Nafas qisishning miqdoriy bahosi
Nafas qisishi og‘irligini baholash uchun, bu sezgi yuzaga kelishi uchun sarflanishi zarur
bo‘lgan jismoniy zo‘riqish o‘lchamidan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Kundalik praktikada,
o‘pka va yurak kasalliklari bilan kasallangan bemorlar xolatining funksional klassifikatsiyasi,
asosan, jismoniy zo‘riqish darajasi bilan nafas qisishini aniqlash kabi kriteriylarga asoslangan.
Biroq, nafas qisishi og‘irligini ifodalanishini) belgilashda, bemorning umumiy jismoniy xolati,
uning kasbi va odatda bajaradigan jismoniy mehnati va dam olishi to‘g‘risida to‘liq tasavvurga ega
bo‘lishi kerak. Masalan, jami 2 mil (3.2.km) yugurgan, mashq qilgan yuguruvchida nafas
qisishining paydo bo‘lishi, shu masofaning atigi bir qismini bosib o‘tgan kam xarakatli hayot
tarzini olib boruvchi odamning nafas qisishi rivojlanishiga nisbatan unda jiddiy kasallik
mavjudligidan dalolat beradi. O‘pka va yurak kasalliklari bilan kasallangan ba’zi bemorlarda, yurak
va o‘pka funksiyalarining og‘ir buzilishiga qaramay, ulardagi nafas qisishini aniqlashga xalaqit
beradigan, ularning harakatini qiyinlashtiradigan tos suyagi bilan son suyagini tutashtiradigan
bo‘g‘in yoki tizza bo‘g‘inini og‘ir osteoartriti yoki periferik tomirlarning etishmovchiligi kabi
boshqa buzilishlar ham mavjud bo‘ladi.
Nafas qisishining ba’zi turlari jismoniy zo‘riqishlar bilan bevosita bog‘liq bo‘lmaydi. Tinch
xolatda nafas qisishining to‘satdan va kutilmaganda paydo bo‘lishi, o‘pka tomirlarining emboliyasi,
o‘z-o‘zidan yuz beradigan pnevmotoraks yoki qattiq hayajonlanish natijasida bo‘lishi mumkin.
Tungi vaqtdagi og‘ir paroksizmal nafas qisishi chap oshqozon etishmovchiligiga xosdir. Nafas
qisishining paydo bo‘lishi, asosan, odatda sust yurak etishmovchiligi bilan bog‘liq bo‘lib, bemor
chalqanchi xolda yotib ortopnoz qabul qilganda, hamda bronxial astma kasali va nafas yo‘llari
surunkali obstruksiyasi bo‘lgan bemorlarda paydo bo‘ladi va diafragmaning ikki tomonlama
falajida ko‘p bo‘ladigan simptomdir. “Trepopnoz” termini, chap va o‘ng yonboshda yotgan holda
nafas qisishi paydo bo‘lishi kabi noodatiy xolatlarni tasvirash uchun ishlatiladi. Ko‘pincha bu xolat
yurak kasalligi bor bemorlarda uchraydi.Agar nafas qisishi vertikal xolatda paydo bo‘lsa, unda
“platipnoz” terminidan foydalaniladi. Nafas qisishining oxirgi ikki varianti bemorni mukammalroq
tekshirishni talab etadi, lekin ularning ikkisi ham, ventilyasion-perfuzion o‘zaro bog‘lanishlarning
pozitsion o‘zgarishi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |