mahalliy printer
ingl.: local printer
rus.: локальный принтер
Printer. U kompyuterdagi portlardan bittasiga bevosita ulanadi.
makro ingl.: macro rus.: макро
(MAChine Routine qisqartmasi). Bir necha mashina buyrug‘idan tarkib topgan to‘plamga o‘giriluvchi dasturlash tilida berilgan alohida ko‘rsatma.
Boshqa buyruqlar ketma-ketligini chaqiruvchi buyruq.
«Juda katta» ma’nosida ishlatiladi, masalan – makroiqtisodiyot.
makro buyruq
ingl.: macro instruction
rus.: макрокоманда qarang: makros
makro til
ingl.: macro language rus.: макро язык
Tizimda jami harakatlar sodir etishga imkon beruvchi til. U istalgan axborotni topish va unga ishlov berish, hamda tizimga axborotning yangi turlarini kiritish imkoniyatiga ega.
makros
ingl.: macro instruction rus.: макрос
Boshqa buyruqlar ketma-ketligini bajarishga olib keluvchi buyruq.
O‘rniga makroko‘rsatma (masalan, assembler tilining bir necha mashina buyruqlariga aylantiriluvchi buyrug‘i) orqali berilgan matn yoziluvchi dastur ifodasi.
mantiq ingl.: logic rus.: логика
Mantiq tafakkur shakli va qonunlari haqidagi fan. Mantiq fanining obyekti – tafakkur qonunlari, shakllari, uslublari va amallaridir. Mantiq fani u o‘rganadigan predmet sohasining turi bo‘yicha ikki bo‘limdan iborat: formal mantiq va dialektik mantiq. Formal mantiq statik borliqqa, dialektik mantiq dinamik borliqqa oiddir. Formal mantiq ilmining asoslari eramizdan avvalgi 4 – asrda buyuk Yunon olimi Aristotel tomonidan yaratilgan. 9 – asrda yashab o‘tgan Markaziy Osiyolik alloma Abu Nasr Farobiy Aristotelni umumiy formal mantiq tizimini uning boshqa asarlari asosida to‘ldirib o‘z zamonasi uchun eng muhim mantiq fanini shakllantirib bergan.
YO rost yo yolg‘on bo‘lishi mumkin bo‘lib qiymatlari ikkilik sanoq tizimiga xos fikrlar, ya’ni xukmlar ustida matematik tahlil va deduktiv fikrlashni birinchi bo‘lib 19 – asr o‘rtalarida Irlandiyalik Jorj Bul qo‘llagan. Bu Bul algebrasi deb ataluvchi mantiq algebrasi yaratilishiga va oxir oqibatda 20 – asr o‘rtalarida elektron hisoblash mashinalarining yuzaga olib kelishiga olib kelgan.
mantiqiy disk ingl.: logical disk rus.: логический диск
Amaliy (operatsion) tizim tomonidan aniqlanadigan disk moslamasi. Mantiqiy disk fizik diskdan farq qilishi mumkin. Masalan, bitta disk bir necha mantiqiy disklarga ajratilgan bo‘lishi mumkin (Windowsda C:, D:, E:).
mantiqiy manzil ingl.: logical address rus.: логический адрес
qarang: jismoniy manzil
mantiqiy shina
ingl.: logical bus
rus.: логическая шина
Mahalliy tarmoqlar topologiyasi, masalan, Ethernet kabi umumiy aloqa kanalidan foydalanadigan topologiya.
manzil ingl.: address rus.: адрес
Ramz yoki ramzlar guruhi. Xotiraning ayrim qismlari, registr, kiritish-chiqarish qurilmalari, hisoblash tarmog‘ining ish stansiyasini yoki boshqa ma’lumot manbalarini, yoki ularni uzatish uchun belgilangan joyni aniqlaydi.
Hisoblash tarmoqlarida – uzatilayotgan ma’lumotlarni oluvchi yoki jo‘natuvchilarni aniqlovchi bitlar ketma-ketligi.
Do'stlaringiz bilan baham: |