II BOB. O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI MAHALLIY BYUDJETLAR DAROMADLARINI SHAKLLANTIRISHNING TAHLILI…………………
2.1 Mahalliy byudjet daromadlarini shakllantirishda mahalliy soliqlarning ahamiyati tahlili …………………..........................................................................
2.2 Mahalliy byudjetni shakllantirishda davlat byudjetidan tashqari maqsadli jamgʻarmalarning tahlili ……………………………………………………………
2.3 Mahalliy moliyani shakllantirishda yirik soliq to’lovchi korxonalar mablag‘larining tahlili…….......................................................................................
2.4 Ikkinchi bob bo’yicha xulosalar…………………………………………….
2.1 Mahalliy byudjet daromadlarini shakllantirishda mahalliy soliqlarning ahamiyati tahlili.
Mamlakatimizda yildan yilga Davlat byudjeti daromadlari va xarajatlarini shakllantirishda samarali mexanizmlarni qoʻllash, Davlat byudjetining soliqli daromadlarini oshirish va undan oqilona foydalanish bilan bogʻliq islohotlar amalga oshirilmoqda. Prezidentimiz Sh.Mirziyoyev “...yangi soliq konsepsiyasining eng asosiy gʻoyasi soliq yukini kamaytirish, sodda va barqaror soliq tizimini qoʻllashni koʻzda tutadi. Shu orqali iqtisodiyotimiz raqobatbardoshligini oshirish, tadbirkor va investorlar uchun har tomonlama qulay muhit yaratishga erishish mumkin”, 1deb ta’kidlaganlar. Ushbu maqsadlarga erishishda mahalliy soliqlarning ham oʻrni borligini e’tirof etish lozim. Har bir mamlakatda jamoatchilik ehtiyojlarini qondirish hamda mahalliy rivojlanishni ragʻbatlantirishda mahalliy soliqlarning ahamiyati inobatga olinadi. Mahalliy oʻzini oʻzi boshqarish organlari daromadlarini oʻz byudjetlaridagi xarajatlarga mos ravishda oʻz manbalaridan, ya’ni mahalliy soliqlar hisobidan ta'minlashi zarur. Ushbu holda mahalliy soliqlar boʻyicha tushumlarni shakllantirishda byudjet uchun samarali mexanizmni yaratishda, albatta, soliq toʻlovchilarga tushadigan soliq yukini inobatga olish lozim, aks holda soliq toʻlovchilarning noroziligi soliq tizimining samaradorligiga salbiy ta’sir koʻrsatishi mumkin. Ta’kidlangan jihatlarni inobatga olgan holda xalqaro tajribani oʻrganish va milliy amaliyotimizga moslashtirish mamlakatimizda mahalliy soliq turlari boʻyicha tushumlarning oshishiga xizmat qiladi.
Davlat va mahalliy byudjetlar daromadlarining asosiy qismini soliqlar tashkil etadi. Mahalliy budjetni daromad bazalarini mustahkamlashda ular ixtiyoriga berilgan mahalliy soliqlar va yig‘imlar bo‘yicha tadbirlar muhim o‘rin tutadi. Shuni alohida ta'kidlash lozimki, mahalliy budjetlar mahalliy soliqlar va yig‘imlarni tashkil etish va boshqarishda mustaqil bo‘lsalarda, Moliya vazirligi tomonidan ishlab chiqarilgan tegishli me'yorlar doirasida faoliyat yuritadilar. O‘zbekiston Respublikasida amal qiladigan mahalliy soliqlar va yig‘imlar O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksining 23-moddasida aks ettirilgan bo‘lib, ularga quyidagilar kiradi:
• mol-mulk solig‘i;
• yer solig‘i;
• obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish solig‘i;
• jismoniy shaxslardan transport vositalariga benzin, dizel yoqilg‘isi va gaz ishlatganlik uchun olinadigan soliq;
• ayrim turdagi tovarlar bilan chakana savdo qilish va ayrim turdagi xizmatlarni ko‘rsatish huquqi uchun yig‘im;
• tadbirkorlik faoliyatining ayrim turlari bo‘yicha qat'iy belgilangan soliq. O‘zbekiston Respublikasida 2000-yildan boshlab davlat byudjeti xarajatlarining asosiy qismi ijtimoiy sohalarni moliyalashtirishga yo‘naltirilishini inobatga olgan xolda, ushbu yo‘nalish bo‘yicha davlat xarajatlarini optimallashtirish va samaradorligini oshirish maqsadida, byudjet xarajatlarining asosiy qismini mahalliy byudjetlarga bosqichma -bosqich o‘tkazish amalga oshirilmoqda.
Mamlakatimizda keyingi yillarda mahalliy hokimiyat organlarining hududlarni iqtisodiy – ijtimoiy rivojlantirish va aholini ijtimoiy himoya qilish bo‘yicha vakolatlari ortib bormoqda. Ushbu omil mamlakatimizni iqtisodiy – ijtimoiy rivojlantirishda mahalliy davlat organlarining ahamiyati ortib borishidan dalolat beradi. Mahalliy byudjet xarajatlarining ortib borishi ob'ektiv ravishda ularning daromad bazasini mustahkamlashni taqozo etadi.
O‘zbekiston Respublikasi byudjet tizimida mahalliy byudjet daromadlarining shakllantirilishi dunyoning rivojlangan mamlakatlaridagi kabi quyidagi an'anaviy formula asosida amalga oshiriladi:
MBX = BRD + BMD + QJEM (1)
Bu yerda MBX mahalliy byudjet xarajatlari miqdori;
BRD - biriktirilgan daromadlar miqdori;
BMD - muvofiqlashtiruvchi daromadlar miqdori;
QJEM - qo‘shimcha jalb etilgan mablag‘lar (dotatsiyalar, subvensiyalar, subsidiyalar)
Dissertatsiya ishimizning oldingi bobida biz dunyoning rivojlangan mamlakatlarida, shu jumladan, Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi mamlakatlarida ham (Rossiya Federatsiyasida) mahalliy byudjetlar daromadlari tarkibida mahalliy soliqlar va yig‘imlarning ulushi pastligi hamda yuqori byudjetlar tomonidan ajratiladigan umumdavlat soliqlaridan ajratmalar, dotatsiyalar, subvensiyalarning egallagan ulushi yuqoriligiga guvoh bo‘ldik.
Shuni ta'kidlash lozimki, rivojlangan mamlakatlardagi kabi bizning respublikamizning barcha viloyatlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasida ham mahalliy byudjet daromadlar tarkibida umumdavlat soliqlaridan ajratmalarning egallagan ulushi yuqori darajadaligi uzoq yillardan beri saqlanib kelmoqda. Olib borgan tadqiqotimiz natijasida shu narsaga guvoh bo‘ldikki, hozirgi vaqtda ham mahalliy byudjet daromadlari tarkibida mahalliy soliqlar va yig‘imlarning egallagan ulushi juda past darajada qolib ketmoqda. Biz ilmiy izlanishimiz predmeti sifatida olingan Qashqadaryo viloyati mahalliy byudjeti daromadlarini tahlil etamiz.
Qashqadaryo viloyati 1943-yilda tashkil etilgan. Viloyatning hududiy maydoni 28,6 ming kv.km. Doimiy aholisi 2565,9 ming kishi. Aholining 1455,7 ming kishi yoki 56,7 foizi qishloq joylarida va 1110,2 ming kishi yoki 43,3 foizi shahar joylarida istiqomat etadi. 2020 yilda viloyat bo‘yicha 34 618,1 mlrd so‘mlik yalpi ichki mahsulot yaratilgan. Shundan sanoatda – 18.7 foiz, qishloq xo‘jaligida – 43.6 foiz, qurilishda 6.5, savdo va umumiy ovqatlanishda – 31.2 foizni tashkil etadi. Qashqadaryo viloyatida iqtisodiy o‘sish sur'atlari so‘nggi yillarda o‘rta hisobda 2-3 foiz atrofida bo‘lib, 2020-yilda yalpi hududiy mahsulot o‘sish sur'atlari 2.1 foiz darajasida ta'minlandi. O‘zbekiston Respublikasi bo‘yicha YaIMning shakllanishida Qashqadaryo viloyatining qo‘shgan hissasi 6,0 % ga yetdi. Biz yuqorida ta'kidlab o‘tganimizdek, Qashqadaryo viloyati moliyaviy o‘zini – o‘zi ta'minlash qudratiga ega bo‘lgan, iqtisodiy jihatdan taraqqiy etgan industrial hudud hisoblanadi. Shuning uchun viloyat mahalliy byudjeti daromadlari tarkibi ko‘plab boshqa viloyatlar byudjet daromadlar tarkibidan farq qiladi. Lekin, shuni alohida ta'kidlash lozimki, viloyat mahalliy byudjet daromadlari viloyatda faoliyat ko‘rsatayotgan ayrim sanoat korxonalari faoliyatiga bevosita bog‘liqdir.
2020-yildagi Davlat byudjeti daromadlarida mahalliy soliqlarning ulushi tahlil qilinsa, 2019-yilgi koʻrsatkichlarga nisbatan oʻzgarishlar boʻlganligini koʻrish mumkin (2.2-rasm). Xususan, 2020-yilda mol-mulk soligʻi 2%ga, yer soligʻi 2%ga pasaygan boʻlsa, suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq 0,5%ga oshgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |