Сурхондарё вилоятида қайта ишлаш саноати ривожланишининг устувор йўналишлари



Download 70,5 Kb.
Sana13.06.2022
Hajmi70,5 Kb.
#661298
Bog'liq
Mintaqaviy Djumayev Sh.


Surxondayo viloyatida yengil sanoat rivojlanishi:holati va hududiy jihatlari.
Reja:
1.Surxondaryo viloyatida yengil sanoat rivojlanishi
2.Hududning mintaqaviy iqtisodiyoti
3.Surxondaryoda qishloq xo’jaligi

Surxondaryo viloyatida qulay tabiiy geografik sharoitlar va mehnat resurslari asosida qishloq xo`jaligi (paxtachilik, bug`doy yetishtirish, uzumchilik, subtropik mevalar yetishtirish) yaxshi rivojlangan. Biroq, qayta ishlash sanoati bilan qishloq xo`jalik mahsulotlarini yetishtirish o`rtasida mutanosiblik mavjud emas. Bu, birinchidan, paxta hosilining kamayishi tufayli paxta tozalash zavodlarining to`la quvvatda ishlamasligi bo`lsa, ikkinchidan, meva, uzum va boshqa mahsulotlarni qayta ishlovchi sanoat korxonalarining yetishmasligidir.


Iqtisodiy va ijtimoiy sohalarning qoloqlik darajasiga barham berish va mintaqaning barqaror rivojlanishini ta`minlash uchun birinchi galda uning tabiiy, iqtisodiy va demografik imkoniyatlaridan samarali foydalanish zarur. Bu borada viloyat iqtisodiyotining rivojlanishiga bir qancha omillar ta`sir ko`rsatadi. Chunonchi:
viloyatning geografik o`rni;
yetarli tabiiy sharoit, yer suv va foydali qazilmalar bilan yaxshi ta`minlanganligi;
tashqi bozorning yaqinligi (viloyat 3 ta xorijiy davlat bilan chegaradosh);
demografik vaziyatning qulayligi.
Ayni vaqtda mintaqa iqtisodiyotining rivojlanishiga ayrim salbiy ta`sir ko`rsatuvchi omillar ham mavjud. Ularga quyidagilarni kiritish mumkin;
-viloyatning respublika markaziy rayonlaridan uzoqda joylashganligi;
-qulay investitsiya makonining yaratilmaganligi;
-mustahkam elektr-energetika va qurilish bazasining shakllantirilmaganligi va h.k.
Viloyat iqtisodiyotini yaqin kelajakda barqaror rivojlanishi ko`p jihatdan qishloq xo`jaligi va qayta ishlash sanoatiga bog`liq. Viloyat qishloq xo`jaligi 1960-1990 yillar davomida yangi yerlarni o`zlashtirish hamda chorvachilik sohasida chorva mollar bosh sonini oshirish evaziga, ya`ni ekstensiv tarzda rivojlanib bordi. Yaqin kelajakda esa qishloq xo`jaligi tarmoqlarini rivojlantirish, dehqonchilikda hosildorlikni va chorva mollari mahsuldorligini intensiv tarzda oshirib borish nazarda tutiladi.
Viloyatning hozirgi eksport tarkibini asosan paxta tolasi tashkil etadi. Ayni vaqtda bu yerda paxta va ipak xom ashyosi yetarli bo`lsada, uni qayta ishlash negizida tayyor mahsulotlar ishlab chiqarish sust rivojlangan. Ayniqsa yengil sanoatning tarmoqlar va hududiy tarkibini takomillashtirishda qator muammolar mavjud.
Ip va ipak gazlama sanoatining tarkibi faqat bittadan korxonalardan iborat. Kelajakda ushbu soha tarkibini kengaytirish maqsadida unga xorijiy investitsiyalarni jalb qilish, mahalliy erkin raqobat muhitini vujudga keltirish asosida ichki va tashqi bozor ehtiyoji uchun xalq iste`mol mollarini ishlab chiqarish hajmi ortadi.
Mintaqaning yana bir istiqbolli tarmog`i bu oziq-ovqat sanoatidir. Kelajakda mazkur tarmoqda yog`-moy, un-yorma, makaron, aroq vino sanoatining rivojlanishi barqaror holatda kechadi. Ushbu tarmoqlar, eng avvalo, ichki iste`mol bozori ehtiyojini qondirish maqsadida rivojlantiriladi.
Konserva sanoatining bundan keyingi rivojlanishi polizchilik, sabzavotchilik, bog`dorchilik va uzumchilik sohalarining intensivlashtirilishi hamda bozor ehtiyojlariga asoslanadi. Tuz sanoati esa mahalliy boy tuz konlari bazasida rivojlanib boradi.
Yaqin kelajakda sanoat ishlab chiqarish tog` va tog`oldi hamda tekislik mintaqalarining salohiyatini oshirish orqali amalga oshiriladi. Bu, o`z navbatida, ma`muriy tumanlarning tabiiy-iqtisodiy imkoniyatlaridan to`la foydalanishga asoslanadi.
Ma`muriy tumanlar sanoatining rivojlanish imkoniyatlarini baholash (xom ashyo, infratuzilma, mehnat resurslari, geografik o`rin, ekologiya va boshqa omillar bo`yicha) ularning istiqbolda rivojla-nishida ustuvor yo`nalishlarning har xilligidan dalolat beradi. Jumladan, hududi bevosita tog`, tog`oldi va tekislik hududlariga tutash bo`lgan Boysun tumanida ko`mir qazib chiqarish, yengil va oziq-ovqat sanoati, Sariosiyoda ko`mir qazib chiqarish, rangli metallurgiya, yengil va oziq-ovqat sanoati, Jarqo`rg`onda esa yengil va oziq-ovqat hamda neft sanoati jadal rivojlanadi. Ayni vaqtda iqtisodiyotining negizini qishloq xo`jaligi tashkil etuvchi Angor, Bandixon, Muzrabot, Oltinsoy, Uzun, Termiz va +umqo`rg`on tumanlarida yengil va oziq-ovqat sanoati tarmoqlari shakllanadi. Bu esa mehnat resurslaridan to`laroq foydalanish va aholini iste`mol mollariga bo`lgan ehtiyojini qondirish imkonini beradi.
Iqtisodiy salohiyati nisbatan yuqori bo`lgan Denov, Sho`rchi tumanlari, shuningdek, Termiz shahrida oziq-ovqat sanoatining yangi sohalari hamda yengil sanoatning trikotaj va tikuvchilik kabi sohalari rivojlanadi va shu asosda to`qimachilik-industrial siklini mukammal shakllantirishga erishiladi.
Sanoatni hududiy tashkil etilishida ham ijobiy o`zgarishlar kuzatiladi. Jumladan, Termiz, Denov, Jarqo`rg`on sanoat tugunlari, Sho`rchi, +umqo`rg`on, Boysun, Sherobod kabi sanoat markazlari rivojlanib boradi. Viloyat markazining sanoat salohiyati yuksaltiriladi va uning atrofida joylashgan qishloq tumanida qayta ishlovchi sanoat korxonalari barpo etiladi. “O`sish liniyasi” sifatida Boysun-+umqo`rg`on yo`nalishi viloyat iqtisodiy makonida o`ziga xos mavqega ega bo`ladi.
Viloyat aholisi sonining ko`payishi va iste`mol omillarning o`sib borishi kelajakda qishloq xo`jaligi mahsulotlarini yetishtirishni ko`paytirib borishni taqozo etadi.
Istiqbolda paxta xom ashyosini qayta ishlash uchun mavjud korxonalar yetarli. Shundan kelib chiqqan holda 2007 yilda viloyatdagi Termiz, Denov, Surxon paxta tozalash zavodlari tugatildi. Ayni paytda paxta tolasini qayta ishlashni hozirgi respublika darajasiga yetkazish uchun taxminan yana 4 ta to`qimachilik qo`shma korxonalarni qurish talab etiladi. Shuningdek, qishloq xo`jaligi mahsulotlarining kelajakdagi hajmidan kelib chiqqan holda Boysun ipakchiligini mustahkamlash, yog`-moy sanoatida o`simlik moyi ishlab chiqarish hajmini oshirish uchun yangi xom ashyo resurslarini o`zlashtirish, go`sht, sut sanoatida xom ashyo ta`minotini yaxshilash, konserva-vino sanoatida yangi ixtisoslashgan kichik va o`rta korxonalarni barpo etish maqsadga muvofiqdir. Bu esa qishloq xo`jaligi tarmoqlar negizida agrosanoat majmuasining shakllanishiga hamda ishlab chiqarish integratsiyasiga olib keladi.
Ma`lumki, Surxondaryo viloyati O`zbekiston Respublikasining eng janubida, markaziy rayonlardan uzoqda joylashgan. Bu, o`z navbatida, viloyatni kompleks rivojlantirish, sifatli va raqobatbardosh kundalik iste`mol mollarini ishlab chiqarishni nazarda tutadi. Viloyatning uning xorijiy mamlakatlarga, xususan Afg`oniston Respublikasiga yaqinligi kelajakda bu yerda erkin iqtisodiy zonalarni tashkil etish, bozor iqtisodiyoti islohotlarini jadal olib borish, qo`shma korxonalarni qurib ishga tushirish hisobiga xilma-xil iste`mol tovarlarni ishlab chiqarish imkonini beradi.
Surxondaryoning issiq iqlimi bu yerda ko`proq ip gazlama sanoati hamda alkogolsiz ichimliklar ishlab chiqarishni taqozo etadi. Uning demografik vaziyati esa o`sib borayotgan aholi soni ehtiyojini to`laroq qondirish, xususan bolalarga mo`ljallangan kiyim-kechak, poyafzal va oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarishni talab qiladi (viloyatda 16 yoshgacha bo`lganlar hissasi jami aholi sonining 40,0 foiziga teng, vaholanki bu ko`rsatkich respublikada 37,8 foizga barobar).
Viloyatda aholining iste`mol ehtiyoji osh tuzi, un mahsulotlari bo`yicha to`la, konserva mahsulotlari bilan esa deyarli to`la ta`minlangan. Kelajakda ushbu xalq iste`mol mollarini ishlab chiqarish hajmini yanada oshirish hisobiga aholi ehtiyojidan ortiqcha mahsulotlarni chetga chiqarish imkoniyati tug`iladi.
Жорий йилнинг 22 август куни Ўзбекистон Республикаси Бош вазирининг ўринбосари С.Умурзаков раҳбарлигида ва вазирликлар, идоралар, саноат бирлашмалари, тижорат банклари ва маҳаллий ҳокимликлар раҳбарларидан иборат Ўзбекистон Республикаси Президентининг №ПФ-6042-сонли “Республикада экспорт ва инвестиция салоҳиятини янада ривожлантиришга оид қўшимча чора-тадбирлар тўғрисида”ги жорий йилнинг 18 августдаги Фармонига мувофиқ ташкил этилган экспорт ва инвестицияларни ривожлантириш масалалари бўйича Ҳукумат комиссияси жойларга чиққан ҳолда Сурхондарё вилоятида саноат корхоналари ҳолатини ўрганиш, ишлаб чиқариш ҳажмини ошириш учун захираларни аниқлаш ва инвестиция фаолиятини кучайтириш бўйича ўз ишини бошлади.
Фармонга мувофиқ Ҳукумат комиссиясининг асосий вазифалари экспорт фаолиятини амалга оширишда аниқланган муаммоларни ўрганиб, зарур ҳолларда жойида бартараф этиш чораларини кўриш, экспорт салоҳиятини янада кенгайтириш бўйича амалий таклифлар ишлаб чиқиш, инвестиция лойиҳаларининг амалга оширилишини мониторинг қилиш, инвестициялар, шу жумладан хорижий инвестициялар иштирокидаги инвестиция лойиҳаларининг амалга оширилишини мониторинг қилиш ҳамда инвестиция оқимининг ўсиши ва уларнинг жалб этилишига тўсқинлик қиладиган жорий ва тизимли муаммоларни аниқлаш, республика ҳудудларида саноатни жадал ривожлантириш ҳамда лойиҳалаш ташкилотлари, илмий-тадқиқот лабораториялари, ишлаб чиқариш ва логистика мажмуалари, кадрларни ўқитиш, тайёрлаш ва қайта тайёрлаш марказларини қамраб олган «саноат кластерлари»ни ташкил этиш, маҳаллий хом ашё ҳамда материаллардан самарали фойдаланиш асосида қўшимча қиймат занжирини яратишни таъминлайдиган инвестиция лойиҳаларини амалга оширишга кўмаклашиш, «йўл хариталари»да назарда тутилган тадбирлар, шу жумладан экспорт келишувларининг тўлақонли бажарилиши ҳамда инвестиция лойиҳаларини ўз вақтида амалга оширилиши устидан қатъий назорат ўрнатиш ҳисобланади.
Таҳлилларнинг дастлабки натижалари шуни кўрсатдики, Сурхондарё вилоятида 2019 йилда 4 402,8 млрд сўмлик саноат маҳсулотлари ишлаб чиқарилган. Жорий йилнинг январь - июнь ойлари мобайнида товар ишлаб чиқариш ҳажми 2 445,9 млрд сўмни ташкил этди (ўтган йилнинг шу даврига нисбатан 106,1% ўсиш). Вилоят саноати таркибида 42% - тўқимачилик, 17% – озиқ – овқат, 12% - кимё ва нефть - кимё саноати, 9% - қурилиш материаллари ишлаб чиқариш соҳаси эгаллайди. Вилоятда жами 3 786 та саноат корхоналари, шу жумладан 29 та йирик ва 3 757 та кичик корхона ва микрофирмалар фаолият кўрсатмоқда.
Жойларга чиқиб иш олиб бориш натижасида Комиссия аъзолари томонидан вилоят саноат салоҳиятидан фойдаланиш самарадорлиги ўрганилди ва мавжуд имкониятларни тўлиқ ишга солишга тўсқинлик қилувчи тизимли муаммолар аниқланди, шунингдек, 290 та фаолиятини тўхтатган ёки вақтинча тўхтатиб қўйган, ишлаб чиқариш ҳажми камайган ёки тўлиқ қувват билан ишламаётган корхоналар ҳамда ҳудудий инвестиция дастури ва маҳаллийлаштириш дастурига киритилган лойиҳаларнинг дастлабки рўйхати шакллантирилди.
Ушбу корхоналарни зарарсиз ишлаш нуқтасига тезлик билан чиқариш ва барқарор ишлашини таъминлаш мақсадида уларнинг ҳар бирига вилоят туман ва шаҳарлари ҳокимлари, шунингдек, саноат бирлашмалари ва тижорат банклари раҳбарлари бириктирилди. Масъул раҳбарлар зиммасига аниқланган муаммоларни тезкор ҳал этиш ва тадбиркорларга ҳар томонлама ёрдам кўрсатиш вазифалари юклатилди.
Амалдаги ҳудудий инвестиция дастури юқори қўшимча қийматга эга экспортбоп маҳсулотлар ишлаб чиқариш бўйича юқори технологияли ишлаб чиқариш объектларини яратишга қаратилган ва кўплаб иш ўринлари яратилиши билан тавсифланадиган лойиҳалар сонини кўпайтириш мақсадида қайта кўриб чиқилди ва оптималлаштирилди. Шу билан бирга, вилоятнинг кам ривожланган ҳудудларида инвестиция ва саноат фаоллигининг ўсишини рағбатлантириш ҳамда аҳоли бандлигини таъминлаш учун шарт-шароитлар яратишга алоҳида эътибор қаратилди.
Худди шу тартибда маҳаллийлаштириш дастури ҳам қайта кўриб чиқилди: устувор аҳамият юқори иқтисодий самара, салмоқли экспорт салоҳияти, кўплаб иш ўринлари, амалга ошириш ва ишга туширишнинг қисқа муддатларига эга лойиҳаларга берилди. Ушбу дастурни оптималлаштириш қисқа вақт ичида ишлаб чиқариш, экспорт, бюджет даромадларининг сезиларли ўсишига эришиш ва янги иш ўринлари яратиш имконини беради, бу эса, умуман олганда, жалб қилинаётган инвестицияларни ўзлаштириш самарадорлигини ошириш ва Республика ҳудудларида жадал иқтисодий ўсишни таъминлайди.
Вилоят туман ва шаҳарларининг иқтисодий салоҳияти, хом ашё базаси, инфратузилмаси ва логистика имкониятларини ўрганиш, шунингдек, муайян товарларни импорт қилиш эҳтиёжларини баҳолаш асосида, қўшилган қиймат занжирларини тўлиқ қамраб олган ва турли саноат ва ҳудудлардаги корхоналар ўртасидаги кооперация алоқаларини мустаҳкамлашга қаратилган илмий ва ишлаб чиқариш кластерларини яратиш бўйича таклифлар ишлаб чиқиш бўйича чоралар кўрилди. Бу йўналишда аниқ лойиҳаларни ишлаб чиқиш учун устувор соҳалар - фармацевтика, тўқимачилик, чарм-пойабзал ва мебель саноати, қурилиш материаллари ишлаб чиқариш шунингдек, қишлоқ хўжалиги маҳсулотларини қайта ишлаш эканлиги аниқланди.
“Термиз” ва “Бойсун-фарм” эркин иқтисодий зоналарида инвестиция ва саноат фаолиятининг бугунги ҳолати ҳам танқидий кўриб чиқилди. Мазкур зоналарнинг мавжуд салоҳиятидан фойдаланиш даражасининг пастлиги қайд этилиб, янги инвестиция таклифларини ишлаб чиқиш бўйича кўрсатмалар берилди.
Кейинги ҳафта давомида Комиссия Сурхондарё вилоятида ишлаб чиқариш, экспорт ҳажмларини ошириш, импорт қилинаётган маҳсулотларнинг ишлаб чиқарилишини маҳаллийлаштириш ва аҳоли бандлигини таъминлашга қаратилган туман, шаҳар ва корхоналар кесимида аниқ амалий чора-тадбирлар ишлаб чиқиш мақсадида ишларни давом эттиради. Шу билан бир қаторда республиканинг бошқа ҳудудларида ҳам шу каби ишлар ташкил қилинади.

Kelajakda, hududiy jihatdan xususan Angor, Bandixon, Oltinsoy, Termiz, Sherobod, Qiziriq, Qumqo`rg`on tumanlarida iste`mol mollarini ko`proq ishlab chiqarishga e`tiborni qaratish lozim. Bu esa viloyat xokimiyatining ichki mintaqaviy siyosatida o`z aksini topishi kerak.


Adabiyotlar:
1. Soliyev A., Abdunazarov X. Yengil va ozik-ovkat sanoatining mintakaviy muammolari.-Toshkent.: «Fan», 2007.
2. Surxondaryo viloyati rakamlarda: 2005-2006 yillar. (Statistik tuplam) - Termiz, 2007.
www.ziyonet.uz
Download 70,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish