2.2-rasm. 2020-yildagi Davlat byudjeti daromadlarida soliq turlarining
ulushi (foizda)
S o’nggi yillarda O’zbekiston Respublikasi davlat byudjeti daromadlari tahlil qilinsa, mahalliy soliqlar bo’yicha tushumlar o’zgaruvchan tendensiyaga ega ekanligini ko’rishimiz mumkin. O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi ma’lumotlariga e’tibor qaratadigan bo’lsak, 2019-2020-yillarda mahalliy soliqlar sifatida yer solig’i, mol-mulk solig’i va suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqlar bo’yicha tushumlarda sezilarli o’zgarishlar kuzatilgan. 2020-yilda mol-mulk solig’i bo’yicha tushumlar (1974,3 mlrd. so’m) 2019-yildagiga (2360,2 mlrd. so’m) nisbatan kamaygan bo’lsa, yer solig’i (2386,7 mlrd. so’m) va suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq (478,8 mlrd. so’m) ko’rsatkichlari sezilarli oshgan. Shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “O’zbekiston Respublikasining “2021-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti toʻgʻrisida”gi Qonuni ijrosini ta’minlash chora-tadbirlari to’g’risida” PQ-4938-sonli Qarorining 3-ilovasi ma’lumotlari ushbu jadvalda aks ettirilgan bo’lib, unda 2021-yil uchun prognozlar keltirilgan (2.1-jadval).
Oʻzbekistonda mahalliy soliqlarning amal qilish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksining XV boʻlimi (Mol-mulk soligʻi), XVI boʻlimi (Yer soligʻi), XVII boʻlimi (Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq) va boshqa boʻlimlarida atroflicha ochib berilgan. Bunda ushbu soliq turlarining oʻziga xos xususiyatlari tushunish va tahlil qilish imkoni mavjudligini ta’kidlashimiz lozim. Mahalliy soliqlarning amal qilish mexanizmini oʻrganish va samaradorligini oshirishda xalqaro amaliyotni oʻrganish ham muhim ahamiyat kasb etadi. Xalqaro amaliyotni oʻrganish orqali mahalliy soliqlarni undirish bilan bogʻliq muammolarni hal qilish, mahalliy soliq turlari boʻyicha soliq solinadigan bazalarni toʻgʻri shakllantirish va kengaytirish imkoniyatlariga ega boʻlish mumkin.
Respublikamizda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishda mahalliy hokimiyat organlari manfaatdor bo‘lishlari lozim. Bunga, bizning fikrimizcha, quyidagi omillar ta'sir ko‘rsatadi:
- birinchidan, hududlarda yangi ish joylari tashkil etilishi natijasida mavjud ishsizlar soni kamayadi va ushbu omil bandlik jamg‘armasidan ajratiladigan nafaqalarni tejashga imkoniyat yaratadi;
- ikkinchidan, hududlarda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning rivojlantirilishi natijasida mahalliy soliqlarni to‘lovchilar soni oshadi. Mahalliy byudjetlarga tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchilardan soliq, patent to‘lovidan tushumlarning ko‘payishiga imkoniyat yaratiladi;
- uchinchidan, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning rivojlanishi hududlarda aholi bandligi, uning ish haqi va daromadlarini oshirish, bu
oxir – oqibatda mamlakatimiz hududlari, shahar va qishloqlarimizdagi eng muhim ijtimoiy muammolarning ijobiy xal etishga o‘z ta'sirini ko‘rsatadi.
Yuqoridagilardan xulosa qilish mumkinki, mahalliy byudjet mahalliy davlat organlariga yuklatilgan iqtisodiy – ijtimoiy vazifalarni bajarishlari uchun moliyaviy asosni tashkil etadi. Ushbu mahalliy byudjet daromadlarini shakllantirishda mahalliy davlat organlari o‘z hududlarida faoliyat ko‘rsatayotgan turli mulkchilik shaklidagi xo‘jalik yurituvchi sub'ektlarning moliyaviy – xo‘jalik faoliyati nazoratini olib boradilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |