Ishningbajarilishi.Tekshirilayotgan eritmadan 2 ml yoki tarkibi uglevodli qattiq moddadan 0,1 g olib, 1 ml suvda eritiladi, ustiga α-naftolniyag 10% spirtli eritmasidan 2 tomchi tomiziladi va probirka devoridan ohistalik bilan 1 ml konsentrlangan H2SO4 quyiladi. Sulfat kislotaning zichligi katta bo’lgani uchun probirka tagiga cho’kib, suyuklik ikki qavatga bo’linadi. Xuddi shu ikki kavat chegarasida binafsha rang (halqa) hosil bo’ladi.
2-tajriba. Fruktozani rezorsin yordamida aniqlash.Fruktozaga xlorid kislota qo’shib qizdirilganda oksimetilfurfurol hosil bo’ladi, bu mahsulot rezorsin bilan pushti-qizrish rangli kompleks hosil qiladi. Bu reaksiya ketogeksozalarni aldogeksozalardan farqlashga imkon beradi.
Ishningbajarilishi.Ikkita probirka olib, ularga rezorsinning 20% li xlorid kislotadagi 0,05% li eritmasidan 3 ml dan quyiladi, ularning biriga 0,5 ml fruktoza, ikkinchisiga 0,5 ml glyukoza eritmasidan kuyiladi. Har ikkala probirka 80° li suv hammomiga 8 minut solib quyiladi. Bu vaktda fruktozali probirkadagi suyuklik qizil rangga kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |