394
Щ
itli zatvorlar asosan birinchi cev ko’tarish nasos stantsiyalarida,
tsirkulyatsiya nasos stantsiyalarida va suvni tortib olish stantsiyalarida
qo’llaniladi. Kichik suv inshootlarida qo’l
bilan boshqariladigan, kata quvvatli
suv inshootlarida elektr yuritmali zatvorlar ishlatiladi. Qo’llanilish sharoitlariga
ko’ra avariya xolatlari uchun, ta’mirlash davri uchun va asosiy zatvorlarga
ajratiladi.
Elektr yuritmali ijrochi mexanizmlarning boshqaruv va himoya
vositalari -
Elektr yuritmali ijrochi mexanizmlarning boshqaruv va himoya
vositalari turkumiga kiruvchi turli zadvijka va tuskich (zatvor)larda
qo‘llaniladigan cheklovchi uzgichlarning ishonchlilik darajasining pastligi
mutaxassislarga ma’lum. Buning natijasida turli texnik avriyalar sodir bo‘lib
turadi. Bundan tashqari ularning narxi xam yuqori. Sodir bo’lgan avariyalar
oqibatlarini bartaraf etishga xam kattagina mablag‘ sarflanadi.
Olimlar
tomonidan ushbu xolat o‘rganib, tahlil qilinib, cheklovchi uzgichlarni qo‘llamay
zadvijkalar ishini nazorat qilish imkonini beruvchi asbob yaratildi.
Dastlab, ushbu asbob ZE/300 zadvijkalari uchun mo‘ljallanib, ular yangi
qurilayotgan nasos stansiyalarida sinovdan o‘tkazilgan. Ushbu asbobga PKP 1 –
rusumi berilib (pribor kontrolya polojeniya), zadvijka ohirgi xolatga etganda
yoki tiqilib to‘xtab qolganda siljish vaqti va dvigatel tokining nazorati tufayli
zadvijkaning elektr yuritmasi avtomatik o‘chiriladi. 7.4.2-rasm.
Asbobning kirish qismiga "OTKR
Ы
T", "ZAKR
Ы
T", "STOP" boshqarish
knopkalari va elektr yuritmani ta’minlovchi fazalardan biriga ulangan tok
transformatori ulanadi. Chiqishiga esa yuritmani
boshqaruvchi magnit ishga
tushirgich, avariya va zadvijka to‘la ochiq yoki to‘la yopiq xolatga etganini
bildiruvchi signalizatorlar ulanadi,
Zadvijkaning xolati asbob yuza panelida joylashgan to‘rtzaryadli raqamli
svetodiodli indikatorda aks etadi. Agar manba uzilib qolsa,
zadvijkaning joriy
xlati asbobning xotirasida manba qayta ulangunicha saqlanib qoladi. Asbobda
qo‘llanilgan zadvijkaning xolati bo‘yicha indikatsiya turi stansiya xizmat
ko‘rsatuvchi personali uchun juda qulay bo‘lgan.
395
7.4.2-rasm. Cheklovchi uzgichlarni qo‘llamay zadvijkalar ishini nazorat qilish
imkonini beruvchi asbob.
Bu asbobda qo’llanilgan zadvijka xolatini aks ettiruvchi o’zining
ko’rinishi va qulayligi bilan mutaxassislar qiziqishini uyg’otdi va boshqa
rusumli zatvorlarda ham qo’llash uchun yfveyf yaratdilar. 7.4.3-rasm.
7.4.3-rasm. Cheklovchi uzgichlarni qo‘llamay zadvijkalar ishini nazorat qilish
imkonini beruvchi asbobning takomillashgan varianti
Ushbu yangi asbob tegishli sinovlardan o’tkazilib, ishlab
chiqarishga joriy
etilgan