H+O+H
-H2O
Novolog smolasi yuqori temperaturada yumshaydi va sovitilganda qotadi, ammo bunda kimyoviy o’zgarish sodir bo’lmaydi. Bu smolalar termoplast smola deyiladi. Bu smola kislotali muhitda sodir bo’ladi.
Fenol va formaldegidning ishqoriy muhitdagi polikondensatlanish natijasida rezol smolalasi hosil bo’ladi.(proyeksion ko`rgazma ko`rsatiladi.)
Yuqori temperaturada kimyoviy o’zgarishga uchraydi va yumshash xossasini yoqatadi. Bu smolalar termoreaktiv smolalar deyiladi.
YU.M.B lar asosiyzanjirining tarkibiga ko’ra uch gruppaga bo’linadi.
1. Karbozanjirli polimer birikmalar- polimer makromolekulasidagi asosiy zanjir faqat uglerod atomlaridan tarkib topgan.
Masalan: polietilen, polistrol, polivinil xlorid, polivinil ftorid, polistrol ftor etilen polimerlari karbozanjirli polimerlanadi. (proyeksion ko`rgazma ko`rsatiladi.)
H H H H H
-C-C-C-C-C- POLIETILEN [-CH2-CH2-]
H H H H H
nCH2=CH (…-CH2-CH-)n
C6H5 C6H5 Polistrol
2. Getereozanjirli polimer birikmalar- asosiy zanjirida uglerod atomlaridan tashqari, kislorod, oqot, oltingugurt, fosfor atomlari ham bo’ladi.
Masalan: tselyuloza, oqsillar, polialidlar.
Gesametilendiamin va adipin kislotasidan neylon tolasi olinadi.
nNH2-(CH2)6-NH2+n(CH2)4 COOH H-[NH-(CH2)6-NH-CO-(CH2)4-CO-] n
COOH
OH+(2n-1)H2O
Neylon polialidlarga kiradi.
3. Element –organik polimerlar- asosiy zanjiridagi kremniy, toton, alyumeniy, germaniy va boshqa elementlar bo’ladi.
Element- organic polimerlardan olingan plyonkalar suv, gaz, havoni o’tkazmaydi.
R R R R R R R
HO-SI-OH+HO-SI-OH+SI-OH+… …O-SI-O-SI-O-SI-O-SI…
R R R -nH2O R R R R
Polisloksan.
Hozirgi kunda sanoatining rivojlanishinin radio texnika va elektronika sohasini, televediniya avtomo0bilsozlik va mashinasozlik, samolyotsozlik kosmik kemalar yaratish halq ho’jaligini polimer maddalarsiz tassavur qilish mumkin. Turli kimyoviy tolalar (kapron, lavsan, nitrat) qimmatbaho tabiiy xom ashyo bo’lgan paxta, jun, ipak o’rnini bosadi. Polimer moddalar oziq-ovqat sanoatida o’rovchi materiallar, pardalar, muzqaymoq tayorlashda ishlatiladi.
Polimer moddalar tibbiyotda jarrohlikda (o’z-o’zidan so’rilib ketuvchi tikish uchun ishlatiladigan tolalar) ko’z kasaliklarini davomida sun’iy ko’z gavharlari, dori moddalarning ta’sir muddatini uzaytirishda keng qo’llaniladi.
Ko’z kasallklarida qo’llaniluvchi dorivor plyonkalar- fiziologik aktiv moddani ko’zning shilliq qavati orqali bevosita qon aylanish sistemalarga olib o’tish vazifasini o’taydi. Qanday diabet kasaligida insult etishmovchiligini ignasiz korrektsiyalovchi o’zida insulin tutgan dorivor plyonkalar yaratilmoqda. Kutish natijasida vjudga kelgan yaralarni davolashda zamonasviy sun’iy teri- yarani havo kislorodi bilan ta’minlaydi, to’qimalarni emirilishining oldini oladi.
Jarrohlik sohasida so’rilib ketuvchi iplar, kuyish va yaralar uchuin qoplamalar, yumshoq va qattiq to’qimalar uchun plastinka, sun’iy buyrak, sun’iy jigar, sun’iy yurak plazma va qon o’rnini bosuvchi moddalar yuz-jag’ sohasi jarrohligi, tramatologiya va ortopediya sohasidagi polimerlar- endoprotezlik uchun ishlatiladigan polimerlar kiradi.
O’zbekistonda polimerlar kimyosi tarixi yarim asrlik davrini o’z ichiga oladi. 40 yilning davridan boshlab O’zbekistonda X.O’.Usmonov boshchiligida polimerlar kimyosiga asos solindi.
1951 yilda X.O’.Usmonov rahbarligida O’zbekistonda birinchi polimerlar labaratoriya tashkil etildi.
Tabiiy xom ashyo bo’lgan polimerlar modda paxta tselyulozasi labaratoriya tadqiqotlarida asos qilib olindi.
Akademik K.S. axmedov polimerlar kimyosi sohasida tuproq tarkibini va dispers sistemalarini tashkil etuvchi gidrofil polimer moddalar eritmalari va aralashmalaridagi kalloid- kimyoviy holatlarni o’rganuvchi yo’nalishini rivojlantiradi.
O’zbekiston fanlar akademioyasi Polimerlar kimyosi va fiziologik institutidagi akademik S.J.Rashidova boshchiligida fiziologik aktiv polimer preparatlarning tibiiy- biologik xossalari o’rganiladi.
Akademik olimlardan M.A.Asqarov
YU.T.Toshpo’latov , S.S. Ne’matov , T.M.
Mirkomilovlar polimerlar kimyosi va fizik-kimyosi sohasida paxtachilik sanoati chiqindisi mentdan tselyuloza olish, polimer metal komplekslari olish, kollenozitsion polimerlar, radikal polimerlanish va sopolimerlanish kabi yo’nalishlarni rivojlantirdilar.
O’zbekiston Milliy Universiteti kimyo fakulteti olimlari R.S.Tillaev boshchiligida YU.M.B eri8tmalarida termodinamikasi ustida ustida ishlanishlar olib bordi, yangi xil payvandlash polimerni hosil qilishdi.
Tarkibida ftor saqlangan polimerlar sintezi va ularni o’rganish sohalari bilan universitet prossori A.A.Yo’lchiboy boshchiligida ishlar olganda oshiriladi.
Prosseror O’.N.Musaev boshchiligidagi olimlar jarrohlikda tirik organism ichki a’zolarini protezlashda ishlatiladigan tayor polimer mahsulotlarini tabiiy- biologik xususiyatlarini yangilash borasida izohlanmoqda.
Hozirgi kunda O’zbekistonda o’ngdan ortiq polimerlar kimyosi markazlari ishlamoqda. Bu markazlarda 6 ta akademik olim 50 ta fan doktorlari, 120 ta fan nomzodlari va ilmiy xodimlar ish olib bormoqdalar. Ular erishgan muvafaqiyatlar O’zbekistonda polimerlar sanoati rivojlantirishning bosqichlarini ta’minladi.
Yangi mavzuni mustahkamlash.
Savol va mashqlar.
1. Qanday mavzuni moddalar YU.M.B deb ataladi. Misollar keltiring.
2. tabiiy va sun’iy va va sintetik YU.M.B larga misollar keltiring va farqini tushuntiring.
3. YU.M.B larga quyi molekulyar birikmalardan farqini bayon qiling.
4. Manometr deb qanday moddalarga aytiladi.
5. Polimerlanish reaktsiyasi deb qanday reaktsiyaga aytiladi. Butilen, stiral, vinilxloridning reaktsiyasini yozing.
6. sopolimerlanish nima.
7. Qaysi polimerlanish termoplastik qaysilari termoreaktiv polimerlar deb ataladi.
8. Plastmassa nima. Ularning ishlatilishi sohalarini bayon qilish.
9. Tolalarning qanday turlarini bilasiz? Misollar keltiring.
10. Kauchuk nima? Uning gruppalar bilan o’xshashligi va farqini tushuntiring.
11. Tibbiyotda qanday polimer moddalar ishlatiladi. Misollar keltiring.
12. O’zbek olimlarining YU.M.B lar ish tezligini olib borayotgan ishlari to’g’risida tushuntiring.
Test topshiriqlar.
1. Quyidagi moddalarningf qaysilaridan polimer sintez qilish mumkin.?
1. CH2=CH-CH3 5. CH3-CH2-CH2-OH
2. CH3CI-CH2-CH3 6. NH2-(CH2)3-COOH
3. CH2=CH-CH2-CH2 7. CH2-CH2-CH2
4. CH3-COOH CH2-CH2-CO NH.
A) 4.5.6 B)1.3 S)1.3.6.7 D) 1.2.3 E) hammasi to’g’ri
Javobi: S) 1.3.6.7
2. Berilgan sxema bo’yicha hosil bo’ladigan x, y va z moddalar nima?
CH=CH CH3COOH x t, kat y Na OH z
A) Vinilatsetat, polivinilatsetat, polivinilspirt.
B) Etilatsetat, sirka kislota, natriy atsetat
C) Vinilatsetat, sirka kislota, natriy atsetat.
D) Propil formiat, chumoli kislota, natriy formiat.
E) Butan kislota, sirka kislotasi, natriy atsetat.
Javobi: A.
Masalani eching.
22.6 g kaprolaktamga suv biriktirilganda 21 g E- aminokapron kislota hosil bo’lgan. Reaktsiya unumini aniqlang?
Echish: CO
(CH2)5 NH+ H2O NH2 (CH2)5-COOH
V (kaprolaktam) = 22,6 \ 113= 0,2 mol’
V (aminokislota)= 0,2 mol’
M (aminokislota)=0,2* 131=26,2
Reaktsiya unumi n= 21\ 26,2= 0,80=80%
Labaratoriya tajribasi.
1.Polietilenning xossalari. 1. stakanga polietilen parchasi solib ustiga ozgina suv quying. (proyeksion ko`rgazma ko`rsatiladi.)
2. Mayda- mayda polietilen bir nechasini:
a) bromli suv quyilgan probirkaga; kaliy parmaganat eritmasi quyilgan probirkaga soling. Ikkala probirkani ichidagi eritmasi bilan birga qizdiring.
3. bir necha etilen parchalarini : a) kontsertlangan nitrat kislota eritmasi bor probirkaga b) natriy gidrooksidning suyultirilgan eritmasi bor probirkaga soling. Uchala probirkani qizdiring.
Mustaqil xulosalar chiqarish uchun topshiriqlar.
1.Nima uchun polietilen bromli suvga ta’sir etmaydi. Va kaliy permanganat eritmasining tusini rangsiz holatga o’tkazmaydi? 2. polietilen kislota va ishqorlar ta’sirida qanday munosabatda bo’ladi.
Tayanch iboralar.
Monomer, polimer, sopolimer, blok polimer, oligomer, polikondensatlash, termoreaktiv, termoplast.
Uyga vazifa: A.Abdusamatov, R.Mirzaev, R.Ziyoev “Organic kimyo darsligi”.
235 bet 16, 21 savol –masq bajarish.
16 – mashq
Sizga tanish bo’lgan poliamit tolalariga misol keltiring va hosil qilish reaksiya tenglamasini yozing.
21-mashq.
Sanoat miqiyosida sintetik kauchuk olish usuli qachon va kim tomondan taklif etilgan, reaksiya tenglamalarini tuzing.
Xulosalash. Dars jarayonida faol hamda passiv qatnashgan o’quvchilarning harakatiga baho berish va ballarni e’lon qilish.
Foydalinadigan adabiyotlar.
1.A.Abdusamatov, R.Mirzaev. R.Ziyoev.
“organic kimyo” T-“o’qituvchi” 2003 yil.
XIX bob – 218-235 betlar.
2. M.M.Abdullaev ,O’.M.Mardonov
“Kimyo” T-“O’zbekiston” –2003 yil
XXXV bob –629-655 betlar.
3.A.S.Rasqarov, I.I.Islomov “kimyo” T- “O’qituvchi” –2003 yil
168-169 betlar.
4. Abulxayeva “Kimyo” T-“O’qituvchi” 2001 yil
5. O’zbekiston Respublikasi ensiklopediyasi T-2000 yil
6. 6. Z.Tohirov, J.Rahimov, S.Mirzaxo’jayev va boshqalar “Yordamchi testlar”
T-O’qituvchi, 2000 yil
7. A.Q.Muftaxov, H.T. Omonov, R.O.Mirzayev “Umumiy kimyo” 11-sinf darsligi T-2002 yil
8. M.Asqarov “Qadimiy va navqiron kimyo” T-2000 yil
9. “Yosh ximik ensiklopediyasi” M-1987 yil
10. “Organik kimyo” electron darslik O’MKHT Markazi 2003 yil
XIX боб.
Mavzu: O’zbekistonda kimyo sanoati istiqbollari va atrof muhit muhofazasi.
Dars maqsadi:
Ta’limiy:- O’zbekistonda kimyo sanoatining o’rni, ishlab chiqarilayotgan
mahsulotlarning arzonligi va ekologik jihatdan havfsiz ilg’or
chet el texnologiyalarining joriy etilishi, sanoat mahsulotlarining
sifatini oshirish hamda bugungi kunda insoniyat oldidagi eng muhim
muammo- tabiatni asrash va ekologiya muammosini hal etish asoslari
to’g’risida bilim berish.
Tarbiyaviy:-
-
O’zbekistonda mavjud yirik kimyo korxonalarining ishlab chiqarish salmoqlarni o’rgatish orqali iqtisodiy tarbiya
-
Atmosferani ifloslantirmaslik, tabiat resurslaridan oqilona foydalanish va chiqindilarsiz ishlab chiqarish texnologiyalarni joriy etish to’g’risida bilim berish orqali tabiatni asrash va ekologik tarbiya berish.
Rivojlantiruvchi:-
Talabalarning muammolarini echishda erkin fikrlash, fikrini bayon etish, nutq madaniyatini o’stirish va tafakkurlash xususiyatini rivojlantirish.
Dars turi. Yangi bilim berish
Dars uslubi. Suhbat.
Dars jihozi.
a) tarqatma materiallar:-
test, kartoteka, rebus boshqotirma.
b) texnik vositalar:-
multimedia, kadoskop.
s) kimyoviy moddalar komplekti.
Mavzuning fanlar bilan bog’liqligi:- ekologiya, iqtisod, geografiya, biotexnologiya.
Foydalanilgan adabiyotlar.
1. I.A.Toshev, R.R.Ro’ziev, I.I.Ismoilov,
“Anorganik kimyo” T- “O’qituvchi” 2002 yil.
2. I.Xolliev, A.Ikromov.
“Ekologiya” T- “Mehnat” 2001 yil.
3. I.A Karimov O’zbekiston XXI asr bo’sagasida: xafsizlikka taqdid barqarorlik shartlari va taraqiyot kafolatlari. T-“O’zbekiston” 1998 yil.
4. O’zbekiston respublikasi konstitutsiyasi T- 1992 yil.
5. Abdulxaeva “kimyo” T- o’qituvchi 2001 yil.
6. M.Asqarov “qadimiy va navqiron kimyo” T- “fan” 1990 yil.
7. O’zbekiston respublikasi entsiklopediyasi T- 2000 yil.
Darsning borishi.
I. Tashkiliy qism.
-
navbatchi axborotini tinglash.
-
O’quv xonasi va talabalarning darsga tayorligini nazorat qilish.
II. O’tilgan mavzuni va uy vazifani so’rash.
-
Sintetik yuqori molekulyar birikmalar qanday reaksiyalar asosida olinadi?
-
Quyidagi polimerlarni nomlang.
a) (- CH2-CHCl-)n b) (-CF2-CF2-)n
d) [-NH-(CH2)5CO-NH(CH2)5-CO-]n
-
quyidagi reaksiya natijasida qanday manomer (A) olidani, uning polimerlanish mahsuloti (B)ni aniqlang.
+HCl
CH=CH A B
16 – mashq. Echimi: Poliamid tola hosil qilish jarayoni.
O O
║ ║
CH2-CH2-C-[OH] CH2-CH2-C
H -H2O N-H
│ │ │
CH2-CH2-CH2-N-H CH2-CH2-CH2
E-kaprolaktam
O H O O H
║ │ ║ ║ │
H2N-(CH2)5-C-OH+H-N-(CH2)5-C-OH H2N-(CH2)5-C-N-(CH2)5-COOH+mH2O
Umumiy holda.
H O
│ ║
nH2N-(CH2)5COOH -N-(CH2)5-C- +mH2O
n
kapron
21-mashq. Echimi: 1932 yilda Rossiyada akademik S.V.Lebedov sintetik kauchukni sanoat miqyosida olishni taklif etdi.
nCH2=CH-CH=CH2 (-CH2-CH=CH-CH2-)n
1,3 butadiyen butadiyen kauchuk
Masala 1. Polistirol namunasining o’rtacha nisbiy molekulyar massasi 3*106 ga teng. Polistirolning polimerlanish darajasi n ni aniqlang?
(-CH-CH2-)n –polistirol
│
C6H5
Mr=12*6+5+1+12+12+2=104
n=3*106/104=300*104/104=28846. n=28846
Masala2: Quyidagi o’zgarishlari amalga oshirishgaimkon beradigan reaksiya tenglamalarni tuzing.
metan asietilen etilen etanol butadiyen butadiyen-stirol kauchugi
15000C
1. 2CH4 HC=CH+3H2
H2;Pt, Ni
2. HC=CH H2C=CH2
H2SO4
3. CH2=CH2+HOH CH3-CH2-OH
katalizator
4. 2CH3-CH2-OH CH2=CH-CH=CH2+2H2O+H2
5. CH2=CH-CH=CH2+CH=CH2 [-CH2-CH=CH-CH2-CH-CH2]k
C6H5 C6H5
TEST.
-
Quyidagi polimerlarning qaisylari termoplastik hisoblanadi?
1. polietilen 2. fenolformaldegid 3. polipropilen 4. mochavina-formaldegid 5. polistirol
-
1.3.5 b) 1.2.3 c) 3.4.5 d) 1.5 e) 1.3.4
-
Termoreaktiv polimerni aniqlang.
-
polistirol b) polietilen c) fenolformaldegid d) polipropilen e) polimetilmetakrilat
-
Neylon tolasi olish uchun qaysi moddalardan xomashyo sitatida foydalaniladi
-
adipin kislota va geksamitilendiamin b) aminokapron kislota c) etilenlikol va teraftol kislota d) stirol va butadiye e) fenol va formaldegid
4. Quyidagi polimerlanish reaksiyasi natijasida qanday pilomer olinadi. nCF2=CF2 A
-
ftorpren b) Teflon c) poliftorviniliden d) stirol e) divinil kauchugi
5.Sanoat miqiyosida sintetik kauchuk olish usuli qachon, kim tomonidan taklif etilgan?
-
1932 yil, S.V.Lebedov
-
1881 yil M.Q.Kucherov
-
1928 yil S.V.Lebedov
-
1924 yil Q. Shtaudinder
-
1932 yil A.Yu.Arbuzov
Kod: 1 a 2 c 3 a 4 b 5 a
TEST
-
Sintetik yuqori molekulyar birikmalar qatorini aniqlang.
-
politilen, lavsan tolasi, teflon, drinil kauchuk
-
viskoza tolasi , polipropilen, kapron tolasi, oqsil
-
polisitirol,polietiltn,tiflon,asetat tolasi
-
polixlorvinil,finolformaldeqid simolasi,kaproon tolasi
-
lavsan tolasi, viskoza tolasi,butadiene kavchuqi,polisitirol .
-
Quyidagi yuqori molekulyayar birikmalarning qaesilari biopolimerlar hisoblanadi ?
1 polietilen 2 oqsil 3 kapron tolasi 4 nulein 5 poli sitirol 6 kraxmal.
-
2.6 b)2.5.6 c) 2.4.6 d)1.2.6 e)2.3.4
Mexanik jihatdan mustahkam, kimyoviy jihatdan barqaror yonmaydigan sitetik polimerni aniqlang.
a) polisitrol b) finolformaldegid simolasi. c)polimetilmetaklirad d) tiflon
-
neylon
-
Quyidagi qaysi plasmassadan sun’iy charm ishlab chiqariladi ?
a) tiflon b)divininl c)polivinillxlorid d) polisitirol e) polietilen.
-
Qaysi monomerning polimerlanish maxsuloti organic shisha tayyorlashda ishlatiladi.
a) vinilxolrid b) polietilen c)stirol d)vinil ftorid e)metilmetakrilat.
Kod 1a 2c 3d 4c 5e.
III. Yangi mavzu bayoni.
Reja:
1. O’zbekiston kimyosi yuksalishda.
2. O’zbekiston yirik kimyo korxonalari.
3. Kimyo va atrof muhiti.
4. Tabiatni asrang va ekologiya muammosi.
O’rta osiyo xalqlarining tarixida madaniyat xunarmandchilik eramizdan bir necha oldin ham taraqqiy etgan.
IX-X asrlarda yashab ijod etgan ulug’ olimlar Jobir Ibn Hayom, Abu Nasr Muhammad Farobiy, Abu Bakr Rozi, Abu Abdulla Xorazmiy asarlarda kimyo fanining muhim ahamiyati qayd etilgan.
Respublika iqtisodiyotida kimyo sanoati muhim o’rinni egallaydi. O’zbekiston kimyo sanoatida 750-dan nomda mahsulot igslab chiqariladi. Respublika sanoat mahsulotlari umumiy hajmida kimyo sanoati korxonalari mahsulotlari solishtirma hissasi 4,6 foizni tashkil etadi.
Respublika kimyo sanoatida tabiiy gaz,neft,ko’mir,oltingugurt, turli minerallar ohaktosh, grafit, rangli metalurgiya, paxta,kanopni qayta ishlash chiqindilaridan oily tarzida foydalaniladi.
O’zbekiston kimyo sanoatida ishlatiladigan xom ashyoning asasiy qismi hamda ehtiyot qismlar va asbob uskunalar chetdan olib kelinadi. (Rosiyadan toluol yog’och sellyulozasi, kaustik soda, Qzog’istondan fosforitlar).
Ayni paytda kimyo sanoatda maxsulotlari (mineral o’g’itlar, kaprolaktan, kimyoviy tolalar hamda iplar, sintetik ammiyak, lak- bo’yoqlar) eksport qilinadi.
1910- yillarda ohak kuydirish,osimlik bo’yog’I olish, oltingugurt ishlab chiqarish, 12 ta sovun zavodi, nefni haydash zavodi,2 ta bo’yoq zavodi .
Zamonaviy kimyo sanoatining shakllanishi 1932-yil qadmdan oltingugurt qazib olingan.Sho’rsuv oltingugurt koni (Farg’ona) ishga tushurilishi bilan boshlandi.
Kimyo sanoatining eng yirik korxonasi Chirchiq electr kimyo kombinati 1940-yildan maxsulot bera boshlandi.
Mineral o’g’itlar ishlab chiqarish respublikakimyo sanoatining asasiy tarmoqlaridan biriga aylandi. Respublikada qishloq xo’jalik uchun zarur bo’lgan amofos, amiyak silitrasi,karbamit va N,P li o’g’itlarni ishlab chiqarish yo’lga qo’yilgan.Chirchiq elektr kimyo kombinati, farg’ona azotli o’g’itlar, qo’qon superfosfat zavodi,Navoiy kimyo birlashmalarida asosiy turdagi azotli o’g’itlar isglab chiqarish.
Respublikada bir yilda 2,8 mln t N, 1,28 mln t P li o’g’itlar ichlab chiqarilgan.
Sulfat kislotasi kimyo sanoati tarmoqlari uchun muhimdir. Olmaliq ,,Ammofos’’ birlashmasi, Samarqand kimyo zavodi, Navoiy kon-metallurgiya kombinati,Muborak gazni qayta ishlash kompleksidir. Soda sanoatining Markaziy Osiyoda yagona bo’lgan korxonasi Qo’ng’irot soda zavodi 1995-yilda qurildi.
Kimyoviy tolalar va iplar xilma-xil halq iste’mol mollari ishlab chiqarishda Farg’ona kimyoviy tolalar zavodi, Navoiy azot birlashmasida nitron akril tilalari ishlab chiqarilmoqda. Ishlab chiqarilgan kaprolaktamning hammasi, atsetat va nitron tolalarining 3dan2 qismi respublikadan tashqariga jo’natiladi.
Rezina mahsilotlari angren, Toshkent rezina-texnika zavodlarida, plastmassa va propilin maxsulotlari Ohangaron ,,Santexlit”, Jizzax plastmassa quvirlari zavodlarida, lak-bo’yoq mahsulotlari, Toshkent lak-bo’yoq zavodida, atir-upa mahsulotlari ,,Lola firmasida, dori-darmonlar,,O’z kimyofarm “birlashmasida ishlab chiqarilmoqda.
1991-yilda O’zbekistondagi kimyo korxonalari negizida davlat konserni tashkil etildi. 1994-yilda konsern ,,O’z kimyo sanoat” uyushmasiga aylantirildi. Uyushma tarkibida 22 ta ishlab chiqarich korxonasi, 8ta qo’shma korxona 3ta institut va 1ta loyiha instituti mavjud.
Respublikamizda yirik kimyo korxonalari va ularga qanday mahsulotlar qaysi usullar bilan olinayotganligiga qarab quyidagi korxonalar faoliyat ko’rsatmoqda. Chirchiq elektrkimyo kombinati- asosiy ishlab chiqarish mahsuloti suyuq ammiak, suyultirilgan va kontsentrlangan nitrat kislota, karballid (mochevka),E- kaprolaktali va har xil katalizatorlardan iborat. Ammiak nitrat (selitra) quyidagicha olinadi.
2CH4 900-10000C CH=CH+3H2
N2+3H2 2NH2
2NH3+3O2 NO2+NO+3H2O
NO2+H2O 2HNO3
NH3+HNO3 NH4NO3
Navoiy azot va Farg’ona azot birlashmalarida ham xuddi shunday reaktsiya va jarayonlar asosida selitra ishlab chiqariladi.
Olmaliq “Ammofos” ishlab chiqarish birlashmasi- asosan ammofos, universal fosfor azonli o’g’it ishlab chiqariladi.
Samarqand kimyo zavodi- asosan ammofos superfosfat va fosforli o’g’itlar ishlab chiqariladi.
Farg’ona kimyoviy tolalar kombinati- asosan E- kaprolaktamni polimerlanishga uchratib yana o’sha polikaprolaktam va uni 2400 da suyuqlantirib fil’eralardan o’tkazish orqali kapron tolasi olinadi.
Sho’rtan neft- kimyo sanoati birlashmasi.
2001 yil dekabr oyida ishga tushdi. U o’rta osiyo va qo’shni mamlakatlar uchun ahamiyatli bo’lgan polietilen ishlab chiqarish korxonasidir. Uning asosiy jarayoni neft tarkibida mavjud bo’lgan yo’ldosh gazlarni higler katalizatori vositasida polietilenga aylantirishdir.
Farg’ona shahridagi atsetat ipak ishlab chiqarish korxonasida tselyuloza ishlab chiqariladi.
Farg’ona furan kimyoviy birikmalari zavodi yiliga 30000 tonna paxta tselyulozasi ishlab chiqarishga poydevor qo’yildi.
Qaraqalpog’istonda kaustik soda zavodi qurish ishlari olib borilmoqda.
Neftni qayta ishlash korxonalari.
-
Farg’ona neftni qayta ishlash zavodi.
-
Buxoro neftni qayta ishlash zavodi.
-
Oltiariq neftni qayta ishlash zavodi.
-
Muborak gazni qayta ishlash zavodi.
-
G’uzor neft- kimyo kompleksi qurilmoqda.
Respublikamizdagi 16 ta qurilish materiallari korxonalari va 19 ta 17 ta moy ishlab chiqarish korxonalarida ishlab chiqarilayotgan kimyo sanoatining mahsuloti deyish mumkin. Chunki ularni ishlab chiqarish kimyoviy jarayonlarga va kimyo fanidagi erishilgan yutuqlarga asoslangan. (O’zbekistonning mustaqillik yillaridagi iqtisodi video tasviri.)
Tabiat muhofazasi ilmiy muammo va amaliy sifatida XIX asrning oxiri va XX asrning boshlarida yuzaga kelgan. Bu esa muammo mohiyatini anglashni va uni hal etishni talab etadi.
Tabiat muhofazasi deyilganda insoniyatning hozirgi vaqtda yashayotgan vakillari va kelgusi avlodlarining moddiy madaniy ehtiyojlarini qondirish, inson jamiyatining mavjud bo’lishi uchun qulay shart- sharoitlar yaratish maqsadida tabiat boyliklaridan oqilona foydalanish, atrof muhitni buzilishi va ifloslanishidan muhofaza etish borasida davlat tomonidan belgilangan ishlar hamda ijtimoiy tadbirlarning rejali tizimi tushuniladi. Hozirgi vaqtda tabiatni asrash davlat ahamiyatiga ega bo’lgan masaladir.
Ekologiya hozirgi zamonning keng miqyosida muammolardan biridir.
Ekologiya muammosi yer yuzining hamma burchaklarida ham dalzarb. Faqat uning keskinlik darajasi dunyoning turlichadir deb ta’kidlaydi. I.A.Karimov o’zining o’zbekiston XXI asr bo’sag’asida xavfsizlikka taqdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari asari.
Ekologiya xavfli vaziyatlar quyidagilar natijasida keskinlashmoqda.
-
Erning cheklanganligi va uning sifat tarkibi pastligi bilan bog’liq.
-
Erning nihoyatda sho’rlanganligi- O’zbekiston uchun ulkan ekologiya muammodir. Tuproqning har xil sanoat chiqindilari va maishiy chiqindilar bilan shiddatli tarzda ifloslanishi real taqdid tug’dirmoqda. Turli kimyoviy vositalar, zararli moddalar va mineral o’g’itlarni saqlash, tashishi yerning ifloslanishga olib kelmoqda.
-
Radioktiv ifloslanish, katta xavf tug’dirmoqda.
-
Orol dengizining qurib boorish xavfi g’oyat keskin muammodir.Orol dengizining qurib borishi va shu jarayon tufayli orol bo’yi mintaqasidagi tabiiy muhitning buzilishi ekologik fojea sifatida baholanmoqda.
-
Havo bo’shlig’ining ifloslanishi ham respublikada ekologik xavfsizlikka solinayotgan taqdiddir. Har yili respublikaning atmosfera havosiga 4 mln tonna yaqin zararli moddalar quyilmoqda. Shuning yarim uglerod oksidiga, 15% iga oltingugurt (W) oksidi, 9% izini azot oksidi, 4 % iga yaqin o’ziga xos o’tkir zaharli moddalarga to’g’ri keladi. O’zbekiston Respublikamizning tabiatning muhofaza qilish borasidagi milliy tadbirlari boshqa davlatlar va xalqaro tashkilotlar bilan keng va har tomonlama hamkorlik qilish ishi bilan qo’yib olib borilmoqda. Atrof muhitni muvofaza qilish va tabiiy zahiralardan oqilona foydalanish bo’yicha 2005 yilgacha mo’lchallangan davlat dasturi ishlab chiqilgan bo’lib, ushbu dasturda respublikamizda ekologik vaziyatni sog’lomlashtirish, ekologik keskinlikka barham berish yo’lari belgilangan.
-
Chiqindisiz ishlab chiqarish, ekologik asr texnologiya yaratish, havo va oqova suvlarni tozalash.
-
Turli kimyoviy pereparatlarning mutagen faolligini aniqlash irsiy kasalliklarni davolash usullarni ishlab chiqish.
-
O’simlik va hayvonot olamini himoya qilish sayoramiz fauna va floro genafondini saqlash.
-
Aholida ekologik ong ekologik madaniyatni shakllantirish borasida ta’lim tarbiyaviy ishlar. (Atmosferaning ifloslanishi, azon qatlamining yemirilishiga oid video tasvir ko’rsatiladi.)
IV Yangi mavzuni mustahkamlash.
Savol va topshiriqlar.
-
Kimyo sanoatining O’zbekiston rivojlantirish to’g’risida gapiring.
-
O’zbekiston kimyo sanoatining ishlab chiqarish salmog’ida tabiiy boyliklar o’rnini ta’riflang.
-
O’zbekistonda qanday qayta yirik kimyo korxonalrini bilasiz.
-
Yirik neftni qayta ishlash korxonalarini saqlang.
-
Tabiat muhofazasi daeilganda ishlashni tushunasiz?
-
Nima uchun zavodlar mo’risiga gaz-chang va zaharli moddalarini tutib qoluvchi muammolar o’rnatilgan.
-
Neft, uning mahsulotlarini qayta ishlashda tabiatga ko’rsatiladigan salbiy ta’sirlar nimalardan iborat.
-
Nima uchun transportni vositalarni oqar suvda, daryo va ko’llarda yuvish mumkin emas.
-
Tabiatni muhofaza etish bo’yicha yangi chora-tadbirlar mohiyatini tushuntiring.
-
Tabiatning muhofaza haqida O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasidagi ayrim moddalarni sharqlab bering.
V. Xulosalash: darsda faol hamda passiv qatnashgan o’quvchilar harakati e’tirof etiladi, ballar e’lon qilinadi.
Uyga vazifa: Mavzuga oid test topshiriqlarni bajarish.
А .Oltin. B. Kaliy. S. Mis. D. Uran. E. Kumush.
1. Muruntov koni tarkibidagi foydali elementning ulushiga ko’ra, Yevrosiyo qit’asida end boy kon hisoblanadi.Unda qaysi element nazarda tutiladi?
2.,,Suyuq usul’’da qazib olinadigan , yo’l –yo’lakay radiy, skandiy va
lantanoidlar ham olinayotgan, O’zbekistondagi zahiralari 50-60 yilga yetadigan modda.
3.Navoiy viloyatidagi Visokovolitnoe, O’qjetpes, Kosmonachi va Namangan viloyatidagi Oqtepa konlaridan asosan qaysi metallni qazib olinadi.
4.O’zbekistonimiz qaysi metalni qazib olish bo’yicha jahonda ettinchi zahiralari bo’yicha to’rtinchi o’rinda turadi?
5.O’zbekistonimizdagi eng katta konlari Qashqadaryoning Tubokati va Surxandaryoning Xo’jan konlarida bo’lgan, tuz holildagi zahiralari yuz yildan ko’proqqa etadigan foydali metalni ko’rsating.
6.1992 yilda ishga tushirilgan “Zarafshon –Niyumont “O’zbekiston- Amerika qo’shma korxonasi kon agdarmasining minerallashgan uyumdan qaysi metalni ajratib olishmoqda?
7.1998yilda ishga tushirilishi kutilayotgan “Omontov Goljfilds” O’zbekiston Britaniya qo’ma korxonasining asosiy mahsuloti qaysi metaldan iborat bo’ladi?
8.O’zbekistonimizda kabel mahsulotlari olish uchun yarim tayyor mahsulot sifatida ko’blab ishlab chiqarilayotgan va katta qismi qayta ishlashga muhtoj bo’lgan metal?
9.O’zbekistonda qaysi rangli metall ma’dani bilan birga yana 15 xil metal, chunonchi: molibden ,tellur ,selen ,reney, kobalit, nikel, osmiy va boshqalar ochiq usulda qazib olinadi?
10.Samarqand viloyatidagi Zarmitan konidan Eng kuchli plastik xususiyatli, korroziyaga bardoshli metall olinadi.Bu qaysi metal?
11.Osmiyning 187 massali barqaror izotopi jahondagi jami osmiyning 1,6 foiz qismini tashkil etadi va juda siyrak uchraydi. Ozbekistonimizda qaysi metal ko’proq bo’lgan rudada uchbu izotop ham bor?
12. O’zbekistonimizdan eng yirik sanoat korxonalaridan biri biri bo’lgan Olmaliq kon metalurgiya kombinati chet eldagi turdosh konlardan ruda qazib olishga ko’ra ustun bo’lgan Qolma qir noyob konining rudasi hisobiga ishlaydi. Bu korxonada molibdendan tashqari yana qaysi metal ko’proq ishlab chiqariladi?
13. O’zbrkistonga ko’blab sovrinlar keltirgan, soflik darajasi to’rtta to’qqiz bilan o’lchanadigan oily tavar ko’rinishiga ega bo’lgan metalni ko’rsating.
14. Eng yirik konlarining ko’pligiga ko’ra dunyoning ulkan viloyatlaridan bo’lgan Qizilqumda yangidan aniqlangan va o’rganilayotgan Aristontov, Bolpantov, Bulutkonlarda qaysi metal rudasi qazib olinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |