Birinchi usul- tarash mashinasining ajratish barabani sekin tezlik bilan ishlaganda olinadi. Bunda mashinaning uch yeridan o‘ng, chap va o‘rtasidan
3 marotabadan jami 9 ta namuna olinadi. Har bir oynadagi iflosliklar sanaladi. Agarda tagiga qora qog‘oz qo‘yilsa sanash osonlashadi. So‘ngra 3 ta taram tortiladi va shu 3 ta taramdagi iflosliklar ham qo‘shiladi. Taram og‘irligi 1 gr. aylantirilib, normal bilan solishtiriladi. (Ivanov S.S.-Tex. Kontr. 2.5-jadval).
2.5-jadval
600 sm2 maydonda taramdagi iflosliklarni normadagi miqdori
Tola navi
|
Ipni chiziqiy zichligi,
(teks)
|
1 gr. toladagi iflosliklar soni va bahosi
|
a’lo
|
yaxshi
|
o‘rta
|
O‘rta tolali paxta
|
I dan II navlar
|
11,8 - 21,0
|
110
|
130
|
160
|
III va IV navlar
|
22 - 56
|
140
|
170
|
200
|
IV va V navlar
|
42 - 100
|
180
|
210
|
240
|
Uzun tolali paxta
|
1 va 2-tip, I va II navlar
|
5 – 11,8
|
130
|
160
|
190
|
3-tip, I va II navlar
|
11,8 – 84
|
120
|
150
|
180
|
Agarda solishtirilgan vaqtda sortirovka yuqoridagi jadvaldan farq qilsa, u holda fabrikadagi bir xil sortirovkada ishlayotgan 10 ta mashinadagi taram tashqi qoniqarli bo‘lsa, shuni iflosliklari yuqorida aytilgan usul bilan tekshirilib “yaxshi” baho qo‘yiladi, “a’lo” baho uchun iflosliklar 15-20% ga kam bo‘lishi kerak. Agarda 15-20% ga ko‘p bo‘lsa, “o‘rta” baho qo‘yiladi.
Ikkinchi usul- ekspress usuli bunda trafaret o‘lchami 85x175 teshiklar soni 34 ta, plastinka maydoni 148,5 sm2. Bu plastinkani 2/3 qismida teshikchalar joylashgan. Teshik diametri 11,15 sm2, maydoni 33,3 sm2. Taram sifati 3 joydan o‘ng, chap va o‘rtasidan aniqlanadi. So‘ngra nechta teshikda iflosliklar borligi sanaladi, bunda iflosliklar soni hisobga olinmaydi. So‘ngra yoki trafaretni o‘zidan yoki “Texkontrol” kitobidan teshiklar soniga qarab, 100 sm2 dagi iflosliklar ko‘riladi.
Misol: agarda iflosliklari bor teshiklari soni 26 ta bo‘lsa, 100 sm2 dagi iflosliklar soni 144 ga teng. 9 ta namunadagi olingan natijalarni 19 formaga yoziladi va o‘rtacha miqdori hisoblanadi.
1 gr. taramniki esa quyidagi formula bilan aniqlanadi:
bu yerda: 1000- 100 sm2 maydondagi iflosliklar soni; B- taram eni, sm. E-ajratuvchi baraban bilan tekislovchi valik orasidagi cho‘zilish. Tl- piltani chiziqiy zichligi.
S.S. Ivanovning “Texkontrol” kitobini 30-jadvalida o‘rta tolali paxta uchun taram sifatini baholash tartibi ko‘rsatilgan. Agarda fabrikadagi sortirovka bundan farq qilsa, u holda taram sifati 600 sm2 da qanday o‘rnatilsa, ekspress usulida ham shunday o‘rnatiladi.
Uchinchi usul-ma’lum og‘irlikdagi piltani qo‘lda tekshirish. Bu usul taram sifati to‘g‘risida aniq ma’lumot olish uchun ishlatiladi. Ko‘pincha bu usuldan ilmiy tekshirish ishlarida foydalaniladi. Buning uchun 1 ta mashinadan chiqayotgan piltadan namuna olinadi, og‘irligi 0,25 gr. Buning uchun ishlab chiqarilgan piltani 4 joyidan olinadi. Oraliq 1 m dan kam bo‘lmasligi kerak yoki shu mashinadan ketma-ket chiqqan tazlardan olinadi. Namuna tekshirilayotganda hamma iflosliklari, qobiqli tola, tugunchalar, xas-cho‘plar hammasi sanaladi va 1gr. pilta uchun aniqlab quyiladi. Agarda bu natijani oyna bilan olingan natija bilan solishtirish zarur bo‘lsa, unda quyidagi koeffitsient bilan hisoblanadi:
bu yerda: Ax- mashina eni sm; S-oyna yuzasi, sm2; E-cho‘zilish; T-piltani chiziqiy zichligi, teks.
Shlyapkalarni charxlash sifatini tekshirish. Tarash jarayonida tarovchi organlarning ignalari o‘tmaslanib qoladi. Shuning uchun bosh va ajratuvchi barabanlari ustiga jilvir qog‘ozi o‘rnatilgan valiklar yordamida charxlanadi. Shlyapkalarni charxlash uchun muhandis I.R.Trofimov ixtiro etgan avtomat ishlatiladi. Bu avtomat bir vaqtda 16 ta shlyapkani charxlaydi. Charxlash sifati indikator yordamida tekshiriladi. Bu ishni sex boshlig‘i, remont masteri va charxlovchi bilan birgalikda tekshiradi. Bunda charxlangan shlyapkalarni 25% ajratib olinadi. Tekshirish quyidagicha amalga oshiriladi:
-indikatorni ishlash ishlamasligi tekshiriladi;
-shlyapkalar tekshirib yoziladigan jurnal tekshiriladi;
-indikator bilan har bir ajratib olingan shlyapka ignasini balandligi;
-agarda nazorat shlyapkaga nisbatan bironta shlyapka ignasini to‘g‘ri kelmasa, hamma charxlangan shlyapkalar sifatsiz deb topiladi va qayta charxlash uchun beriladi.
Piltani chiziqiy zichligini va notekisligini aniqlash.
Har bir smenada piltaning notekisligi tekshirib turiladi. Buning mashina
1-soat ishlagandan so‘ng taralgan piltadan 1m yoki 3sm uzunlikdagi qirqimlar kesilib ularning massasi o‘lchanib chiziqiy zichligi aniqlanadi. Bundan tashqari, har oyda bir marta chiqindilar miqdori tekshirib turiladi.
Piltani chiziqiy zichligi 1 m kesmalar bilan aniqlanadi. Bu kesmani kvadrant torozida tortib og‘irligi o‘lchanadi. Shu ko‘rsatkich piltaning kteksdagi chiziqiy zichligini ko‘rsatadi. I, II va III nav paxta tolalaridan yigiriladigan ip piltasining 1 m kesmalardagi noteksligi 4,0; 4,8 va 6,0% dan oshmasligi kerak.
Tarash piltasini 3 sm kesmalarda qirqib olinib ilmiy ishlarni bajarishda, pilta noteksligini chuqur tahlil etish uchun torsion tarozida og‘irligi aniqlanadi. Shu olingan ko‘rsatkichlar bo‘yicha 3 sm kesmadagi piltaning notekisligi 6,25% oshmasligi kerak.
Hozirgi kunda tarash piltasi noteksligini USTER pribori piltaning ko’ndalang qirqimiga ko‘ra avtomatik ravishda spektrogramma chiqaradi va shu orqali notekislikni kelib chiqish joyi aniqlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |