Ii- bob farobiyning inson kamoloti haqidagi qarashlari


Forobiyning jamiyat va axloq haqidagi qarashlari



Download 142 Kb.
bet7/8
Sana05.05.2023
Hajmi142 Kb.
#935203
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
farobiy qarashlarida inson va jamiyat qarashlari

2.2 Forobiyning jamiyat va axloq haqidagi qarashlari
Forobiy ta`limda barcha fanlarning nazariy asoslari o`rganilsa, tarbiyada ma`naviy – axloqiy qoidalar, odob me`yorlari o`rganiladi, kasb-hunarga oid malakalar hosil qilinadi, deb uqtiradi.
Bu muhim vazifa tajribali tarbiyachilar tomonidan ta`lim-tarbiyaning turli metodlari yordamida amalga oshiriladi. Forobiy ta`lim – tarbiya ishlarini ikki yo`l bilan amalga oshirishni nazarda tutadi.
«Amaliy fazilatlar va amaliy san`at (kasb-hunar)lar va ularni bajarishga odatlanish masalasi»ga kelganda, bu odat ikki yo`l bilan hosil qilinadi: bulardan birinchisi – qanoatbaxsh so`zlar, chorlovchi, ilxomlantiruvchi so`zlar yordamida odat hosil qilinadi, malakalar vujudga keltiriladi, odamdagi g`ayrat, qasd-intilish harakatga aylantiriladi.
Ikkinchi yo`l (yoki usul) – majbur etish yo`li. Bu usul gapga ko`nmovchi, qaysar shaharliklar va boshqa sahroyi xalqlarga nisbatan qo`llaniladi. Chunki ular o`z istaklaricha so`z bilan g`ayratga kiradiganlardan emaslar. Ulardan birortasi nazariy bilimlarni o`rganishga kirishsa, uning fazilati yaxshi bo`ladi. Kasb hunarlarni va juz`iy san`atlarni egallashga intilish bo`lmasa, bunday odamlarni majbur etmaslik kerak. Chunki shahar xalqlariga tarbiya berishdan maqsad – ularni fazilat egasi qilib va san`at ahllariga aylantirishdir
Abu Nasir Muxammad ibn Muxammad Farobiy (870-950) ilk o`rta asr uyg`onish davrining buyuk namoyondasi, qomusiy ilm sohibidir. U O`tror yaqinidagi Farob qishlog`ida tavallud topgan. Uning avlodlari qipchoq turk qavmidan edi. Farobiy juda ko`p fanlar soxasida ilg`or g`oyalarni asoslab bergani uchun unga «ikkinchi muallim» "muallimi soniy" (Arastu birinchi muallim) muallimi avval degan faxriy nom berilgan edi.
Davrning siyosiy va huquqiy qarashlari chuqur taxlil qilib, o`zining ijtimoiy siyosiy qarashlarini to`la asoslab bergan Farobiy Bag`dodlik olimlarning eng peshqadami edi. U musiqadan tortib Astronomiyagacha ko`plab fanlar sohasida kitoblar yaratib qoldirdi. Ayrim manbalarga ko`ra u arab, fors, yunon kabi o`nlab tillarda gapira olgan va yoza olgan. U mashhur tarjimon Abu Bashar Matta bilan xamkorlik qilib turgan.
Farobiy Movaraunnahrning ko`plab ilmiy va madaniy markazlarida bo`lgan, ijod kildi manbalardan shu narsa aniqki, u O`tror, Talas, Shosh, Samarqand, Buxoro, Xiva, Marv, Qobul, g`azna, Xirot, Bog`dod, Halem, Damashq shaxarlarida bo`lgan.
Farobiy avvalambor, faylasuf olim edi. Ratsionalistik dunyoqarashga ega bo`lgan Farobiy shunday yozgan edi: «Falsafani o`rganishdan oldin tabiat haqidagi bilimlarni o`rganish kerak. CHunki tabiat haqidagi bilimlar odamlarga juda yaqin va tushunarli, chunki inson tabiat bilan birgadir»9.
Farobiy yunon mutafakkirlarining ijodini qunt bilan o`rgandi, uning ko`plab asarlariga sharxlar yozdi. Arastu va Aflotun ijodlaridagi mushtarak tomonlarni topishga intildi.
Farobiy Arastuning «Metafizika», «Fizika» asarlariga hamda uning mantiqqa bag`ishlangan asarlariga, Ptolomeyning asarlariga ilmiy sharhlar yozdi. Farobiyning «Ikki faylasuf Arastu va Aflotunning yaxlit fikrlari haqidagi kitob», «Arastu bilan Talen o`rtasidagi vositachilik», «Falsafa manbalari», «Aql xaqida traktat», «Falsafani o`rganguncha nimani o`rganmok kerak?», «Substantsiya», «Davlat xaqidagi traktat» kabi asarlarini alohida ko`rsatib o`tish kerak.
Farobiynnig inson va jamiyat, ularning o`zaro ta`siri, davlat, siyosat, urush va tmnchlik kabi masalalariga bag`ishlangan asarlari sirasiga «Fozil odamlar shaxri» haqida kitob «Baxt saodatga erishish» haqida risola, «Fuqarolik siyosati», «Jamiyatni o`rganish haqida», «Urush va tinch-totuv yashash haqida», «Davlat arboblari haqida hikmatlar» nomli asralarida inson, jamiyat, siyosat, adolat, odob-axloq, ta`lim-tarbiya to`g`risidagi fikrlari bayon etilgan.
Farobiyning chuqur falsafiy kuzatishlariga e`tibor bersak, unda insonni faol harakatda, yaratishda bo`lishi va uni tabiat bilan munosabatiga e`tibor bergan. Jamiyat va inson yagonadir, jamiyat va davlat taraqqiyotini insonlar faoliyatisiz tasavvur qilib bo`lmaydi. Jamiyatning kelib chiqishi va uning mohiyatini o`rganuvchi maxsus fan zarurligini Farobiy chuqur xis qiladi. Jamiyatni o`rganish insonni o`rganish demakdir. Odamlar rivojlanishlari va yaxshiroq yashashlari uchun ular jamoaga birlashishga, majbur bo`ladilar. Shu tariqa jamiyat zaruriyat taqdiri bilan vujudga keladi. Jamiyat o`z qonunlari asosida rivojlana boshlaydi.
Farobiy qarashlarinnig asosiy tamoyili bu adolatparvarlikdir. Ideal shaharda ham adolat hamma narsadan ustun: hammaning tengligi, hamkorligi va axilligi mana shu davlatni asosiy tayanchi va kelajak ravnaqidir. Farobiy Sharqda birinchilar katorida davlatning Monarxiya shaklida cheklanib qolmasdan uni bir necha kishi tomonidan boshqarish kerak degan xulosaga keladi. CHunki bir insonda Farobiy talab kilgan o`n ikkita fazilat mujassam bo`lmasligini aniq tushunib etgan mutafakkirdir.
Farobiy ko`plab xorijiy tillarni o`rganib, ular orkali Aflotun Arastu kabi buyuk mutafakkirlarning ilmiy merosidan bahramand bo`ladi, U matematika, meditsina kabi tabiiy fanlar bilan bir vaqtda filosofiya, logika, siyosat, davlat haqidagi ijtimoiy fanlarning soxalari bilan ham shug`ullanadi va o`zining yuzdan ortiq asarlarini yozib qoldiradi.
Farobiy kamtar, tartinchoq kishi bo`lib, mulki ham, boyligi ham bo`lmagan. U umrini ilm sohalarini o`rganishga, kitoblar yozishga sarflagan mutafakkir edi. U o`z vatanidan uzoqlashib ketishiga qaramasdan, o`z ona tili— turkiy tilni unitmagan va o`z milliy kiyimida yurgan, milliy odatlarga rioya qilgan. U o`zining yuksak ilmi bilan xammani hayratda qoldirgani uchun xam xalq orasida «mua`limi soniy»,ya`ni «ikkinchi muallim» degan nom bilan mashxur bo`lgan.
Farobiy bizga juda katta ijodiy meros qoldirgan. Bu asarlarning to`liq ro`yxati bo`lmasada, ilmiy adabiyotlarda u 130-160 dan ortiq asarlar yaratgani haqida fikrlar mavjud. Farobiy to`g`risida sharq adabiyotida turli-tuman hikoya,afsonalar mavjud bo`lib, ularning barchasida mutafakkirning o`z zamonasi fanning turli sohalari bo`yicha chuqur bilimga ega bo`lganligi haqida va u juda ko`plab tillarni bilganligi haqida hikoya qilinadi.
Mutafakkirning ijodiy merosini o`rganish borasida olimlar samarali ijod qilmoqdalar. Farobiyning kitoblarini ro`yxatini tuzish va undagi ijtimoiy-falsafiy, siyosiy fikrlarni o`rganish borasida Bayxaki, Al-Nadima, ibn Usaybi, Dexxuzo, Umar Tarrux, Xorten, Diteritsi, Shteynshneyder, Brokkel’man, Axmad Atin, M.M.Xayrullaev va boshqalar samarali mehnat qilganlar. Farobiyning asarlari Leningrad, Moskva, Toshkent, Dushanbe, Baku, qozon, Kair, Bayrut, Damashq, Stambul, Leyden, London, Parij, Madrid, N’yu-York, Xaydarobod, Tehron va boshqa shaharlarning muzey va kutubxonalarida saqlanib kelinmoqda.
Farobiyning asarlari ko`plab olimlar uchun asosiy qo`llanmalardan biri bo`lib xizmat qilib keldi. Abu Ali ibn Sino, Beruniy, Xorazmiy, Navoiy, Jomiy, Mirxond, Xondamir kabilar ko`plab jahon klassiklari bevosita undan o`rganganlar. Uning asarlari faqat Sharqda emas, balki g`arbiy Evropa mamlakatlarida ham keng tarqalgan.
Farobiyning ba`zi bir asarlari qadimiy yahudiy va lotin tillariga tarjima qilingan bo`lib, ular ana shu tillarda bizlargacha etib kelgan. Uning asarlari orasida hajmi, mazmuni va ma`nosiga ko`ra «Ideal shahar aholisining qarashlari» degan asari muhim o`rinni egallaydi. Bu asar 37 bobdan iborat bo`lib, unda jamiyat, davlat, shaxs haqidagi ijtimoiy-siyosiy qarashlar berilgan. Farobiy Arastuning asarlariga, ya`ni logik asarlari («Birinchi analitika», «Ikkinchi analitika») ga, «Topika», «Kategoriyalar», «Etika», «Ritorika», «Metafizika», «Sofistika» va boshqa ko`plab asarlariga sharxlar yozgan.
Abu Nasr Farobiy o’z davrining qator ilmlarini chuqur o’rganib, turli sohalarga oid ilmiy asarlar yozib qoldirgan. U o’z davrining birinchi faylasufi, musiqachisi, shoiri, qomusiy olimi bo’lib nom qozondi. U «Aql haqidagi risola», «Falsafadan oldin nimani o’rganish kerak», «Substanstiya haqida», «Falsafa manbalari», «Logikaga kirish», «Masalalar manbai» kabi 160 dan ortiq risolalar yaratdi.
Abu Nasr Farobiy birinchilardan bo’lib, o’z davri ilmlar klassifakastiyasini yaratgan va unga bag`ishlab qator risolalar yozdi. U o’z davrida musiqa masalalariga atab katta asar yozib, musiqa nazariyasining tafsilini berdi va Sharqda keng tarqalgan nay, nog`ora, chang, rubob kabi qator Musiqa asboblari ta’rifini yozib qoldirdi. Uning bu asari Sharq Musiqashunosligi tarixida nihoyatda muhim ahamiyat kasb etadi. U o’z davrining qomusiy olimi bo’lib, riyoziyot, tibbiyot, arab grammatikasi, alximiya, falakkiyot, mantiqqa oid asarlar muallifidir.
Lekin Farobiy avvalambor mashhur faylasuf – falsafaning eng muhim masalalari bo’yicha qator asarlarning muallifi sifatida shuhrat qozondi. U Sharqda qadim Yunon falsafasi ayniqsa, qadimgi dunyoning qomusiy olimi Aristotelning asarlarini o’rganish, ularga sharhlar yozish, g`oyalarini targ`ib eti shva yanada rivojlantirishga ulkan hissa qo’shdi. Aristotel «Birinchi muallim» deb nom olgan bo’lsa, butun Sharqda Farobiy «Ikkinchi muallim» unvoniga sazovor bo’ldi.
Farobiy o’z davrida ijtimoiy-siyosiy masalalar bo’yicha birinchi bo’lib yirik asarlar yaratgan mutafakkirdir. U ijtimoiy hayotning turli masalalari, ayniqsa, davlat tuzilishi va uni boshqarish, turli ijtimioiy nizolarning oldini olish kabi hamda kamolotga erishgan ijtimoiy jamoani yaratish kabi ijtimoiy masalalarni olg`a surdi. Etuk jamoani vujudga keltirish komil insonni yaratish muammosini hal etish bilan bog`liq ekanligini birinchi bor O’rta asr sharoitida Farobiy olg`a surdi. «Uning ideal shahar aholilarining raylari», «Ideal jamoa haqida», «Baxt-saodatga erishuv to’g`risida» kabi mashhur asarlari shu masalalarga bag`ishlandir.
XULOSA
Butun Sharqu-G`arb olamiga "Al-muallim-as-soniy", "Sharq Arastusi" degan nomlar bilan mashhur alloma Abu Nasr Muhammad ibn Uzlug ibn Tarxon al-Farobiy yoshligidan juda iste' dodli, zehni o`tkir, xotirasi kuchli bo'lgan. Farobiy Eron va O`rta Osiyolik mutafakkirlar Nazzam, Ravandiy, ar- Poziy, arab olimlari Jahid, al-Kindiy, qadimgi yunon faylasuflari: Aristotel, Platon, Suqrot, Galiley, Ginokrat ta"limotlarini chuqur o'rgandi. Farobiy Ibn Sino, Beruniy Firdavsiy kabi mutafakkirlar singari oila ,farzand, uy-joy orzusini ilmyo'lida qurbon qilib, butun umrini fanga bag'ishladi. Alllomaning "Fozil odamlar shahri"deb nomlangan asari sharq ilmida, ma naviyatida yangi sahifa ochdi, Farobiyni CTrta asrning buyuk mutafakkiri nomiga sazovvor qildi.Farobiy "Fozil odamlar shahri", "Baxt saodatga erishuv haqida","Baxt saodatga erishish yo'llari haqida ko"rsatmalar","Shahar siyosati to`g`risida” Buyuk kishilarning naqllaridan","Fazilat, baxt-saodat va kamolot haqida"kabi asarlarida insonlarni eng oily kamolot va baxt-saodatga erishishlarining asosiy vositalari va yo'llarini ilmiy asosda bay on etib bergan.
Farobiy yosh avlodni kamolga yetkazishda u yashayotgan jamiyatdagi muhit, hayotiy tajriba, talim-tarbiyaning ta'sirivabu ta'sir natijasidaular o'zlaridagi ijobiyyoki salbiy xislat-fazilatlarni namoyon qilishlarini aytadi. "Insonlar tug"Uganda kamolotli bo"lib tug'imaydi, ularni orasida aslida farq ham bo'lmaydi, ularning xulqi, faoliyati, hayoti o'xshash bo'ladi, keyinchalik esa o'zgaradi, ya ni ijtimoiylashuv jarayonida jamiyatda odamlar ming yillardan beri amal qilib kelayotgan qadiriyatlarni va me'yorlarni qabul qiladilar. Ularga moslashadilar voqealar va muhit ta'sirida yaxshi yoki yomon odatlarni o'rganadilar, shu bois odamlardagi xato va kamchilik, yutuq va muvaffaqiyatlar ularda jamiyatda keyinchalik shakllanadi. Inson jamiyatdagi qarama -qarshiliklarni o'ziga singdira boshlaydi, har xil mushkulotlarga duch keladi.
Inson faoliyatining adolatga yaqinligi yoki uzoqligi uning aqliga, xulqiga, yashagan jamiyatiga bog'liq. Agar unda yomonlik fikrlari ozroq bo'lsa, adolatga yaqin bo'ladi, agar ko'proq bo'lsa adolatdan, insofdan uzoqroq bo'ladi. Xulq albatta insonning yaxshi yoki yomon xislatlarining nisbatiga bog'liqdir". Jamiyatda adolat asosiy mezon bolsa, uning a'zolariham insof va diyonatli, mehr-oqibatli bo"ladilar. Inson jamoasi to'g'risidagi talimotlning asosini kishilarning ongli harakatini, xulq-odatlari, tabiy -mayillari, istak va malakalarini, faoliyatlari va turmush darajalarini o'rganish masalalari tashkil etadi.
Mutafakkirning fikricha fozil jamoaning har bir a'zosi fozil ya ni haqiqiy inson bo'lishi kerak. Farobiy o'z qarashlarida insonning aqliy va axloqiy jihatlariga alohida e'tiborini qaratadi va u "Fozil odamlar shahri asarida on ikki tug'ma xislatni birlashtirgan kishigina axloqli inson bola olishini ta'kidlaydi. Bular quyidagilar:
"Birinchidan bunday odamning barcha a'zolari mukammal taraqqiy etgan, sog'lom bo'lish lozim;ikkinchidan, tez fahm so'zlovchining maqsadini tez payqay oladigan bo'lsin; uchinchidan, xotirasi juda kuchli va mustahkam bo'lsin; to'rtinchidan, zehni tez va o'tkir bo'lsin; beshinchidan nutqi ravon ,fikri teran mulohazalarini yorqin bay on eta olsin; oltinchidan, bilish va o'rganishga ishtiyoqi baland bo'lib, bilimlarini charchashni sezmasdan o'zlashtira olsin; yettinchidan navsini tiya oladigan, qimor o'yinlaridan jirkanadigan bolsin; sakkizinchidan haqiqatni sevadigan bo'lsin; to'qqizinchidan g'ururli va vijdonli bo'lsin, oliyjanob ishlarga intilsin; о ninchidan mol-dunyo yig'ishga berilmasin; o'n birinchidan adolatli bolsin, odamlarni adolatga targ'ib etadigan bolsin; on ikkinchidan adolatli bo'lsin, ammo qaysar bo'lmasin, adolat oldida qaysarlik qilib, o'zbilarmonlikka berilmasin, lekin har qanday adolatsizlik, pastkashlik oldida lafzli bo`lsin, o'zi zarur deb bilgan narsasini amalga oshirishda qaf iylik ko'rsatsin, qo'rqmas, jasur bo`lsin, qo'rqish va ojizlikni bilmasin".
Uning fikricha "fozil" inson barkamlol shaxs bolishi uchun manaviy- axloqiy jihatlardan xoli, ruhan, ma`nan va jismonan sog`lom bo`lishi lozim. Haqiqiy inson aql idrok tufayli barcha ne'matlarga ega bo'ladi va adolatli ijtimoiy hamkorlikka asoslangan fozil jamiyat barpo etadi.



Download 142 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish