Ii bob gapda muhim ahamiyatga EGA bo’lgan tinish belgilari


So‘roq belgisi va qo‘llanish holatlari



Download 62,78 Kb.
bet5/18
Sana02.07.2022
Hajmi62,78 Kb.
#730447
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Bog'liq
tinish belgilari

So‘roq belgisi va qo‘llanish holatlari
So‘roq belgisining kelib chiqishini lotincha questio - so‘roq so‘ziga olib borib taqaydilar. So‘roq ma’nosida mazkur so‘zning birinchi harfi “Q” ishlatila boshlagan, keyinchalik uning shakli hozirgi holatga (?) kelib qolgan, o‘zbekcha matnlarda 1885-yildan boshlab uchraydi. 1900-yildan so‘ng muntazam ishlatila boshlangan .
So‘roq belgisi gap oxirida qo‘llanuvchi asosiy belgilardan hisoblanadi. Uni Fitrat shunday ta’riflaydi: (?) so‘rash belgisidir. So‘rash gaplaridan keyin
qo‘yiladir: Ona uchun bu ish mumkinmi? Sen bularning holini bilmaysanmi? O‘z quchog‘ingdag‘i hollardan xabarsizmisan?
Hozirgi o‘zbek adabiy tilida so‘roq belgisining qo‘llanishi quyidagicha:

  1. So‘roq mazmunidagi gaplar qanday vositalar yordamida shakllangan bo‘lishidan (so‘roq olmoshlari, so‘roq-taajjub yuklamalari, so‘roq intonatsiyasi va sh.k.) qat’iy nazar, ularning har qanday ko‘rinishi oxiriga so‘roq belgisi qo‘yiladi: Rashk do‘stimizmi yoki dushmanimizmi ?( T.Malik)

  1. So‘roq mazmuni ifodalangan sodda gaplarning ham, qo‘shma gaplarning ham oxiriga so‘roq belgisi qo‘yiladi: Sen... bu yerda nima qilib yuribsan? (O.Yoqubov) Esingizdami, bir marta ikkalamiz yalpiz tergan edik? (O‘.Umarbekov). Uqanday qo‘llarkim, uzarlar, hidlarlar, yancharlar? (She’rdan) Ammo gapda kuchli emotsionallik, his-hayajon mavjud bo‘lganda, so‘roq belgisidan keyin undov belgisi ham qo‘yiladi: Qachon jilovlab qo‘yiladi bu ig‘vogar, g‘alamislar-a?! Qachon bartaraf bo‘ladi bu anonimchilar-a?! (T.Murod) O‘tgan bozor kuni yegan anoringni o‘ynashing olib kelganmidi?! (A.Qahhor) Asqarali tog‘a, bas endi, shu choyni ichaymi-yo‘qmi?! (T.Malik). O‘g‘lingiz ot olmoqchi edi bupulga, sizda insof degan narsa bormi?! (T.Malik). 23

  2. Qo‘shma gaplar (bog‘lovchisiz bog‘langan, bog‘lovchili bog‘langan, ergashgan) komponentlarining har ikkisida ham so‘roq mazmuni ifodalanishi mumkin, ammo so‘roq belgisi faqat yaxlit qo‘shma gapning oxiriga qo‘yiladi: Nega yerda uchrashdilar bu ikki malak, Nega suubat qurmadilar fazolar aro? (E.Vohidov) O‘rniga kim ekan - bilsak buladimi? (E.A’zam) Biz, rahbarlarga ishonasizmi yo mana shunga o‘xshagan podachiga ishonasizmi? (T.Murod) Bu o‘zingning fikringmi yo biror ko‘rsatma bormi? (T.Malik) Rang-ro‘yingga nima bo‘ldi, tuzukmisan o‘zi ? (E.A’zam). Endi bularni kim oladi, kim kiyadi? (T.Murod)

  3. Qo‘shma gaplar (bog‘lovchisiz bog‘langan, bog‘lovchili bog‘langan, ergashgap) komponentlarining faqat bittasida so‘roq mazmuni ifodalanishi mumkin, ammo so‘roq mazmunini ifodalagan komponentning oldin yoki keyin turishidan qat’i nazar, so‘roq belgisi yaxlit qo‘shma gapning oxiriga qo‘yiladi: Otasi ham hayron: kimga tortgan bu qiz? (O‘.Hoshimov) Avval menga ayting, shu qishloq qizidan olim chiqadimi? (S.Ahmad) Shu ahvolda o‘lib-netib ketsang, shuncha bola chirqillab qolishini o‘yladingmi? (S.Ahmad) Darhaqiqat, tuyaning ustiga g‘am yukini ortsa, nega kofirlar ozod bo‘ladi? (S.Ahmad) Esingizdami, bir marta ikkalamiz yalpiz tergan edik? (O‘.Umarbekov) Jalil ota karaxt tortib qoldi: qayoqdan paydo bo‘ldi bu dard? (Sh.Xolmirzayev) Qanday donishmand odamsizki, qalbimni darhol bildingiz? (Sh.Xolmirzayev) Tushuntirib ayting, o‘zi nima gap? (T.Murod)


  4. Download 62,78 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish