II-bob.Jarayonlarni boshqarishdagi Nazorat Karta usuli haqida
2.2.Nazorat Karta tushunchasi va uning asosiy xarakteristikalari.
2.3.Nazorat Karta turlari, foydasi. Nazorat Kartalarni tanlash.
2.4. Son belgisi bo’yicha Nazorat Karta qurish.
Nazorat karta tushunchasi va uning asosiy xarakteristikalari
Jarayonni ni tavsiflaydigan vaqt oraliqlarida n hajmli tanlamalar olamiz. Ularga asoslangan holda nazorat qilinuvchi miqdor sifatida baholarni kiritamiz.Bu baholar “maqsad” uchun barcha talablarga javob bersin deb faraz qilamiz. Yuqorida n=4, i=1,2,..,21 va g sifatida kabi miqdorlar olingan edi.
Bir-biriga perpendikulyar, masshtab va yo’nalishi aniqlangan son o’qlarini o’tkazamiz. Gorizontal o’qni TL (yoki Ox), vertical o’qni BL (yoki Oy) kabi belgilaymiz. TL o’qqa tanlama nomerlari i=1,2,…,k larni BL o’qqa nazorat qilinuvchi miqdor qiymatlari: larni joylashtiramiz.O’qlar joylashgan tekislikda nuqtalarni aniqlaymiz va ularni kesmalar bilan birlashtiramiz. Natijada Jarayonni o’zgarishini ifodalovchi grafik (diagramma) hosil bo’ladi.(1-rasm)
1 -rasm
M CL
0 1 2 3 4 5 6
Biz Volter Endryu Shuxartning NK sini hosil qilishimiz uchun yana TL ga parallel bo’lgan ba’zi chiziqlarni aniqlashimiz kerak bo’ladi.
Jarayonni jilovlash (muvozanatda ushlab turish) maqsadida TL o’qdan M masofa to’g’ri chiziq o’tkazamiz, uni o’rta chiziq deb ataymiz va CL kabi belgilaymiz.(1-rasm). M soni qandaydir texnik standartlar asosida yoki agar Jaryonni avval o’rganilgan bo’lsa, standartlar asosida yoki agar Jarayon avval o’rganilgan bo’lsa, tanlanmalar asosida topilgan bo’lishi mumkin. 1- rejdagi masalada M deb yoki olinishi mumkin. Umuman olganda Shuxartning NK larida CL chiziqni chizish shart emas. Bu kartada majburiy bitta yoki ikkita chiziq chiziladi, ularni nazorat chiziqlari deyiladi va belgilanishi quyidagicha bo’ladi:
UCL- yuqori nazorat chizig’i
LCL- quyi nazorat chizig’i.
Agar nazorat qilinadigan miqdor CL chiziqdan ikki tomonga chetlanishga ega bo’lsa, ikki tomonlama nazorat chizig’iga ega bo’lgan kartalar ishlatiladi, aks holda bir tomonlama nazorat chizig’iga ega bo’lgan kartalardan foydalaniladi.
Shuxartning NK lari ikki xil masalani hal qilishda ishlatilishi mumkin:
Jarayonni o’tgan davrdagi holatini tahlil qilishda (stabillikni buzuvchi faktorlarni aniqlash uchun);
Jarayonni joriy holatini kuzatish va stabillikni buzuvchi faktorlarni aniqlash, zaruriyat bo’lganda TJ ni to’xtatib to’g’irlash uchun.
Bunda a) holda nazorat chegaralari ma’lumotlarga asoslangan holda topiladi, b) holda avvalgi kuzatish ma’lumotlariga asoslangan holda nazorat boshlanmasdan avval nazorat chiziqlari chizib qo’yiladi.Ikkinchi holda o’tgan davrdagi ma’lumotlarni normalligi muhim hisoblanadi.
Agar ishlab chiqarilayotgan mahsulotni nuqsonsiz chiqishi muhim bo’lsa, kartaga yana bitta yoki ikkita ogohlantiruvchi chiziqlar chiziladi:
URL- yuqori ogohlantiruvchi chiziq;
LRL- quyi ogohlantiruvchi chiziq.
Endi eng mukammal bo’lgan Shuxartning NKsi ko’rinishlaridan birini tasvirlaymiz (2-rasm).
Do'stlaringiz bilan baham: |