Xulosa va takliflar
Xulosa qilib shuni ta`kidlash joizki, O`zbekistonda turistik erkin iqtisodiy
hududlar yaratishda faqatgina turistik markazlar loyihalari, chizmalar,
o`rganilgan xalqaro tajriba yoki sayyohlar oqimini oshirish yo`llarini ishlab
chiqish va amalga oshirish chora-tadbirlar yetarli emas. Albatta, buning uchun
turizmga bo`lgan munosabat, ta`lim - tarbiya, targ`ibot, tashkiliy- huquqiy,
ijtimoiy-iqtisodiy masalalarni hal qilishda bir yoqadan bosh chiqarib, yo`limizda
uchragan barcha kamchiliklarni bartaraf etib, barcha mutasaddi tashkilotlar bilan
hamkorlikda ishlarni muvofiqlashtirish talab etiladi. Shundan so`nggina umumiy
ilmiy-iqtisodiy asoslangan O`zbekistonda TETXlarni va umuman turizm sohasini
rivojlantirishning uzoq va qisqa muddatli dastur va loyihalarni amalga oshirish
va bosqichma-bosqich rivojlanish strategiya dasturini ishlab chiqib, hayotga
izchil tadbiq etish kelajakda o`z mevasini beradi.
Demak, tadqiqotlar olib borish jarayonida turizmga ixtisoslashgan erkin
iqtisodiy hududlarning nazariy va amaliy jihatlari o`rganilib, quyidagi
xulosalarga kelindi:
O`zbekistonda turizmning ijtimoiy va iqtisodiy ahamiyatini o`rganish
jarayonida sayyohlik sanoatining nechog`lik yuqori daromad keltiruvchi, yangi
ish o`rinlarini tashkil qiluvchi, hududiy rivojlanish mexanizmi hamda mamlakat
hududlarni integratsiyalashishga olib keluvchi manba ekanligi aniqlandi;
Bugungi kunda Prezidentimiz tomonlaridan chiqarilayotgan farmonlar,
qarorlar mamlakatimizda turizm sohasining rivoji uchun xizmat qilayotganligi
va turizm sohasi mamlakat iqtisodiyotining uchdan bir qismini tashkil qilishi
o`rganildi;
Turistik erkin iqtisodiy hududlar barpo etishda Dubay, Latviya, Tunis,
Gruziya, Turkiya, Rossiya, Xitoy kabi xorijiy davlatlar tajribasini o`rganish
jarayonida, ularda olib borilgan rivojlantirish dasturlarni yurtimizda joriy qilish
imkoniyatlari mavjudligi va bu uchun resurslarimiz yetarli darajada
ekanligito`g`risida fikr yuritildi. Tajribaga ko`ra, turistik erkin iqtisodiy
hududlar barpo etish yo`llarini amalga oshirishda xorijiy tajribaga tayanibgina
qolmasdan mahalliy hudud hamda mentalitetga moslashtirish maqsadga
muvofiqligi aniqlandi;
Tadqiqotlar natijasida turizmga ixtisoslashtirilgan maxsus hududlarni
rivojlantirish imkoniyatlari mavjudligi va ularni atrofida turli xil loyihalar orqali
turistik markazlar tashkil qilish imkoniyatlari o`rganilib, maxsus turistik
loyihaning ishlanmasi berishga muvaffaq bo`lindi.
Turistik erkin iqtisodiy hududlarning rivojlanish darajasini o`rganish va
tadqiqotlar orqali uning Respublika iqtisodiyotida muhim ahamiyat kasb etishini
tushundim. Bunday hududlarning tashkil qilinishi sohaning yanada ravnaq
topishi uchun poydevor vazifasini Yuqorida havola etilgan O`zbekistonda turizm
xaritalari barpo etish xorijiy tajriba va bozor holatidan kelib chiqib chora - tadbirlar
o`z vaqtida to`la - to`kis amalga oshirilsa, hech shubhasiz yaqin kelajakda
O`zbekiston ham dunyoda turizm sohasi yanada taraqqiy etgan mamlakatlar
qatoridan munosib o`rin egallaydi. Tadqiqotlar jarayonida yig`ilgan
ma’lumotlarni qiyoslash va tahlil qilish natijasida quyidagi takliflar beriladi:
Belgilangan hududda turizmga aloqasi bo`lmagan bino-inshootlarning
sonini kamaytirib, aloqadorlarini qo`shimcha ravishda ko`chirish;
Faoliyati joriy qilinishi rejalashtirilgan “Turizm politsiyasi”ni hududda
jolashuvini ta`minlash masalalarini ko`rib chiqish;
turistik hududida joylashgan arxitektura va tarixiy yodgorliklarni
asrash inspeksiyasini tuzish;
Mamlakat miqyosida turistik hududni ko`kalamzorlashtirish bo`yicha maxsus
inspeksiya tashkil qilish;
Hududda joylashgan tarixiy obidalar katalogini ishlab chiqish va uni
boyitish bo`yicha komissiya tuzish;
TEIHda faoliyat ko`rsatuvchi ishchi xodimlar ya`ni personal uchun
alohida joylarni tashkil etish;
Taklif qilinadigan turistik xizmatlar assortimentini rang – barang tarzda
boyitish;
Yurtimiz turizm bozorining jahon miqyosida raqobatbardoshligini oshirish,
iqtisodiyotimizdagi salmog`ini yuksaltirish, turizm sohasini yanada
rivojlantirishni maqsad qilib qo`ygan ekanmiz, bu ishni turizmga maslashtirilgan
erkin iqtisodiy hududlar barpo etish turizmni rivojlantirish evaziga amalga
oshirishimizga ishonchim komil!
Do'stlaringiz bilan baham: |