QO`SHMA GAP TURLARINING MA’NODOSHLIGI
Zidlik, sabab, shart, payt munosabatlari bog`lovchisiz, bog`langan va ergash gapli qo`shma gaplar bilan ham ifodalanishi mumkin shunga ko`ra ular bir-biriga ma’nodosh bo`la oladi. Masalan:
Bir kishi ariq ochadi, ming kishi suv ichadi. – bog`lovchisiz qo`shma gap
Bir kishi ariq ochadi va ming kishi suv ichadi. – bog`langan qo`shma gap
Bir kishi ariq ochsa, ming kishi suv ichadi. – ergashgan qo`shma gap. ERGASHGAN QO`SHMA GAPLAR
Qismlari ergashtiruvchi bog`lovchilar yoki shunday bog`lovchi vazifasidagi so`zlar yordamida bog`langan qo`shma gaplar ergashgan qo`shma gaplar hisoblanadi. Agar qiz bo`lsang, otingni Kimsanoy qo`yaman, agan o`g`il bo`lsang, Kimsanboy qo`yaman. Sayramov to`g`on boshiga kelganda, bu yerda ish qaynamoqda edi.
Do'stlaringiz bilan baham: |