Qayta tarashda ajraladigan tolalar hajmi
Yigirish jarayonida qayta tarash orqali ajraladigan tolalarni nazorat qilib borish davomiy operatsiya hisoblanadi. Ta’minlanayotgan xolstcha partiyasi o‘zgargandan so‘ng qayta tarashdan ajraladigan tolalar miqdorini davomiy aniqlash bilan birga alohida uzunligini aniqlash qat’iy 2.17-jadvalda tavsiya qilinadi.
2.17-jadval
Tarandidagi tolaning shtapel uzunligi, % hisobida
Tolaning uzunligi,
L mm da
|
Ingichka tolali
|
O‘rta tolali
|
1, 2 tip uchun
|
3 tip uchun
|
4 va boshqa tiplar
|
20 mm gacha
|
45-55
|
42-50
|
40-50
|
21-30 mm
|
33-25
|
33-25
|
38-32
|
30 mm ortig‘i
|
22-20
|
21-20
|
20-18
|
o‘rtacha
|
22-20
|
21-19
|
21-18
|
Qayta tarashdan oldin, keyin va tarashda hosil bo‘lgan tolalarni doimiy nazorat qilish zarur. Ustki taroqda ignalarni o‘rnatish zichligi ishlatiladigan xom ashyo paxta tolalariga bog‘liq.
-ingichka tolali paxta uchun- №31 igna, jichligi 26, 28 igna/sm;
-o‘rta tolali paxta uchun- №29 igna, jichligi 25 igna/cm;
Rieter firmasi tomonidan tavsiya etilayotgan ustki taroqlarda ignalarining zichligi 21, 23, 26, 28, 30, 32 igna/cm, qilib o‘rnatilgan bo‘lib, istalgan tipli saralanmadagi paxta tolarini qayta ishlash imkonini beradi.
Ishlab chiqarish tezligidan kelib chiqqan holda sinovlar davri aniqlanishi lozim. Tajribalardan olingan natijalarga asoslanib, ajratilib olingan tolalarning sifati va uzunliklari doimiy tekshirilib, uzun tolalarga shikast yetkazmasdan faqatgina kalta tolalar, nepslar va iflosliklar ajralishini nazorat qilinishi muhimdir. Ko‘p yillik nazariy va tajriba natijalar asosida qayta tarash mashinasidan foydalanib ishlab chiqariladigan iplarning chiziqiy zichligi va ishlatiladigan tolaning xossalariga qarab quyidagi parametlar 2.15-jadvalda tavsiya etilgan.
2.15-jadval
Qayta tarash mashinasining qayta shaylash parametrlari
Ipning chiziqiy zichligi, teks
|
Ishlatiladinan tolaning uzunligi,mm
|
Qayta tarash tarandisi ko‘rinishi
|
Xolstchaning
chiziqiy zichligi, kteks
|
Bir siklda ta’minlash tutamchasi uzunligi, mm
|
Xolstchadan ajraladigan tarandi,%
|
5-6,8
|
38/39
|
yaxshilangan
|
57-60
|
5,4
|
23-25
|
5-6,8
|
38/39
|
oddiy
|
58-68
|
5,4, 5,9
|
20-22
|
7,2-10
|
37/38
|
yaxshilangan
|
59-64
|
5,4
|
22-24
|
8,4-11,5
|
37/38
|
oddiy
|
60-70
|
5,4, 5,9
|
18-20
|
11,5-20
|
35/36
|
oddiy
|
64-70
|
5,9
|
16-18
|
11,5-20
|
33/34
|
oddiy
|
68-80
|
5,9
|
14-16
|
11,5-20
|
31/32
|
Yarim qayta taralgan
|
70-80
|
6,5
|
5-10
|
Yuqoridagi jadvaldan shuni ko‘rish mumkinki 12% dan kam miqdorda tarab olingan tolalar yangilangan hisoblanib, qo‘shimcha afzallik ravishda kalta tolalari ajratilib, paxta sinfi bir yoki ikki pog‘onaga ko‘tarishi mumkin. Odatda qayta taralgan paxtalarda 12% dan 18% gacha kalta tola ajratib olinadi, yuqori darajada taralgan tolalardan esa 18% dan 22% gacha kalta tola ajraladi. 22% dan yuqori darajada tarab olish asosan super mayin tolalarni yigirishga tayyorlashda Verner Klein ning “To‘qimachilik texnologiyasi” qo‘llanmasi keltirilgan.
Qayta tarab olinadigan tolalar miqdorini haddan ziyod oshirish ip sifatini oshirmaydi. Sifat va narx bog‘lanishida qayta tarashni optimallashtirish grafigida ko‘rsatilganidek nepslar, kalta tolalar va iflosliklarni ajratish o‘zgarmas holatga kelib qoladi. Ayrim hollarda, qayta tarashda ajraladigan kalta tolalarni haddan ziyod oshirilishi mahsulot sifatining buzilishiga olib keladi. Qayta tarashda hosil bo‘ladigan hajmning optimal qiymatini belgilashda har bir sex alohida yondashib, yakuniy kalava ipning sifati va yigirishda qo‘llanilishidan kelib chiqib tanlanishi lozim 2.8-rasm.
2.8-rasm.Sifat va narxni bog‘lanishda qayta tarashni optimallashtirish.
Taramning darajasi va ketma-ketligiga bir qancha ta’sir etuvchi parametrlar mavjud. Bularga quyidagilar: mashinaning turi, mashinaning avlodi, mashinadagi rostlashlar (ajratishni sozlash, ta’minlash uzunligi, ta’minlash tizimi, ustki taroq, iflosliklarni ajratadigan tizim); taroqlar orasidagi sozlashlar; pilta og‘irligi; guruh toylar orasida tola uzunligining notekisligi va mikroneyr turg‘unligi; karda tarashdan keyingi tolalarning aralashganlik holati; tarovchi elementlarning turi va holati;
Tarandi miqdorini rostlash
Tarandi miqdorini, asosan, qisqichlar bilan ajratuvchi mexanizm o‘rtasidagi razvodkani o‘zgartirib rostlab tursa bo‘ladi. Ma’lumki, bu razvodka qanchalik katta bo‘lsa, taralayotgan tolalar tutami uzunroq bo‘ladi, tarash darajasi yoki tarash karraligi oshadi, mahsulot-piltaning sifati yaxshilanadi, ammo tarandi ko‘p chiqadi.
Shuningdek qisqichlarni pastki labi va ajratuvchi priboning orqa silindirining oraliq masofasi ham tarandi chiqishiga o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. Oraliq masofani tanlash tarandi miqdoridan kelib chiqib hisoblanadi.
Bu yerda: R- qisqichlarni pastki labi va ajratuvchi priboning orqa silindirining oraliq masofasi, mm; F-ta’minlash uzunligi, mm; lmax-xolstchadagi talaning maksimal uzunligi, mm
Hisoblangan qiymatlardan kelib chiqib oraliq masofa shablon orqali aniqlanadi va Sh deb belgilanadi 2.9-rasm.
2.8-rasm. Shabloning ma’lum bir ulchami
|
Bu yerda: do- ajratuvchi priboning orqa silindirining diametri, mm
|
Do'stlaringiz bilan baham: |