4-lajriba. Dezoksiribozani difenilamin yordamida aniqlash.2-dezoksipentozaga aromatik amin (difenilamin) qushib asta-sekin qizdirilsa, ko’k rangli kompleks birikma hosil bo’ladi. Bu reaksiya yordamida DNK molekulasidagi dezoksiribozani ham aniklash mumkin.
Ishningbajarilishi.1 ml dezoksiriboza yoki DNK eritmasiga 2 ml difenilamin eritmasi qo’shiladi, so’ngra 10 minut qaynatiladi. Bu vaqtda reaksion aralashma barqaror ko’k rangga kiradi.
25-mashg’ulot. Disaxaridlarga xos sifat reaksiya
Kerakliasbob va reaktivlar: probirkalar, suv hammomi (80°C li), pipetkalar, α-naftolning spirtdagi 10% li eritmasi, konsentrlangan sulfat kislota, Selivanov reaktivi, fruktozaning 1% li eritmasi, ribozaning 1% li eritmasi, Orsin reaktivi, difenilamin eritmasi, dezoksiriboza yoki DNKning 1% li eritmasi.
1- tajriba. Uglevodlarni a-naftol yordamida aniqlash.Bu reaksiya hamma uglevodlar uchun xosdir. Uglevodlar konsentrlangan sulfat kislota ta’sirida furfurol yoki uning hosilalariga aylanadi. Hosil bo’lgan mahsulot 2 mol α-naftol bilan kondensasiyalanib rangli kompleks hosil qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |