Mundarija:
Kirish……………………………………………………………………….
I Bob. Sayohat maqsadlari va turizm turlarining nazariy asoslari
1.1. ……………………………………....
1.2. Turizmning turlari va ko’rinishlari……………………………………
1.3. Sayohatga bo’lgan ehtiyojni tug’diruvchi omillar…………………….
II Bob. O’zbekistonning turistik rayonlari tavsifi.
2.1. Turizmning zamonaviy turlari…………………………………………
2.2. O’zbekistonda mavjud sayohat turlari va turistlarning
sayohat maqsadlari …………………………………………………..
2.3. O’zbekistonda sayohatning yangi turlarini
rivojlantirish istiqbollari………………………………………………
Xulosalar va takliflar………………………………………………………
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati………………………………………...
KIRISH
XXI asrga kelib, turizm sanoati o`zining qanday kuchga ega ekanligini ko`rsatdi. Butun jahon turizm tashkilotining ma`lumotiga ko`ra jahonda va yurtimizda ham sayyohlik sanoati yildan yilga rivojlanib iqtisodiy va ijtimoiy jihatdan yuksalishlarga erishmoqda. Shu munosabat bilan Birlashgan millatlar tashkilotining Bosh Assambleyasi 2017-yilni Xalqaro Turizm yili deb e’lon qildi. Ushbu qaror 2015- yilning 4-dekabr sanasida qabul qilinib, “Turizmning nechog`lik ahamiyatga ega ekani va millatlar o`rtasidagi o`zaro hamkorlikka xizmat qilishi, bir-birining boy madaniy va tarixiy me’rosi haqida to`laqonli ma’lumotga ega bo`lishini ta’minlashga xizmat qiladi. O`z navbatida, turizm boshqa mamlakat, millatlar qadriyatlariga hurmat uyg`otadi va bu orqali dunyoda tinchlikning mustahkamlanishini ta’minlaydi”.
Xalqaro turizm yilida mamlakatimizda sohaning rivoji uchun bir qator ishlar amalga oshirilmoqda. Ta’kidlash lozimki, mamlakatimizda turizm sohasini rivojlantirish maqsadida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar natijasida tizimda tub o‘zgarishlar ko‘zda tutilmoqda. Ko‘zda tutilgan rejaga ko‘ra, viloyatimizga sayyohlar oqimi jihatidan ustuvor hisoblangan Rossiya, Fransiya, Germaniya, Italiya, Ispaniya, Yaponiya, Koreya, Xitoy kabi mamlakatlar bilan faol va maqsadli tadbirlar o‘tkazish hisobiga 5 yil ichida xorijdan sayyohlar oqimini yiliga 350-500 minggacha, jumladan islom diniga e’tiqod qiluvchi davlatlardan 100 minggacha (umumiy oqimning 20%i), MDH davlatlaridan 125 minggacha (25%) yetkazish, hamda bir vaqtning o‘zida ichki turizmni rag‘batlantirish hisobiga mahalliy sayyohlar sonini Buxoro viloyati aholisidan tashqari 500-750 minggacha yetkazish rejalashtirilmoqda. Oldinga qo`yilgan bunday maqsadlar mamlakat iqtisodiy rivoji uchun ham xizmat qilishi shubhasizdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |