IX MODUL
REZBALI SIRTLARGA ISHLOV BERISH
19-MA’RUZA
REZBALI SIRTLARGA ISHLOV BERISH
Reja:
1.
Rezbalarning turlari va rezba hosil qiluvchi asboblar.
2.
Rezbalarni keskichlar va taroqlar yordamida kesish.
3.
Ko‘p kirimli rezbalarni kesish.
1. Rezbalarning turlari va rezba hosil qiluvchi asboblar
Mashinasozlik ishlab chiqarishida silindrik va konussimon rezbalar
qo‘llaniladi. Silindrik rezbalar — mahkamlash rezbalari va yuritish rezbalari deb
bo’linadi.
Profil burchagi 60° bo’lgan, uchburchak profilli metrik rezbalar asosiy
mahkamlash rezbasi hisoblanadi. Profil burchagi 55° bo’lgan dyuymli rezbalar ham
mahkamlash rezbasi hisoblanadi. Lekin bunday rezba davlatimizda faqatgina
xorijdan keltirilgan jihozlar uchun ehtiyot qismlarini tayyorlashda yoki ularni
ta’mirlashda qo’llaniladi. Yangi mahsulotlarni loyihalashda dyuymli rezbani
qo’llashga ruxsat berilmaydi (1-rasm).
1-rasm. Metrik va dyuymli rezbalar (qirqim)
Yuritish rezbalari to‘g‘ri burchakli va trapetsiyasimon profilli qilib
tayyorlanadi. To‘g‘ri burchakli va trapetsiyasimon rezbalar bir kirimli va ko‘p
kirimli bo‘ladi. Rezbalar tashqi (detalning tashqi sirtida) va ichki (detalning ichki
sirtida) bo‘lishi mumkin (2-rasm).
2-rasm. To‘g‘ri burchakli va trapetsiyasimon profilli rezbalar
Tashqi rezbalarni turli asboblar: keskichlar, taroqlar, plashkalar, rezba kesish
kallaklari, diskli va guruhli frezalar, jilvir doiralar, dumalovchi asboblar bilan
tayyorlash mumkin.
Ichki rezbalarni tayyorlash uchun keskichlar, metchiklar, kengayuvchi
metchiklar, guruhli frezalar, nakatlash (dumalash) roliklaridan foydalanish
mumkin.
2. Rezbalarni keskichlar va taroqlar yordamida kesish
Uchburchakli rezbalar, ko‘pincha, tokarlik vintqirqish dasthohlarida rezba
kesish keskichlarida hosil qilinadi. Bunda kerakli burchak ostida charxlangan, oddiy
keskichlarda ishlov beriladi.
Oddiy keskichlarda ishlaganda ularni charxlashga qo’yilgan yuqori talablar
natijasida shakldor rezba kesish keskichlaridan foydalanish zarurati paydo bo’ldi,
ular prizmatik va doiraviy (disksimon) turlarda bo‘ladi. Shakldor keskichlarda
rezba profili elementlarining o‘lchamlarini oddiy keskichlarga nisbatan aniqroq
saqlash imkoni mavjud.
Ko’pincha rezba sirtining sifatini yaxshilash uchun prujinali keskichlar
qo’llaniladi. Ko‘pgina korxonalarda ko‘p keskichli rezba kesish kallaklari
qo‘llaniladi. Bunday kallaklarga o‘rnatilgan qattiq qotishmali plastinkalarning bitta
qirrasi yeyilsa, ikkinchi qirrasi yordamida kesishni davom ettirish mumkin. Ko‘p
keskichli kallaklarni seriyali ishlab chiqarish sharoitida qo‘llash maqsadga muvofiq
bo‘ladi.
Rezbani bitta keskich bilan kesishda jadal o‘tmaslashish natijasida uning
kesuvchi qirrasi o’z shaklini tezda yo‘qotib qo‘yadi, shuning uchun qora yurishlarni
profil aniqligi pastroq bo‘lgan qora keskich yordamida va undan so‘ng toza
yurishlarni toza keskich yordamida amalga oshirish tavsiya etiladi.
Bir o‘tishda rezba kesish ham qo‘llaniladi. Bunda qattiq qotishmali uchta
keskich bir paytda qo‘llaniladi. Birinchi qora keskich profil burchagi 70°, yarim toza
keskich — 65° va toza keskich 59° bo‘ladi.
To‘g‘ri burchakli va trapetsiyasimon rezbalarni kesish uchburchakli
rezbalarni kesishga nisbatan murakkabroq ish hisoblanadi. To‘g‘ri burchakli va
trapetsiyali rezbalar bir kirimli va ko’p kirimli ko’rinishlarda tayyorlanishi
mumkin.
Yirik qadamli trapetsiyasimon rezbalarni kesish vaqtida samaradorlikni
orttirish uchun ikkita keskichdan tashkil topgan keskichtutgich qo’llaniladi.
Ularning birinchisi vintsimon ariqcha ochsa, ikkinchisi rezba profilini to’liq
shakllantirib beradi, va bunda ular o’zaro rezba qadamiga teng masofada
o’rnatiladi.
3-rasm (a) da uchta keskich yordamida trapetsiyasimon rezbani kesish ketma-
ketligi ko‘rsatilgan.
3-rasm (b) va (v) da to‘g‘ri burchakli rezbani ikkita va uchta keskich
yordamida kesish ko‘rsatilgan.
Rezbalarni kesishda taroqlardan foydalanish kesish vaqtini qisqartiradi va
rezba kesish samaradorligini oshiradi. Taroqlar bilan rezba kesishda, kesish ishi bir
necha tishlarga taqsimlanadi, shu maqsadda tishlar ularning kesish chuqurligi ortib
boradigan qilib charxlanadi. Ayniqsa bir xil detallardan tashkil topgan yirik
Do'stlaringiz bilan baham: |