24-mashg’ulot.Monosaxaridlarga xos sifat reaksiyalar.
Kerakliasbob va reaktivlar: probirkalar, suv hammomi (80°C li), pipetkalar, α-naftolning spirtdagi 10% li eritmasi, konsentrlangan sulfat kislota, Selivanov reaktivi, fruktozaning 1% li eritmasi, ribozaning 1% li eritmasi, Orsin reaktivi, difenilamin eritmasi, dezoksiriboza yoki DNKning 1% li eritmasi.
1- tajriba. Uglevodlarni a-naftol yordamida aniqlash.Bu reaksiya hamma uglevodlar uchun xosdir. Uglevodlar konsentrlangan sulfat kislota ta’sirida furfurol yoki uning hosilalariga aylanadi. Hosil bo’lgan mahsulot 2 mol α-naftol bilan kondensasiyalanib rangli kompleks hosil qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |