Ii bob. Oilada bola tarbiyasining ijtimoiy pedagogik xususiyatlari


O‘RTA OSIYO MUTAFAKKIRLARINING AXLOQ, ODOB VA OILA HAQIDAGI QARASHLARI



Download 123 Kb.
bet3/8
Sana01.06.2022
Hajmi123 Kb.
#625674
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
maxmudova dilshoda

1.2. O‘RTA OSIYO MUTAFAKKIRLARINING AXLOQ, ODOB VA OILA HAQIDAGI QARASHLARI

Jahon fani va madaniyatiga g‘oyat ulkan hissalar qo‘shgan O‘rta Osiyolik donishmandlar o‘zlarining keng qamrovli fikrlari bi­lan insonni qanday qilib baxtli hayotga yo‘llash mumkinligi borasida ham riyozat chekib izlanganlar, bu xususda oqilona yo‘l topish uchun intilganlar. Ular o‘zlarining ana shu mazmunda yaratgan asarlarida axloqli, odobli bo‘lish, fayz-barakali, totuv oila qurish baxt-iqbolga eltuvchi ishonchli yo‘llardan ekanligini ko‘rsatib berishgan.


O‘rta Osiyodagi axloq, odob, oila haqidagi qarashlarning boshida xalqning o‘lmas daxosi yorqpn nur sochib turadi.
«Mifologik va afsonaviy qaxramonlarning obrazlari,— deb yoza­di professor Y. Jumaboyev,— xalq xotirasida asrlarcha yashab va qayta o‘zgartirilib keldiki, ularshshg aks-sadolari xozirgi kunga qadar O‘rta Osiyo xalqlariniig badiiy ijodida ham saqlanib qolgan. «Kitobi Jamshid», «Erxubba afsonasi» kabi o‘zbek ertaklari, folklor asarlari, bir qancha qadimiy shaharlar, xalqlar va hokazolarning bunyod etilishi xaqidagi afsonalar va rivoyatlar bun-ga yorqin misol bo‘la oladi... O‘sha qadimiy zamonlarda O‘rta Osiyo­dagi kuchmanchilar va utroq xalqlar orasida ko‘pgina aqliy rivoyatlar bo‘lib, ular asosini O‘rta Osiyo xalqlariniig vatanparvarlik kurashi tashkil etgan. Bu rivoyatlarda vatanga va hurriyatga bo‘lgan qizg‘in muhabbat tarannum etiladi; ularda or-nomus, do‘stlarga va safdoshlarga sadoqat kabi eng ezgu insoniy tuyg‘ular o‘z ifodasini topadi, o‘z burchini ado etish, dushman ustidan g‘alaba qilish yo‘lida qahramonlarcha o‘z jonlaridan kechishga, har qanday mashaqatlarga bardosh berishga, sevgi-muhabbatdan kechishga, o‘z qabiladoshlarining or-nomusi uchun turadilar»
Aytilgan so‘zning uddasidan chiqishdek mardlik, kechirimlilik, botirlarga xos insoniylik, oliy qimmatlik, sevgi va muhabbatga sodiqlik kabi chin insoniy axloqlar ajdodlarimizdan bizga meros bo‘lib qolgan muqaddas fazilatlardir. Shuning uchun ham O‘rta Osiyo xalqlari, jumladan, o‘zbek xalqining o‘sha qabi- lachilik hayot tarzlarini aks ettiruvchi eposlarida mardlik, jasurlik, kamtarlik, sevgiga sadoqat, do‘stlik va birodarlik, tinch-totuv yashash uchun kurash, insoniy qadr-qimmat, halol va pok turmush oilada poklik ulug‘langan. Biz bu ulug‘ g‘oyalarning «Alpomish», «Kuntug‘mish», «Gurug‘li» turkumidagi barcha dostonlarda, ajoyib xalq ertaklarida talqin etilganini ko‘ramiz.
Shunisi diqqatga sazovorki, qadimiy eposlarimizda ayollar erkaklar bilan teng mavqeda tasvirlangan, ular ham barcha sohalarda erkaklar bilan teng jasorat ko‘rsata olganlar.
Sevib turmush qurish, sevgiga vafodorlik, oilaviy totuvlik kabi insoniy xislatlar O‘rta Osiyo xalqlari, jumladan, o‘zbek urug‘lar va elatlarining xarakterli xususiyati sifatida saqlanib qolgan.
Hozirgi o‘zbek xalqining millat sifatida tarkib topishida 92 urug‘, elat, qabila a’zolarining o‘zaro birlashuvi, yagona ittifoqi bor ekanligini o‘qituvchi aytib o‘tishi ham o‘rinlidir.
O‘zbek xalqining tarkibida mazkur elat, qabila va urug‘lar ishtirok etgan, ular O‘zbekistonning bir yoki ikki joyida emas balki butun Turkiston hududida yashaganlar. Shu boisdan ham ularning turmush tarzlarida ayrim farqlar ko‘rinib turadi. Bu hol faqat qadimgi davrlar uchungina hos bo‘lib qolmay, balki uning ba’zi bir unsurlari hozir ham yashab kelayotganligi bilan ham belgilanadi. Masalan, Toshkent shahri bilan uning viloyatida yashovchi aholi, Farg‘ona vodiysining turli rayonlarida istiqomat qiluvchi o‘zbeklarning nikoh to‘ylarida o‘ziga xosliklar mavjud.
Binobarin, oila ahloqi, turmush madaniyati, nikohdan o‘tuvchilarning axloq-odobi qanday bo‘lishi oilada yigit va qiz qanday tarbiyalanganiga bogliqdir. Yoshlarning baxtli bo‘lishlari uchun to‘g‘ri tarbiya topish zarurligini o‘qtirgan allomalar " parining bilimlari, katta hayotiy tajribalariga suyanib odob-normalar, nasihatnomalar va ahloqqa doir qimmatli asarlar qoldirishgan.
Abu Nasr Forobiy. Mutafakkirning dunyoqarashi tabiiy va ijtimoiy fanlarning eng dolzarb muammolarini yechishga qaratilgan. U ulug‘ matematik, o‘tkir shifokor, buyuk tabiatshunos, atoqli faylasuf, yuksak didli tarbiyachi va ko‘zga ko‘ringan ahloqshunos ham edi. Tarixiy manbalarga ko‘ra, Forobiyning yetmishdan ortiq tilni bilgani haqida rivoyatlar ham bor.
Forobiy inson ahloqi haqida gapirar ekan, u axloqni jamoa mehnatisiz tasavvur eta olmaydi. Birgalikda mehnat qilish jamiyatni vujudga keltirganidek, axloqni ham jamiyat mehnati yaratadi.
«..Har bir kishi boshqasiga uning yashashi uchun zarur bo‘lgan narsaning,— deydi olim,— bir ulushini yetkazib beradigan joyda bir-biriga kumaklashuvchi ko‘p kishilarning birlashuvi orqaligina inson shunday kamolotga yetishishi mumkinki, u o‘z tabiatiga ko‘ra ana shunday kamolotga munosibdir. Bunday jamiyat barcha a’zolarining faoliyati ham bo‘lib, har bir kishi yashash va ka­molotga erishishi uchun nimaga muhtoj bo‘lsa, shularning hammasini yetkazib beradi.
Shu sababli odamlar ko‘payishib, dunyoning kishilar yashaydigan qismida o‘rnashishdi, buning natijasida esa kishilik jamiyatlari paydo bo‘ldi...»1 Shunga ko‘ra, u jamiyatni ijtimoiy foydali mehnat faoliyatisiz tasavvur eta olmasdi.
Forobiy baxt tushunchasini kishilarning turmushdagi saodatga erishuvi, deb tushunadi. Yaxshilik va yomonlik, burch va vijdon, nomus va adolat kabi kategoriyalardan farqli ularoq ya’ni umumiylashtirilgan baxt kategoriyasining yangi qirrasi maydonga chiqadi; u boshqa barcha kategoriyalarni o‘z ichiga oladi. Uning fikricha,—«baxtga erishish uchun foydali bo‘lgan hamma narsa va baxtga erishilishida ishga solinadigan hamma narsa... yaxshilikdir... va baxtga biron-bir darajada tusqinlik qiladigan hamma narsa — mutlaqo yomonlik»dir. Forobiy axloqning bilim bilan mushtarakligini asoslab be­radi. Uningcha, bilimlar insonni yaxshi axloqli, sahovatli va aql-idrokli qiladi. Inson bilimsiz o‘zi ko‘zlagan maqsadiga erisha olmaydi. Yaxshi inson bo‘lish uchun odamda imkoniyat bulmog‘i zarurligi ko‘rsatiladi: ta’lim va tarbiya olish imkoniyati borligi tufayli ta’lim olish hamda to‘g‘ri tarbiya topish kerak.Bunda tarbiya — bu kishilar bilan muloqotda aqliy qadr-qimmatni va odobda amaliy faoliyatni yaratishga olib boradigan yo‘l deb ta’riflanadi. Olim ta’lim-tarbiyani ustoz beradi, deydi
Forobiyning «qattiq» va «yumshoq» tarbiya usullaridagi qarashlari hozirgi zamon ahloq normasiga ham yaqin turadi. Chunnonchi, tarbiyalanuvchilar fan va hunar o‘rganishga moyillik bildirsalar, tarbiyachi ularga nisbatan «yumshoq» usulni, agar, mabodo o‘zboshimcha va itoatsiz. bo‘lsalar, ularga nisbatan «qattiq usulni qo‘llanishi aytiladi. Lekin Forobiy o‘zining bu sohadagi ahloqiy qarashlarini ustoz nuqtai nazaridan quyidagicha o‘rinli talqin etadi: «Ustozga kelganda, u shogirdiga juda kattiq zug‘m qilishga ham, xaddan tashqari ko‘p yon berishga ham intilmasligi lozim, chunki ortiqcha zug‘m shogirdga ustozga nisbatan nafrat uyg‘otadi; bordi-yu, shogird ustozning juda ham yumshoqligini payqab qolsa, bu hol unda ustozni mensimaslikka va undan hamda u beradigan bilimdan sovushga olib keladi».
Abu Rayhon Beruniy - jaxon aql-zakovati, tafakkur ilm! tarixida alohida o‘rin tutgan buyuk mutafakkir. U fanning ma­tematika, astronomiya, astrologiya, jug‘rofiya, geofizika, antro­pologiya, etnografiya, arxeologiya, filosofiya, mineralogiya ijtimoiy sohalarining yirik bilimdoni edi. Uning ko‘pchilik asarlarida insonning ahloq va odobi xususida mukammal fikrlar bayon etilgan.
Mutafakkirning «Mineralogiya», «Geodeziya», «Hindiston», «O‘tgan avlodlar obidalari» nomli yirik asarlarida inson shaxsi, uning aqliy kamoloti, aql-idroki, xalovat va lazzat, sabr-toqat va kamtarlik, go‘zallik va did, poklik va jushqinlik kabi tushunchalari tafakkur ilmining yetuk bilimdoni sifatida ta’rif beradi.
O‘z zamonasining qomusiy bilimdoni bo‘lgan Beruniy: «inson jamiyatda o‘z qarindosh-urug‘lari bilan birlashib olishga majburdir, bundan maqsad bir-birini qullab - quvvatlash hamda har bir kishining ham o‘zini, ham boshqalarni ta’minlash uchun ishlarsh bajarishidir», degan xulosaga keladi.
Beruniy «O‘tgan avlodlar obidalari» asarida ba’zi kishilar xulkq-atvorida mavjud bo‘lgan ziqnalik, yolg‘onchilik, munofiqlik xushomadguylik, ikkiyuzlamachilik kabi beiboliklarni ayovsie qoralaydi. Bundan odobsizlik va ahloqsizliklarga qarama-qarshi| omillar haqpda juda ibratli fikrlar aytadi. Olim ahloqan mayib, xulqan nogironlik sirlaridan tortib, missiy lazzati aqlga bo‘ysundirishga erishishga qadar idrokka ega bo‘lganlarni oqil kishilar, jismoniy lazzatnigina tan oluvchi shaxslarni beg‘am kishilar deb ataydi: «Oqil kishi ana shularning (yuqoridagilarning) hammasini aql-idrok va farosat nigohi bilan his etgandagina ma’naviy mamnuniyat sezadi, holbuki beg‘am odam jismoniy lazzatnigina tan oladi».
Beruniy “ozodalik va orastalik olijanoblikning o‘zagi” bo‘lishi kerakligini o‘qtiradi; insonning tashqi yoqimli qiyofasi to‘g‘ridan-to‘g‘ri uning ahloqiy qiyofasi bilan bog‘liqligi haqida gapirib, vaqtida «tishni yuvish, ko‘z va qovoqlarni toza tutish, ularga surma qo‘yish, sochni esa zarur bo‘lganda bo‘yash, tirnoqlarni
olib turish va silliqlash» kabi xislatlar sihat-salomatlikdan tashqari insonning go‘zalligi va pokligini ham ta’minlaydi.
Ahloq-odob egasi bo‘luvchi inson eng avvalo o‘zining yurish-turishi, muomala madaniyatida, hayot kechirishida, oila barqarorligida namuna bo‘lish kerakligini o‘qtiradi: «...Inson o‘z ehtiroslariga hukmron, ularni o‘zgartirishga qodir, o‘z jon va tanini tarbiyalar ekan, salbiy jihatlarni maqtagudek narsalarga aylantirishga, uni ma’naviy shifokorlik bilan davolashga hamda asta-sekin, ahloq haqidagi kitoblarda ko‘rsatilgan usullar bilan illatlarni bartaraf etishga qodirdir”.



Download 123 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish