Reja:
I.Kirish
II.Asosiy qism
1.XIX asrning oxirida Hindiston
2.XIX asrning boshlarida Hindiston
3.Birinchi jahon urushi arafasida
III. Xulosa
IV Foydalanilgan adabiyotlar
Kirish
XIX asr oxiri XX asr boshlarida Hindiston bir qancha siyosiy, iqtisodiy, harbiy voqealar yuz berdi. Hindistonning ichki va tashqi ahvoli juda ham og'irlashadi. Bunday vaziyat aholining turli qatlamlarini noroziligiga uchraydi. XIX asrda bundan norozi bo'lgan oddiy xalq bosh ko'tardi. Milliy ozodlik harakati butun davlatga yoyiladi. Hindistonda ichki vaziyat nixoyatda keskinlashadi. Buyuk Biritaniya bundan foydalanib qolishga intildi.
Hindistonning bu davr tarixi jahonda mustamlakachilik harakatining yangi bosqichi, Angilya tomonidan hind xalqini ekspuatatsiya qilishning kuchayishishi va ozodlik harakatining umum Hindiston miqyosida keng tarqalishi bilan bog'liq Hindiston Buyuk Biritaniya mustamlakasiga aylangan edi.Ingilizlar Hindistonni vitse-qirol boshchiligidagi amaldorlar va politsiya aparati yordamida boshqarar edilar.Ingiliz mustamlakachilik istibdodi sharoitiga qaramay, Hindistonda ham sarmayodorlikka asoslangan mahalliy ishlab chiqarish tizimi yuzaga kela boshladi. Yirik sanoat korxonalari qurishga kirishildi. 1886-yilda to'qimachilikda 95 ta fabrika bor edi. Konlar soni 1880-1900-yillarda 56 tadan 286 taga yetdi. Temiryol tarmoqlari 1900-yilda salkam 40.000 kmni tashkil qoldi. Bu xomashyo tayorlash va tashishda muhim ahamyatga ega edi. Hindistonda sanoatni Angilya o'ziga qulay qilib joylashtirishga harakat qildi. Asosiy sanoat korxonalari dengiz bo'yi port shaharlari yaqinida edi. 1873-yildan 1883-yilgacha Hindiston bilan Angilya savdosi 60 foizga o'sdi. Hindiston ingiliz Banklaridan Hindistondagi boshqaruv aparati katta miqdorda zayomlar olib turdi. Bu summa 1856-yildagi 4 mln funt sterlingdan 1900-yilga kelib 133 mln funt sterlingga ko'tarildi. Buyuk Biritaniya bamklari juda katta foiz olardilar. Sanoatda biryoqlama zo'r berish qishlaoq xo'jaligini qiyin axvolga solib qo'ydi. Dehqonchilikda agrotexnika madanyati past edi. Mustamlakachilar harakati bilan ochilgan sug'orish inshoati bor-yo'g'i 20 foiz yerni sug'orishga yetar edi. Bu daraja Boburiyalar (1526-1858) davridan ham kam edi. Qishloqda eski feodal mulkchiligi, yarim qaram dehqonlarni ekspuatatsiya qilish qavom etdi. Yerni 60-70 foiz hosilni to'lash sharti bilan dehqonlarga ijaraga berildi. Qarz hisobiga ishlab berishga majbur odamlar toifasi tobora ko'paya bordi. Qishloq xo'jaligining eng serdaromat tarmoqlariga (choy, kanob ,paxta) sarmoya solish katta foyda keltirar edi. Bu sohada ingiliz ishbilarmonlari ishchilar ayollar va ular qul Deb atalar edi. Ularni ezilishining barcha usullaridan foydalanilardi. Shunday qilib, Hindiston XIX asr oxirida dunyo bozoriga katta miqdorda sanoat va qishloq xo'jaligi mollari chiqara boshladi.Lekin olingan darmomad ingiliz mustamlakachilarini boyitdi, xolos. Mehnatkashlar ahvoli esa tobora yomonlashdi, Qishloq xo'jaligida monokultura vujutga kelidi. Bengaliya kanob, Assam choy, Mombay va Markaziy Hindiston paxta, Panjob bug'doy yetishtirishda ixtisoslashdi. Lekin texnik ta'minotda hech narsa o'zgarmadi. Dehqon yana qattiq ezildi. Zanindorlar, bank egalari, sudxo'rlar dehqonlarni qarzga botirib, oxirgi parcha nonini ham qoldirmas edi. 1870-1890-yillar davomida Hindistonda 20 martdadan ko'p ocharchilik bo'lib, unda 18 miliyon odam ochlikdan qirildi.
Bunday ahvol Hindistonda milliy ozodlik va ijtimoiy harakatlarga olib keldi. Dastlab Kalkutta, Bombay, Madras kabi shaharlarda bu harakat uch oqim bo'lib shakillandi. Jumladan, Bombayda burjua-zamindorlarning konservativ "Biritaniya - Hindiston assotsiatsiyasi" tuzildi. So'ng nisbatan ilg'or g'oyalar bilan bog'liq (liberal) "Hindiston assotsiatsiyasi" paydo bo'ladi. Ilg'or (radikal) oqimlar ham bor edi. Lekin bu harakatlar keng ommani yetaklashdan yiroq, zanindorlarga xizmat qilardi.
Dehqonlarni stixiyali harakatlari kuchaygan sari Biritaniya mustamlakachilari Hindistondagi reaksion kuchlar-knyazlar, pomeshchiklar, kompradorlar bilan yaqinlashib, musulmonlar bilan hindlar o'rtasida dushmanlik, nizo "urug'ini" Socha boshladilar.
1870--1880- yillarda ingiliz mustamlakachilariga, mahalliy zanindorlar va sudxo'rlar zulimiga qarshi dehqonlar qo'zg'olonlari boshlanib ketdi. Panjobda Baba Ram Singx boshliq yarim harbiy tashkilot qo'zg'olon ko'tardi. 1872--1873-yillarda Patna, Bogra, Sharqiy Bengaliya dehqonlari, 1875-yili Barod hokimligida, Puna, Ahmadnagar rayonlarida qo'zg'olon boshlandi.
1871-yili 1-yanvarda Angilya qirolichasi Viktoriya Hindiston qirolichasi deb elon qildi.Bu tadbir reaksiya kuchlarini bir yerda to'pkashga qaratilgan edi.Mustamlaka ma'murlari turli soliqlarni yanada oshirish, ochlarga yordam fondini qisqartirish, davlat xizmatchilariga beriladigan maoshlar miqdorini kamaytirish yo'lidan bordi. Yangi--yangi qo'zg'olon va g'alayonlar boshlandi. 1871-yil Bombay, Madras, Puna, Suratda ish tashlashlar, 1879-yili Marath dehqonlarning qo'zg'oloni bo'ldi. Uning boshlig'i Vasudev Phadke mustaqil Marath davlati tuzish shiorini qo'ydi. Bit yildan so'ng, 1880-yili ingilizlar bu qo'zg'olonni bostirishdi. Phadke osib o'ldirildi, 70 kishi badarg'a qilindi.
1877-yilda Dehlida qirolicha Viktoriyani Hindiston qirolichasi qilib ko'tarish marosimi bo'lib o'tdi. Hindistonning turli burchaklaridan kelgan knazlar Viktoriyaga sodiqlik haqida qasamyod qildilar. Bu narsa knazlar bilan ingiliz mustamlakachilarini yaqinlashtirishi lozim edi.
1778-yilda ingiliz ma'muriyati (endi vitse-qirol deb atalardi) Hindistondagi milliy yillarda chiqadigan matbuot haqida qonun qabul qildi va bu qonun bo'yicha barcha gazetalar ingilizlar nazoratiga o'tdi. Oradan bit yil o'tgach, o'qotar qurol saqlamaslik haqida akt qabul qilindi. Ammo, bu narsa yovvoyi hayvonlar ko'p bo'lgan o'rmonlar yaqinida yashovchi dehqonlarning noroziligiga sabab bo'ldi.
Ingilizlar shu bilan bit vaqtda o'zlarini mahalliy burjuaziyaga "yon berganday" qilib ko'tarishga harakat qildilar. Shahar ma'muriyatiga boy hindlar saylansa-da, amalda hokimyat shahar boshlig'i --- ingiliz qo'lida edi.
Ingiliz vitse-qiroli Kerzon Hindistonda zo'ravonlik siyosati o'tkaza boshladi. 1883-yil u kumush rupiya pul zarb qilishni taqiqlandi. Rupiyaning valyuta qiymatini sun'iy ravishda ko'tarib qo'yib, yangi qiymatga " mos" keluvchi oltin rupiya chiqardi. Shu yo'l bilan Hindistondagi tarixiy pul tizimiga barham berdi. Uning chet mamlakatlar bilan an'anaviy savdo aloqalariga zarba berdi. Hindistonni faqat Angilya orqali savdo qilishga majbur etdi.
1885- yili Broche viloyatida Lakx boshchiligida qo'zg'olon bo'lib o'tdi. Lakx ingilizlar hukumronligiga barham berdi. Hindiston mustaqil podishohlik Deb e'lon qilindi. Ingilizlar kuch bilan qo'zg'olonni bostirib, Lakx va uning ikki safdoshini osib o'ldirishdi. 57 kishi surgun qilindi. Xalq harakatiga boshchilik qiladigan darajada kuchga ega bo'lgan, muayyan dasturi bor siyosiy partiya -- Hindiston Milliy Kongressi 1885-yilda Bombay shahrida tuzildi. Keyinroq "Musulmonlar ligasi" ham tuzildi va shundan e'tiboran ingilizlar hind-musilmon raqobatini kuchaytirib yubordilar. Unga Kalkuttada 1884- yili tuzilgan "Hindiston milliy ittifoqi" tashkiloti ham qo'shildi. Delegatlarning yarmi hind yuqori tabaqa ziyolilaridan bo'lsa, yarimi sanoatchilar, savdogarlar va katta yer egalari edi. O'sha davrda qabul qilingan Nizomda mamlakatda o'z-o'zini boshqarishda hindlar bilan ingilizlarning tengligi aytilgan edi. Yana bir bandi Hindiston sanoatchilari manfaatlarini ko'zlab,chet eldan keltirilgan mollarga bojxona tarifi joriy qilishga bag'ishlanddi.
Dastlabki vaqtlarda Hindiston Milliy Kongressi ingiliz mustamlaka ma'muriyati qarshilik qilmadi. Bunday munosabarni Angilyaning Hindistondagi vitse-qiroli lord Dafferin "Milliy kongress inqolobdan arzonroq" deb izohlagan edi. Chindan ham 1880- yillari Hindistonda inqolobiy ruh kuchaygan edi. Xalq mustamlaka azobidan "to'ygan " hukimron doiralarining vaziyatni nazorat qilib turishi qiyin bo'lib qolgan edi. Shuning uchun Milliy Kongress partiyasi tuzilishiga ingilizlar xayrixoh bo'lib , bu liberal tashkilot vaziyatni yumshatib turadi, deb hisoblashgan edi. Lekin ko'p o'tmay , ingilizlar Kongress faoliyatiga to'sqinlik qila boshladilar. Uni turli vositalar bilan parchalab tashlashga urindilar.
Ingilizlar o'ylagandek, Milliy Kongress talablari dastlabki paytlarda juda ham mo'tadil edi Bu talablar o'tkazishnigina ko'zda tutardi. Ya'ni chetdan keltiriladigan ip-gazlamalarga bojlarni belgilash, mahalliy vakillik muassasalarining huquqlarini kengaytirish, hindlarni boshqarish ishlariga jalb etish, texnik ta'limni uyushtirish va boshqalar edi. Lekin mamlakatda kapitalistik munosabatlar o'rtasida kurash, qarama-qarshilik kuchayib bordi. Biritaniya mustamlakachilari o'ylab topgan turli hiyla-nayranglar xalqning ongi o'sgan sari mustaqillikka intilish kuchayishi zarurligi qonunyati oldida hech qanday "ish bermay qo'ydi". Bu hiyla-nayranglar mustamlakachilikning "umrini" ozgina cho'zdi, xolos.
Dastlab Milliy Kongress ommaviy-ijtimoiy harakatning "boshida" turishga o'zida yetarli kuch topolmadi. Nihoyat, 1890-yillarda "Hindiston Milliy Kongressi" partiyasida "so'l" ilg'or, ijtimoiy jihatdan xalqchil ----radikal demokratik oqim shakillandi. Uning "boshida" Bal Gangadxara Tilak (1856-1920) turgan edi. Hindlarning Marath qavmidan chiqqan, tildan, tarixidan va huquqdan oliy ta'lim olgan Tilak mustamlakachilik tizimi bilan kelishuvchan Milliy Kongressdan "yuz o'girdi". U hind xalqining milliy ongini uyg'otish, Milliy g'ururini ko'tarish yo'lidan bordi, dinga uning ommani uyushtiruvchi kuchga katta baho berdi.
Tez orada u Puna shahrida mustaqil o’rta maktab tashkil qildi va vatanparvarlik g’oyalarini o’quvchilarga singdira boshladi. 1880- yilda Tilak «Kesari» (Sher) gazetasini tashkil etdi. Yoshlar o’rtasida vatanparvarlik g’oyalarini targ’ib qildi. Hindiston sharoitida qurolli qo’zg’olon yo’li bilan ozodlikka chiqishning iloji yo’qligini anglagan Tilak «kuch ishlatmaslik» tarafdori edi. Bu usulda asosiy e’tibor ingliz tovarlarini boykot qilishga qaratildi. «Xudo Hindistonni xorijiy mamlakatlarga hech qachon hadya qilgan emas» der edi Tilak.
Tilak tarafdorlari ommani mustamlakachilarga qarshi nafrat ruhida tarbiyalashardi. Bundan xavfsiragan inglizlar 1897- yili Tilakni bir yarim yilga qamadilar. Lekin tez orada ozod qilishga majbur bo’ldilar. Miliy-ozodlik harakat ingiliz mustamlakachilan 1905- yil oktabr oyida Bengaliyani ikki qismga bo’lib tashlashdi. Chunki
Bengaliya mustamlakachilikka qarshi kurashning eng kuchli harakat markazlaridan biriga aylangan edi. Bu tadbir aks ta’sirga ega bo’ldi. Hindistonda milliy-ozodlik harakati yangidan kuchayib ketdi. Kalkuttada namoyish bo’lib, unda 100 ming kishi qatnashdi. Xalq «Salom senga, Vatanim — onam» qo’shig’i bilan chiqdi («Bande mataram»).
Norozilik chiqishlari birin-ketin mamlakatning katta qismini egalladi. Ingliz mollaridan «yuz o’girish» kabi o’z-o’zidan boshlanib ketgan harakat savdoda katta zararga aylana boshladi.
1906- yil dekabrda «so’l» radikal oqim talabi bilan Hindiston Milliy Kongressi qo’shimcha qaror qabul qildi. «Svaraj» («o’z hokimiyatimiz»), «Svadeshi» («o’z ishlab chiqarishimiz»), «Ingliz mollariga boykot» xalq orasida katta e’tibor qozondi. Tilak nafaqat ingliz mollaridan, balki ingliz boshqaruvidan ham voz kechishga chaqirdi. Boshqaruvni hindlashtirishga, mahalliy millatni fabrika va zavod qurishga chaqirdi. «Paysa fond» nomli mablag’ jamg’armasi tuzdi. Hind sanoati mollarining ko’rgazmalarini tashkil etdi.
«Svaraj», «Svadeshi» dasturi ommaga katta ta’sir ko’rsatdi. 1908-yili Bombay viloyatining Surat shahrida Hindiston Milliy Kongressining qurultoyi bo’ldi. Unda «Svaraj», «Svadeshi» dasturidagi asosiy mazmun — «o’z hokimiyatimiz» g’oyasi qabul qilinmadi. Mo’tadil oqim ingliz imperiyasi tarkibida qolish, ayni paytda, o’z-o’zini boshqarish huquqi berilishi haqidagi rezolutsiyani ma’qulladi. Radikal oqim (Tilak boshliq) HMK tarkibidan chiqarildi.
Ingliz ma’murlari tez orada «Qonunga xilof» majlislar va matbuothaqida taqiqlovchi qonunlar chiqardilar va shafqatsiz qatag’ongazo’r berdilar. Ish tashlash harakatining rahbarlarini sud qilinmasdan otishga hukm qilina boshlandi. Shu yo’l bilan Hindistondagi ozodlik harakatini vaqtincha bostirishga muvaffaq bo’lindi.
Hindistonning zamindor hukmron doiralari ingliz mustamlakachi ma’muriyati bilan kelishib, 1909- yil noyabrida «Hindiston kengashlari haqida qonun» nomli hujjat qabul qildi. Bu qonunga ko’ra aholining faqat yarim foizigina saylov huquqini oldi. Saylovlar diniy jamoa asosida o’tkaziladigan bo’ldi (ya’ni hindlar va musulmonlar alohida-alohida ovoz beradigan bo’ldilar). Bu «saylov o’yini»dan maqsad hindlar va musulmonlar o’rtasiga nifoq solish edi.
1910- yildan keyin Hindiston Angliyaning bo’lg’usi jahon urushi reja-larida muhim rol o’ynay boshladi. Shuning uchun ham u Hindistondagi vaziyatni yumshatishga intildi. Chunonchi, 1911- yili mustamlaka ma’muriyati ish vaqtini 12 soat bilan cheklash haqida qonun qabul qildi.
1911- yil mehnatkashlarning harakatlaridan cho’chigan mus-tamlaka ma’murlari Kerzon tomonidan bo’lib tashlangan Benga-liyani birlashtirishga majbur bo’ldilar. Poytaxt xavfsizroq hududda joylashgan Dehliga ko’chirildi. Bu tadbir orqasida qator sabablar bor edi. Birinchindan, Kalkutta milliy ozodlik harakati markazi edi, ikkinchindan, shimoliy mintaqadagi musulmonlar Hindiston Milliy Kongressi ta'sirida edilar, uchinchidan, Germaniya musulmonlarning ingiliz mustamlakachilariga qarshi ruhini turk islomparastlik kuchlari ta'sirida o'z foydasiga ishlatish harakatida edi.
Yuqoridagilardan shunday xulosa chiqrish mumkinki, XIX asr boshlarida Hindiston murakkab iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy taraqqiyot yo'lini bosib o'tdi. Milliy ozodlik harakati katta muvaffaqiyatlarga erishdi. Ingiliz mustamlakachilari esa mamlakatda sarmoyadorlik, sanoat va bozor munosabatlarini rivojlantirishdan butunlay o'zining manfaatlari yo'lida foydalanishga harakat qildilar.
Xulosa
XIX asr oxiri va XX asr boshlarida Hindistondagi ijtimoiy-siyosiy vaziyat og’ir edi. Iqtisodiy holat nihoyatda og’ir ahvolga kelib qolgan bo’lib, bu davrda aholi turmush tarzi ham boshqa mamlakatlarga qaraganda past ko‘rsatgichda edi. Hindiston bu davrda asosan qishloq xo’jaligiga ixtisoslashgan bo’lib, aholing ko’p qismi qishloqlarda yashar va dehqonchilik bilan shug’illanar edi. Qishloq xo’jaligida ham ishlar tizmli yo’lga qo’yilmaganligi uchun, yerda ishlovchi dehqonlarning turmush tarzi ham ayanchli ahvolda bo’lgan. Sanoat ham ingliz hukumatiga hizmat qilgan. Bu davrda Hindistonda savodlilik jihatidan ma’lum bir farqlar bo’lib, asosan yuqori kastaga mansub insonlargina o’qish yozishni bilganlar. Bu omillar ham Hindiston taraqqiyoti uchun ma’lum qiyinchilik kasb etgan. Lekin Hindistonda boshlangan marifatparvarlik harakatlari mamlakat mustaqil bo’lishiga olib keldi.
Foydalanilgan adabiyotlar
1.Ergashev.Sh Jaxon tarixi. Toshkent. “ O’zbekiston’’ 2013.
2.Krivoguza.M Yangi asrlarda Yevropa va Amerika. Moskva. 2005
3.Internet malumotlari
http//history.com
http//Wikipedia.org
Do'stlaringiz bilan baham: |