B L
2
3 UCL
4 URL
5
6
7 LRL
LCL
0
Bunday kartalarda quyidagi uchta holat bo’lishi mumkin:
1)nazorat qilinuvchi miqdor qiymatlari ogohlantiruvchi chiziqlar orasida;
2)qiymatlar ogohlantiruvchi va nazorat chiziqlari orasida;
3)qiymatlar nazorat chiziqlarni tashqarisida.
2-rasmdagi NK da uchala holat ham mavjud: i=3, i=5 va i=10 tanlamalarga mos nuqtalar ogohlantiruvchi va nazorat chiziqlari orasida, i=11 tanlanmaga mos nuqta UCL tashqarisida, qolgan barcha nuqtalar ogohlantiruvchi chiziqlar orasida joylashgan.
Amalda NK ni holatiga qarab quyidagi umumiy xulosa va choralar ko’riladi ( nuqtalar BL o’qda joylashgan):
1-hol. .
Bunda jarayon statistic nazoratda bo’ladi. Jarayonni o’zgarishi faqat muhim bo’lmagan (tasodifiy) sabablarga ko’ra bo’lishi mumkin.
2-hol. yoki .
Bu holda Jarayonni statistik nazoratda bo’lmaydi, uni o’zgarishi muhim sabablarga asosan bo’ladi. Bunda Jarayonni ta’mirlash talab qilinadi va zaruriyat bo’lganda ishlab chiqarish jarayoni to’xtatiladi.
3-hol. yoki
Bunda TJ statistic nazoratdan chiqish holatda bo’ladi.Joriy nazorat paytida qo’shimcha tanlama olinib hisoblanadi, agar 1-hol qaytarilsa, Jarayon stabil holatda deb hisoblanadi. Aksincha holda Jarayonni ta’mirlash va statistic turg’un holatga keltirish choralari ko’riladi.
Shuxartning NK larida nazorat va ogohlantiruvchi chiziqlarni aniqlash markaziy moment hisoblanadi.
Nazorat chiziqlari shunday topiladiki, jarayon statistic nazoratda (JSN) bo’lganda nazorat qilinuvchi X tasodifiy miqdorning qiymatlari bu chiziqlardan tashqariga tushish hodisasining ehtimolligi juda kichik α soniga teng bo’ladi. Masalan, ikki tomonlama NK lar uchun bu chegaralar quyidagi shartli ehtimol orqali aniqlanadi:
α (1)
Amalda X ni taqsimoti simmetrik bo’ladi, shu sababli nazorat chiziqlari CL o’rta chiziqdan bir xil masofada joylashadi. Bunday holda (1) ehtimollik ikkita teng bo’lgan ehtimolliklar yig’indisiga ajraladi:
Shu sababli yuqori (UCL) va quyi (LCL) nazorat chiziqlarini aniqlash uchun ikkita alohida tenglama hosil qilamiz:
(2)
(3)
Bir tomonlama nazorat chizig’iga ega bo’lgan NK larine yuqori va quyi chegaralari quyidagi tenglamalardan aniqlanadi:
(4)
(5)
Nazorat chiziqlarini o’rta chiziq CL ga juda yaqin qilish ham maqsadga muvofiq emas, agar yaqin bo’lib qolsa, juda kichik shovqin ham jarayonga aralashishga majbur qiladi. Shu sababli α ehtimollik iloji boricha kichik tanlanadi.Agar nazorat chiziqlari CL dan ancha yiroqda bo’lsa jarayonni buzilgan holatiga e’tibor berish kech bo’ladi.
Amalda nazorat va ogohlantiruvchi chiziqlarni tanlashni ma’lum qoidalari mavjud. Nemis tilidagi adabiyotlar yordamida ish yuritadigan korxonalarda nazorat chiziqlari JSN sharti ostida X ni qiymatlari 99% ehtimollik bilan ( ) nazorat chiziqlari orasida yosin va 95% ehtimollik bilan X ni qiymatlari ogohlantiruvchi chiziqlar orasida yotsin deb tanlanadi. Demak, (1)-(5) larda olinib, UCL va LCL aniqlanadi. UCL URL ga, LCL LRL ga almashtirilib bo’lganda ogohlantiruvchi chiziqlar topiladi.
Ishonchli intervallar tilida X uchun 99% li va 95% li ishonchli interval chegaralarini aniqlash nazorat va ogohlantiruvchi chiziqlarni topish bilan ekvivalent bo’ladi.
Ingliz tilidagi adabiyotlar bilan ish ko’radigan korxonalarda chegaraviy chiziqlar yoki oraliqlarni chegaralarini topishga keltiriladi.
Agar va bo’lsa, kabi tanlanadi.
Nazorat Karta turlari, foydasi. Nazorat kartalarni tanlash
va kartalar:
Nazorat qilinuvchi miqdor sifatida tanlama o’rta qiymat va tanlama mediana bo’lgan sodda Shuxart kartalaridan iborat. Ularni mos ravishda o’rta qiymatlar va medianalar kartasi deyiladi. Bu ikkala karta ham Jarayonni muvozanatini to’g’irlab boorish uchun ishlatiladi.
-R va S kartalar:
Nazorat qilinuvchi miqdor sifatida tanlamaning tarqoqlik ko’lami (variatsiya qulochi) va o’rtacha kvadratik chetlanish bo’lgan oddiy Shuxart kartalaridan iborat. Ikkala karta ham Jarayonni tarqoqligini nazorat qiladi.
- va individual qiymatlar va sirpanuvchi tarqoqlik ko’lami kartalari:
Jarayonni turg’unligi va tarqoqligini boshlang’ich davrda o’rganish uchun ishlatiladi.
- juft kartalar bo’lib, bir vaqtning o’zida Jarayonni turg’unligini va nazorat qilish uchun ishlatiladi.
-p kartalar:
Sifat belgisini ifodalovchi sodda nazorat kartalaridan iborat bo’lib, tanlama hajmi noaniq (o’zgarib turganda ) bo’lganda tanlamadagi nuqsonli mahsulotlar ulushini nazorat qilish uchun ishlatiladi.
-np(Pn) – kartalar:
Sifat belgisini ifodalovchi sodda nazorat kartasidan iborat bo’lib, tanlama hajmi aniq (n o’zgarmas) bo’lganda tanlamadagi nuqsonli mahsulotlar sonini nazorat qilish uchun ishlatiladi.
-c kartalar:
Sifat belgisini ifodalovchi sodda NK dan iborat bo’lib, tanlama hajmi aniq bo’lganda, tanlamadagi nuqsonlarni nazorat qilish uchun ishlatiladi.
-u kartalar:
Sifat belgisini ifodalovchi sodda NK dan iborat bo’lib, tanlama hajmi noaniq bo’lganda, tanlamadagi nuqsonlarni nazorat qilish uchun ishlatiladi.
NK Jarayonni nazorat qilishning oson va qulay usuli hisoblanib, to’g’ridan to’g’ri ish joyida ishlatilishi mumkin va nuqsonlarni keltirib chiqaruvchi muhim yoki muhim bo’lmagan sabablarni aniqlaydi.
NK Jarayonni o’zgaruvchanligini tushunish uchun effektiv vosita hisoblanadi va jarayonni statistic boshqariladigan holatga keltirishga yordam beradi.
NK Jarayonni turg’un ishlashiga, sifatni ta’minlagan holda eng kam sarf harajatda ishlashga olib keladi. Jarayonni statistik boshqariladigan holatga keltirilgandan so’ng uni oddiy sabablar bilan ro’y beradigan o’zgaruvchanlilgini NK lar bilan yana ham muvozanatinni yaxshilash mumkin bo’ladi. Natijada chiqimlar kamayadi va samaradorlik oshadi.
NK jarayon bilan aloqador bo’lgan har xil mutaxassislar uchun umumiy til sifatida ishlatiladi. NK Jarayonning o’zgaruvchanligini muhim sabablarini oddiy sabablardan ajratib beradi va muammoni o’z joyida hal qilishni yoki menejerlarni jalb qilinishini lozimligini ko’rsatadi.
|
Sifat nazorati uchun muhim belgini hisoblash
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
Ma'lumotlar qanday ko'rinishda
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
O'lchab aniqlangan
|
|
Nuqsonli mahsulotlar yoki nuqsonlar soni
|
|
|
|
|
|
|
|
|
Aniqlovchi asboblar qurilmalar sozmi
|
|
|
|
|
|
|
|
Tanlama hajmi (p) nechaga teng
|
|
|
Nuqsonli mahsulotlar soni
|
|
|
Nuqsonlar soni
|
|
|
|
|
|
|
|
|
n≥2
|
n=1
|
|
Tanlama hajmi aniqmi
|
|
Tanlama hajmi aniqmi
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
X-MR kartalar
|
|
aniq
|
|
aniq
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
noaniq
|
|
noaniq
|
|
|
|
|
R-karta
|
|
U-karta
|
Bayon qilingan ketma-ketlikni ba’zi qismlarini izoxlab o’tamiz.Sifat nazorati uchun muhim belgini tanlashda ishlab chiqarilayotgan mahsulotning texnik yoki boshqa talablari qanchalik bajarilayotganligini har tomonlama tekshirib chiqiladi.Bunda Pareto diagrammasi, Isikava diagrammasi, grafiklar, nazorat varaqlari kabi sodda statistik metodlardan foydalanish ham muhim hisoblanadi.
Ma’lumotlarni to’plash o’lchov asboblari bilan yoki visual (aniqlovchi asboblar va qurilmalar yordamida yoki ko’rib turib nuqsonlarni topish) amalga oshiriladi. Shu sababli o’lchov asboblarining sozligi va nuqsonlarni vizual aniqlovchi operatorlarning malakasini yaxshi bo’lishi NK sifatiga to’g’ridan to’g’ri ta’sir etadi. Shularni hisobga olib ishlab chiqarish korxonasida o’lchov asboblarini vaqti-vaqti bilan sozligini tekshirib turish zarur bo’ladi. Bu tekshirishni statistik metodlar bilan amalga oshirish (MSA) korxona uchun NK lar darjasida muhim hisoblanadi.
Son belgisi bo’yicha NK qurish
Qo’shaloq NK ni qurish bosqichlarini keltiramiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |