mijoz-server arxitekturasi ingl.: client-server architecture rus.: архитектура клиент-сервер
Dasturlar yoki ko‘p tarkibiy bo‘lakli dasturning o‘zaro ishlash uslubi. U server deb nomlanuvchi dastur yoki dastur tarkibiy bo‘lagi va mijoz deb nomlanuvchi boshqa bir yoki bir necha dastur yoki tarkibiy bo‘laklar mavjudligini ko‘zlaydi. Mijoz serverdan asinxron bo‘lmagan tarzda server vazifalari bajarilishini boshlash va ular bajarilishi natijalarini olish imkoniga ega. Odatda mijoz-server arxitekturasi bir necha mijozlarga bir vaqtning o‘zida va bir-biridan mustaqil tarzda server bilan o‘zaro ishlash imkonini beradi. Ma’lumotlar bazalaridan erkin foydalanish uchun axborot tizimlari bo‘lmish dasturlar odatda mijoz-server arxitekturasi asosida yaratiladi. Internet ishini ta’minlovchi dasturlarning o‘zaro faoliyati ham mijoz-server arxitekturasi asosida tashkil etilgan.
mikrokompyuter ingl.: microcomputer rus.: микрокомпьютер
Raqamli kompyuter. Uning qayta ishlash qurilmasi bitta yoki undan ko‘p mikroprotsessordan iborat hamda xotira va kiritish-chiqarish qurilmalariga ega. Kompyuterlar tasnifnomasida mikrokompyuter eng kam unumli hisoblanadi. Mikrokompyuterlar, shuningdek, ishlab chiqarish texnologiyasi va turli xil avtomatik boshqaruv apparaturasida qo‘llaniladi.
mikroprotsessor ingl.: microprocessor rus.: микропроцессор
Elementlari bitta yoki bir necha integral sxemaga maydalashtirilgan protsessor. Kompyuterlar, jumladan, shaxsiy kompyuterlar tuzilishining asosiy elementi. Mikroprotsessor ichki xotira yordamida arifmetik, mantiqiy va boshqaruv amallarini bajaradi.
mikrosxema ingl.: microcircuit rus.: микросхема
Elementlari konstruktiv va texnologik ravishda birlashtirilgan mayda elektron qurilma.
mikrochip ingl.: micro chip rus.: микрочип
qarang: integral mikrosxema
MIMD
qisq.: Multiple Instruction, Multiple Data Ko‘rsatmalar to‘plami, ma’lumotlar to‘plami. Markaziy protsessor me’moriy tuzilmasi, bir necha operandalar (vektorlar) ustidan bir takt davomida bir necha (konveyer) buyruqlarni bajarishga imkon beradi; markaziy protsessor va EHMlarning konveyerli-vektorli me’moriy tuzilmasi.
MIME
qisq.: Multipurpose Internet Mail Extensions Internet elektron pochtasining ko‘pmaqsadli kengaytmalari. Elektron pochta xabarlari
yordamida ikkilik axborotni uzatish uchun standart. RFC 2045-2049 da keltirilgan.
minikompyuter
ingl.: minicomputer
Ma’lumotlarga ishlov berish imkoniyatlari cheklangan kompyuter. Minikompyuterlar 1960-yillarning oxirida paydo bo‘lgan. Asosiy kompyuterga qaraganda minikompyuter uzunligi kamroq bo‘lgan so‘zlar bilan ishlaydi, cheklangan tezkor xotira va nisbatan katta bo‘lmagan tezlikka ega. Shuning uchun minikompyuterlar asosiy kompyuterga qaraganda oddiyroq vazifalarni bajarish uchun qo‘llaniladi. Biroq, asosiy kompyuter bilan solishtirganda minikompyuter arzonroq va kichikroq hajmga ega, hamda foydalanishi osonroq. «Minikompyuter» atamasi shaxsiy kompyuterlar yaratilishidan oldin paydo bo‘lgan. Bugungi shaxsiy kompyuterlar esa 1980-yillardagi baza kompyuterlaridan ham ustunroq keladi. Shuning uchun ham mazkur atamaning ishlatilishi kamayib, ish stansiyasi va shaxsiy kompyuter tushunchalariga o‘rin bermoqda.
miniplata ingl.: mini-card rus.: миниплата
Kompyuter imkoniyatlarini kengaytiradigan mayda xotira qurilmasi. Miniplatalar turli ishlab chiqaruvchilar tomonidan yaratilib qattiq disk yoki flesh-xotira qurilmalari vazifalarini bajaradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |