Abu Bakr Ar-Roziy
Abu Bakr Muhammad ibn Zakariyo Ar-Roziy (865-925 yy.)
ilk o`rta asr SHarqi fanining yirik namoyandalaridan biri,
buyuk kimyogar va tabib Ray shahrida tug’ilgan, arab va fors
tillarida ijod qilgan. U o`zining ilmiy kuzatishlari, yangi va
ilg’or nazariyalari, ilmiy kashfiyot-lari va o`sha davr fanining
barcha sohalariga oid 238 dan ortiq asarlari bilan jahon fanini
yuqori bosqichga ko`targan olimlardan, uning 22 ta risolasi kimyoning turli
muammolarini echishga bag’ishlangan.
Abu Bakr Ar-Roziy Misr, eron va Ispaniya davlatlarida o`z asarlari bilan
e`tibor qozongan bo`lsa, G’arbiy Evropada uning asarlari tarjima qilingach
lotincha Razes nomi bilan mashhur bo`lgan. Ar-Roziyning ijodiy muvaffaqiyatlari
undan keyingi davrlarda yashab ijod etgan allomalar tomonidan rivojlantirildi.
YOzib qoldirgan asarlari orqali o`zidan 100 yil keyin Buxoro va Xorazmda etishib
chiqqan Abu Ali Ibn Sino va Abu Rayxon Beruniy kabi allomalar ijodiga barakali
va ijobiy ta`sir ko`rsatdi. Abu Bakr Ar-Roziy o`z zamonasida va undan keyin ham
davom etgan an`anaga ko`ra o`z tarjimai holi va asarlar ro`yxatini yozib qoldirgan,
biroq ular bizgacha etib kelgan emas. SHuning uchun ham Ar-Roziyning tarjimai
holi va ilmiy merosini o`rganishda asosan o`sha davrda va undan keyin yashagan
olimlarning, xususan, o`zbek sharqshunoslarining so`nggi tadqiqot-lariga
tayanamiz. Ar-Roziy 251 hijriy yil 1 sha`bon (865 yil 28 avgust kuni) tug’ilgan. U
yoshligidan adabiyot va musiqa bilan shug’ullangan, udni yaxshi chalgan va
yoqimli ashula ayta oladigan iste`dodli kishi bo`lgan. Keyinchalik Ar-Roziy
falsafa, matematika, geografiya, astronomiya va kimyo fanlarini o`rgangan. YOshi
ancha katta bo`lib kolgandan keyin tabobat bilan ham shug’ullangan. Ar-Roziy
70
Aristotelning to`rt unsur haqidagi nazariyasini alkimyoning bosh nazariyasi –
atomistik g’oyalar bilan birlashtirgan. Ar-Roziyning “Ilm olish debochasi” nomli
kitobi kimyo fanini o`rganishga bag’ishlangan dastlabki risoladir. Unda moddalar,
ularning xossalari, kimyoviy jarayonlar, reaksiyalarni amalga oshirish uchun
kerakli asbob-uskuna, jihoz va shisha idishlar haqidagi ma`lumotlar yig’ilgan. SHu
bilan birga boshqa bir asarida turli ruda va ma`danlarning xossalarini bilish
kimyoning
asosiy
vazifasi
ekanligini
ta`kidlab,
buning
barchasi
tabiatshunoslikning bir qismi ekanligini bayon qilgan. Ar-Roziy o`zining “Isbot
as-san`at” (“Isbotlash san`ati”) kitobida kimyo fani san`atning bir ko`rinishi
bo`lib, uning asoslarini o`zlashtirish uchun mohirlik, etarli tajriba, malaka va
kechadigan kimyoviy jarayonlarning mohiyatini chuqur anglash lozim deb
ta`riflaydi. “Kitob at-hojar”(“Toshlar haqida”) nomli asarida o`zining buyuk
o`tmishdoshi Jobir ibn Xayyom g’oyalaridan foydalanib, bu sohaga oydinlik
kiritdi. “Kitob at-tadbir” (“Amallar va usullar haqida kitob”) asari bilan Ar-Roziy
minerallarni o`rganish faniga bag’ishlangan ma`lumotlar keltiradi va bir qator
maslahatlar beradi.
Olim “Kitob at-SHavohid” (“Isbotlashning mohiyati haqidagi kitob”)
asarida metallarni ajratib olish va tozalash haqidagi o`z zamonasida ma`lum
bo`lgan barcha axborotlarni keltiradi, eksperimental ish bajarish uchun kerakli
uskunalardan foydalanish, dorivor moddalarni tayyorlash va ularni qo`llash
haqidagi ko`rsatmalarni mujassam qilgan.
Abu Bakr Roziyning “Kitobi sir al-hukamo” (“Hukmdorlarning sirlari
haqidagi kitob”) nomli risolasi katta e`tiborga molikdir. Bu kitobda uzoqni ko`ra
bilmaydigan no`noq hukmronlarning kamchiliklarini ko`rsatib, bu davlat qudrati
emirilishi va asosiy aholi kambag’allashuvining bosh omili ekanligini bayon qiladi.
Allomaning fikricha, kimyo fani nazariyalarini chuqur bilish, amaliyot va ishlab
chiqarish sohasi taraqqiyotiga e`tibor qaratish davlatni qashshoqlik girdobidan olib
chiqadi va uning avvalgi qudratini tiklaydi deb o`rgatadi.
71
Abu Bakr Ar-Roziyning mashhur asari “Kitob sir as-sir” (“Sirlar siri
kitobi”) 912 yilda olim qo`lyozmasidan ko`chirilgan yagona va eng qadimiy
nusxasi O`zR SHarqshunoslik instituti kutubxonasi qo`lyozmalar fondida (3758
raqamli asar) saqlanmoqda. Kitob 9 bobdan iborat, unda kumushga turli jilo va
ranglar berish, simobni eritish, oltin ajratib olish, turli eliksirlar tayyorlash,
moddalarni quritib suvsizlantirish, yumshatish, eritish va simob yordamida
amal’gamalar olish usullari batafsil bayon qilingan. Ushbu asarda rangi va tashqi
ko`rinishi bilan oltin va kumushni eslatuvchi qotishmalar tayyorlashning turli
xususiyatlari ham muhokama qilingan. Bu asar kimyoviy reaksiyalardagi
Do'stlaringiz bilan baham: |