Icmailov Astan Ibragimovich Bokiyev Abdujolol Abdulxamitovich


 Asinxron mashinalarning tuzilishi, ishlash tarzi va turlari



Download 9,5 Mb.
Pdf ko'rish
bet157/229
Sana03.03.2023
Hajmi9,5 Mb.
#915982
1   ...   153   154   155   156   157   158   159   160   ...   229
5.3.1. Asinxron mashinalarning tuzilishi, ishlash tarzi va turlari.
O‘zgaruvchan 
tok 
elektr 
mashinalarining 
(sinxron 
va 
asinxron 
mashinalarning) ishlash prinsipi uchta chulg‘amdan uch fazali tok o‘tganda 
aylanma magnit maydonining hosil bo‘lishiga asoslangan. SHuning uchun ham 
ularning nazariyasida umumiylik ko‘p. Hozirgi vaqtda uch fazali o‘zgaruvchan 
tok mashinalari juda keng qo’llanilmoqda. O‘zgaruvchan tok elektr mashinalari 
uch guruxga bo‘linadi:
a) kollektorsiz asinxron mashinalar;
b) kollektorli asinxron mashinalar;
v) sinxron mashinalar. 
Asinxron va sinxron mashinalarda statorning tuzilishi deyarli bir xil; lekin 
ularning rotorlari tuzilishi jihatidan har xil bo‘ladi. Amalda bir va uch fazali 
asinxron va sinxron mashinalar juda keng ishlatiladi. Uch fazali mashinalar 
statorida uchta chulg‘am; bir fazali mashinalarda esa bitta chulg‘am bo‘ladi.
Sinxron va asinxron mashinalarning statorida joylashgan uch fazali 
chulg‘amdan uch fazali tok o‘tganda statorda aylanuvchan aylanma) magnit 
maydoni hosil bo‘ladi. Sinxron mashinalarda rotorning aylanish tezligi (aylanish 
chastotasi) aylanma magnit maydonining aylanish chastotasiga teng, ya’ni rotor 
va aylanma magnit maydoni sinxron aylanadi. Bunday mashinalar sinxron 
mashinalar deyiladi. Sinxron mashinalar asosan o‘zgaruvchan tok generatorlari 
sifatida ishlatiladi va ular turli xil elektr stansiyalarida o‘rnatiladi. Lekin 
sinxron mashinalar sinxron dvigatellar sifatida ham keng qo‘llanadi. 


272 
Asinxron mashinalarda rotorining aylanish chastotasi aylanma magnit 
maydonining aylanish chastotasiga teng bo‘lmaydi, ya’ni ular sinxron 
aylanmaydi. Bunday mashinalar asinxron mashinalar deyiladi. Asinxron 
mashinalar asosan dvigatellar sifatida ishlatiladi. Xalq xo‘jaligining turli 
sohalarida millionlab asinxron dvngatellar turli mexanizmlarni harakatga 
keltirmoqda. Umuman, sinxron va asinxron mashinalar generator sifatida ham, 
dvigatel sifatida ham ishlay oladi. Bundan tashqari, sinxron mashinalar sinxron 
kompensatorlar sifatida; asinxron mashinalar esa elektromagnit tormoz va 
chastota o‘zgartiruvchi mashina sifatida ishlatiladi. 
O‘zgaruvchan tokning kollektorli mashinalarida ham rotor aylanma magnit 
maydoni bilan bir xil tezlikda aylanmaydi va bu jihatdan ular asinxron 
mashinalar hisoblanadi. Lekin bunday mashinalarda kollektor bo‘lganligi 
sababli ular alohida gruppani tashkil qiladi. Kollektorli mashinalar ko‘proq 
dvigatel sifatida ishlatiladi. Ularning ishlash prinsipi o‘zgarmas tok 
mashinalarining ish prinsipiga yaqin. O‘zgaruvchan tok kollektorli mashinalari 
amalda kam ishlatiladi. Asinxron va sinxron mashinalar haqida keyinroq 
mufassal to‘xtalamiz, avval o‘zgaruvchan tok mashinalariga oid umumiy 
masalalar haqida gapirib o‘tamiz. 
Elektr mashinalarning ferromagnit o‘zagi (magnit o‘tkazgichi) va 
chulg‘amlari uning asosiy aktiv qismlaridir. Qolganlari mashinaning 
pishiqligini, mustahkamligini, uning aylanishini va sovitilishini ta’minlovchi 
konstruktiv qismlardir. 
Asinxron va sinxron mashinalarda statorning tuzilishi bir xil bo‘ladi. 
Bunday mashinalarning statori uning korpusi (staninasi), asosi, korpusni ikki 
tomonidan berkitib turadigan podshipnik shchitlari hamda statorning korpusi 
ichida maxsus yupqa elektrotexnika po‘lat plastinkalaridan yig‘ilgan pulat 
o‘zakdan iborat. Po‘lat o‘zak pazlariga, fazoda bir–biriga nisbatan I20° siljigan, 
uchta chulg‘am o‘rnatilgan. Bir fazali mashinalar statorida bitta chulg‘am 
bo‘ladi. Asinxron va sinxron mashinalarda stator chulg‘amini, odatda, yakor 
chulg‘ami deyiladi. 
Asixron mashinalar asosan ikki qismdan iborat bo‘ladi: qo‘zg‘almas qism - 
stator; aylanadigan qism - rotor. Stator va rotor orasida havo oralig‘i bo‘ladi. 


273 
Bu oraliq sinxron mashinalarda nisbatan kattaroq, asinxron mashinalarda 
kichkina (masalan, 0,2...3 mm) bo‘ladi. Asinxron va sinxron mashinalarda 
statorning tuzilishi deyarli bir xil; lekin ularning rotorlari tuzilishi jihatidan har 
xil bo‘ladi. Amalda bir va uch fazali asinxron va sinxron mashinalar keng 
ishlatiladi. Uch fazali mashinalar statorida uchta chulg‘am; bir fazali 
mashinalarda esa bitta chulg‘am bo‘ladi.
Asinxron mashinalarda rotorining aylanish chastotasi aylanma magnit 
maydonining aylanish chastotasiga teng bo‘lmaydi, ya’ni ular sinxron 
aylanmaydi. Bunday mashinalar asinxron mashinalar deyiladi.
Asinxron mashinalar asosan dvigatellar sifatida ishlatiladi. Xalq 
xo‘jaligining 
turli 
sohalarida 
millionlab 
asinxron 
dvngatellar 
turli 
mexanizmlarni harakatga keltirmoqda. Umuman, sinxron va asinxron 
mashinalar generator sifatida ham, dvigatel sifatida ham ishlay oladi. Bundan 
tashqari, sinxron mashinalar sinxron kompensatorlar sifatida; asinxron 
mashinalar esa elektromagnit tormoz va chastota o‘zgartiruvchi mashina sifatida 
ishlatiladi. 
O‘zgaruvchan tokning kollektorli mashinalarida ham rotor aylanma magnit 
maydoni bilan bir xil tezlikda aylanmaydi va bu jihatdan ular asinxron 
mashinalar hisoblanadi. Lekin bunday mashinalarda kollektor bo‘lganligi 
sababli ular alohida guruxni tashkil qiladi. Kollektorli mashinalar ko‘proq 
dvigatel sifatida ishlatiladi. Ularning ishlash prinsipi o‘zgarmas tok 
mashinalarining ish prinsipiga yaqin. O‘zgaruvchan tok kollektorli mashinalari 
amalda kam ishlatiladi.
Elektr mashinalarning ferromagnit o‘zagi (magnit o‘tkazgichi) va 
chulg‘amlari uning asosiy aktiv qismlaridir. Qolganlari mashinaning 
pishiqligini, mustahkamligini, uning aylanishini va sovitilishini ta’minlovchi 
konstruktiv qismlardir. (5.3.1-rasm) 
Asinxron va sinxron mashinalarda statorning tuzilishi bir xil bo‘ladi. 
Bunday mashinalarning statori uning korpusi (staninasi), asosi, korpusni ikki 
tomonidan berkitib turadigan podshipnik shchitlari hamda statorning korpusi 
ichida maxsus yupqa elektrotexnika po‘lat plastinkalaridan yig‘ilgan pulat 
o‘zakdan iborat. Po‘lat o‘zak pazlariga, fazoda bir–biriga nisbatan I20° siljigan, 


274 
uchta chulg‘am o‘rnatilgan. Bir fazali mashinalar statorida bitta chulg‘am 
bo‘ladi. [1,8,9] 

Download 9,5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   153   154   155   156   157   158   159   160   ...   229




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish