Mavzu: Giromagnit
Reja:
Giromagnit chastota
Giromagnithodisa
Giromagnit nisbat
Giromagnit chastota, siklotron chastotasi — zarralar (elektronlar, protonlar va b.) doimiy magnit maydoniga kiritilganda ularning shu maydon yoʻnalishi atrofida qiladigan aylanma harakati chastotasi. Bunda zarra impuls momenti (magnit momenti) ning vektori magnit maydon kuchlanganligining vektori atrofida burchak hosil etib (konus sirt chizib) tekis aylanma harakat qiladi (qarang Presessiya). Larmor teoremasiga asosan, aylanma harakat siklik chastotasi (yaʼni burchak tezligi) Q giromagnit nisbat G ga va magnit maydon kuchlanganligi N ga bogʻliq: Q. =GN. Magnitomexanik va bir qancha magnitooptik hodisalarni tushuntirishda ahamiyatga ega.
Giromagnit hodisa, magnitomexanik hodisa — jism va moddalarning magnit xossali zarralari magnit va mexanik momentlarining oʻzaro bogʻliqligi natijasida sodir boʻladigan hodisa. Harakat miqdori momenti (impuls momenti)ga ega boʻlgan qar qanday zarra (elektron, proton, neytron, yadro, atom) magnit momentita ega boʻladi. Shu sababli, jiyemni tashkil qiluvchi zarralarning umumiy harakat miqdori momenti oʻzgarishi bilan jiyemning magnit momenti oʻzgaradi (mexanikmagnit hodisa) va aksincha, jism magnitlanganda jiyemning mexanik momenti oʻzgaradi (magnitmexanik hodisa): mas, solenoiddan tok oʻtkazilganda solenoid ichidagi temir oʻzak buriladi (magnit-mexanik hodisa — Eynshteyn — de Xaaz effekti, 1915 y.) yoki, aksincha, temir oʻzak aylantirilganda oʻzak (solenoid ham) magnitlanadi (mexanikmagnit hodisa — Barnett effekti, 1909 y.). G. h. modda atomining magnit momentini uning impuls momentiga nisbati — giromagnit (magnitmexanik) nisbatni aniqlashga va moddaning xossalarini tushuntirib berishga imkon beradi.
GIROMAGNIT NISBAT — elementar zarralar (atom, elektron va h. k.) magnit momentining ularning impuls momenti (harakat miqdori momenti) ga nisbati. Har qanday elementar zarra noldan farkli impuls momenti spiniga ega, demak Giromagnit nisbat anik, qiymatli boʻladi. Atomlar sistemasining har xil holati uchun Giromagnit nisbat r=g-F0 formula bilan aniqlanadi, bunda Go — G. n. birligi, (g-faktor — magnit ajralish faktori) — Lande koʻpaytuvchisi. Bu iborani nemis fizigi A. Lande 1921-y. da fanga kiritgan. Giromagnit nisbat birligi qilib atomda orbita boʻyicha harakat qilayotgan elektronning Giromagnit nisbati —4-(i0 — qabul qilingan, bunda u0 — magnit doimiysi, ye — elektron zaryadi va te — uning massasi. Yadrolar uchun esa protonning Giromagnit nisbati qabul qilingan, yaʼni – u s0 – ^ — , bunda tr — proton massasi. Giromagnit nisbat kattaligi modda (jism)ning magnit xossalarini, magnitlanish jarayonlarini, magnitomexanik — giromagnit hodisalarni tushuntirib berishga imkon beradi. Elementar zarralar (atom, elektron va h.k.) magnit momentining ularning impuls momenti (harakat miqdori momenti) ga nisbati. Har qanday elementar zarra noldan farqli impuls momenti spiniga ega, demak G. n. anik, qiymatli boʻladi. Atomlar sistemasining har xil holati uchun G. n. r=g-F0 formula bilan aniqlanadi, bunda Go — G. n. birligi, (g-faktor — magnit ajralish faktori) — Lande koʻpaytuvchisi. Bu iborani nemis fizigi A. Lande 1921 y.da fanga kiritgan. G. n. birligi qilib atomda orbita boʻyicha harakat qilayotgan elektronning G.n.i —4-(i0 — qabul qilingan, bunda u0 —magnit doimiysi, ye — elektron zaryadi va te — uning massasi. Yadrolar uchun esa protonning G. n. i qabul qilingan, yaʼni -u s0 -^— , bunda tr — proton massasi. G. n. kattaligi modda (jism)ning magnit xossalarini, magnitlanish jarayonlarini, magnitomexanik — giromagnit hodisalarni tushuntirib berishga imkon beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |