilgan kengashi: Shom Shaharlarini zabt etgandan so’ng Temurga Usmonlilar hukmdoridan haqoratomuz xat keladi va ayni damda Boyazidning Temur g’alabalaridan esankirab qolganligi aytiladi. Temur Damashqni bosib olib Mosul yo’li bilan Bag’dodga qarab yuradi va bu bilan Boyazidning urush qilgisi bor-yo’qligini bilib olmoqchi bo’ladi.
Tabriz tomonga harakatlana turib, qo’shinning ma’lum qismlarini Bag’dodga jo’natadi. Bu vaqtda bu yerda Sulton Ahmad Jaloyir o’z qo’shini bilan turar edi. Shahar ikki oydan ortiq qamal qilinadi. So’ngra g’alabaga erishiladi.
Bu voqealardan keyin Temur Ozarbayjonga qaytadi va o’sha yerda ancha qolib ketadi. So’ngra dushman ustiga yopirilib hujum qilish vaqti kelganini anglab 1402-yilning fevral oyida yo’lga chiqadi. Asarda dushman qo’shini 400 ming ekanligi keltirib o’tiladi. Lekin bu to’g’ri ekanligiga ishonadiganlar kamchilikni tashkil etadi. Aksariyat kishilar Boyazid qo’shini Temur qo’shinidan kam bo’lganligini ta’kidlaydilar. Shu tariq Temur bu urushda g’alaba qilib, o’z yurtiga qaytib ketadi.