Tadqiqot metodlari. O`zbekiston Respublikasining sohaga oid qonunlari, O`zbekiston Respublikasi Prezidenti asarlari, farmon va qarorlari, Vazirlar mahkamasining qarorlari, O`zbekiston Respublikasi turizmni rivojlantirish davlat qo`mitasi tomonidan ishlab chiqilgan me’yoriy hujjatlar, turizmni rivojlantirish boshqarmasi qonunlari kabilarga tayaniladi. Unda guruhlash, taqqoslash, sistemali yondashish, SWOT-tahlil, analiz va sintez kabi usul va uslublardan foydalaniladi.Tayyorlangan takliflar yuzasidan loyiha ko`rinishi ishlab chiqiqlib, nazariyada amaliyotda qo`llash taklifi bildirildi. Unda BTEIH barpo etishda jahon tajribasiga asoslangan holda takliflar berililgan (ilovalar taqdim etilgan). Ishlab chiqilgan takliflarning amaliy ahamiyati Shundaki, qabul qilingan konsepsiyaga qo`shimcha bildirilgan takliflar orqali yangi turistik markazlar barpo etiladi, mavjudlari rekonstruksiya qilinadi, shahar obod bo`lishi bilan bir qatorda mavjud turistik salohiyat to`laqonli tiklanadi. Bundan tashqari potensiali mavjud turistik resurslarni aniqlab, invistitsion loyihalarni tuzish va amalga oshirish evaziga yangi ish o`rinlari paydo bo`ladi, hudud iqtisodiy jihatdan rivojlanadi, mahalliy sayyohlar bilan bir qatorda xorijiy sayyohlar ehtiyojlari qondiriladi va davlat budjetiga tushadigan mablag`lar oshishiga erishiladi. Unda turizm sohasida erkin iqtisodiy hudud tasnifiga alohida e`tibor qaratilgan. Bunda turistik erkin iqtisodiy hududning maxsus hududlardan farqli tomonlariga alohida e`tibor berilgan.
Yuqorida bayon qilinganlardan xulosa qilib quyidagi takliflar bayonini keltiramiz: - respublika turizmida resurslarning samarali ishlatilishi uchun kichik va xususiy tadbirkorlikni keng avj oldirish;
- zamonaviy turistik komplekslar bunyod etish, ularni xalqaro andozalarga moslash,
xorijiy sarmoyalarni jalb qilish;
- yirik xorijiy turfirmalar bilan barcha turistik xizmat ko‘rsatishning yangi
shakllarini tashkil qilish;
- jahon turistlarining talabini o‘rgangan holda milliy taomlar tayyorlashni yo‘lga qo‘yish;
- yuqori malakali menejer, barmenlar va malakali xodimlarni tayyorlash va qayta tayyorlovni yo‘lga qo‘yish;
- O‘zbekistonda turizm infratuzilmasining rivojlanishida milliy xususiyat, milliy an’analarni e’tiborga olgan holda reklama va targ‘ibot ishlarini yaxshi yo‘lga qo‘yish. Bozor iqtisodiyoti sharoitida turizm sohasi monitar boshqarish modeli moliyalashtirishning shakllanishiga asoslangan. Bunday boshqaruv turistik mahsulotning o‘sishiga olib keladi. Ko‘pgina davlatlar uchun 30% chet el valyutasi umumiy tushumidan xizmat ko‘rsatish faoliyatini ta’minlayapti. Turizm sohasida markazlashgan modeldan bozor monetar modeliga o‘tish uchun birinchi bosqichda ichki va tashqi turizmda tizimlar yordamida chuqurlashtirish va makro darajada o‘zgarishlar qilish kerak. Ikkinchi bosqichda milliy-tarixiy ob’yektlarni qayta tiklashni, servis xizmatini yaxshilashni ko‘zda tutish kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |