Profilaktikasi.
Surunkali pankreatitning vujudga kelishida etiologik rol o’ynaydigan kasalliklarni (oshqozon, ichak, o’t yo’llari kasalliklari) o’z vaqtida to’la-to’kis davolash.
Surunkli zaharlanishga (alkogolizm, saturnizm) barham berish.
v. Tartibli ovqatlanish
g. Semirishni oldini olish
Surunkali gastrit-me’daning surunkali distrofik yallig’lanishi bo’lib, unda me’daning shira ajratish va marom bilan harakat qilishi buziladi. Surunkali gastrit ovqat hazm qilish organlari kasalliklari orasida yetakchi o’rin egallaydi.
Etiologiyasi. Rivojlanish sabablari ko’p, aksariyat hollarda bir necha sabablardan rivojlanishi mumkin.
Egzogen sabablar.
Endogen sabablar
Egzogen sabablarga: surunkali gastritning kelib chiqishida 1982 yilda Avstraliyalik olimlar Varren, Matchel, spiralga o’xshagagan bakteriyaning rolini ta’kidlaydilar. Uning nomini Kampil piloriy bakteriyasi deb atagan. Oshqozon shililq qavati biopsiya qilib tekshirilganda shu mikrob 100% hollarda topilgan. Ovqatlanishning buzilishi. (ovqatlanish me’yorining buzilishi, o’ta to’yib ovqatlanish, to’liq chaynamasdan yutish, qattiq, achchiq, issiq ovqatlar iste’mol qilish). Chekish va spirtli ichimliklar ichish. Asabiy zo’riqish. Kasbga oid zararli moddalar. (metal, paxta changlari, kislota va ishqorlar). Dorivor moddalarni uzoq vaqt iste’mol qilish.
Endogen sabablarga: surunkali yallig’lanish (og’iz bo’shlig’i va xalqumning, nafas olish organlarning yallig’lanish kasalliklari, o’pka sili, surunkali xolesistit, enteropolit) kiradi. Endokrin bezlar kasalliklari (Addisson kasalligi, gipotireoz, bo’qoq, Isenko Kushing kasalligi, qandli diabet). Kasallangan organlardan reflektor ta’sir etishi (xoletsistit, gipotet). Modda almashinuvining buzilishi (o’ta semizlik organizmda temir moddasining yetishmasligi, podagra). To’qima gepoksiyasiga olib keluvchi kasalliklar (yurak tomir yetishmovchiligi, jigar va buyrak yetishmovchiligi). Allergiya natijasidagi surunkali gastrit. O’tkir gastrit o’z vaqtida davolanmasligi.
Patogenezi. Gastrit rivojlanishida ekzogen va endogen sabablarning uzoq vaqt ta’sir etib turishi kuzatiladi.
Gastrit rivojlanishida qatnashadigan muhim omil me’daning harakat vazifasining buzilishi hisoblanadi. U me’da mushak pardasini tonusining yo kuchayishi, yoki keskin pasayishi bilan o’tadi. Har ikkala holda ham ovqat hazm qilish jarayoni o’zgaradi va me’da shilliq pardasi yallig’lanib, o’zgarib, vaqt o’tishi bilan surunkali xarakter oladi.
Me’da devori hujayralarida xlorid kislota ishlab chiqarishning buzilishi, harakat va evakuator vazifasining, me’da devorida qon aylanishining buzilishi me’dada o’zgarishlarga olib keladi.
Ko’p ishlanishi natijasida vodorod, ioni ko’payib, sulfatazaning aktivligini susaytiradi, sulfataza me’da shirasi tarkibining buzilishiga olib keladi.
Harakat va evakuator vazifasining buzilishi: a) og’riq paydo bo’lishiga; b) me’da va ichak dispepsiyasi simptomlariga; v) me’da shirasining buzilishiga olib keladi.
Shunday qilib, me’daning harakati va evakuator vazifasining buzilishi, o’n ikki barmoq ichak ishirasining me’daga otilishi kuzatilib, unda oshqozon osti bezining shirasi va o’t kislotasi me’dada sof vodorod ioni hosil bo’lishini kuchaytiradi. Bu esa me’da shirasi ajralishini susaytiradi, uning vazifasini pasaytiradi, natijada me’da shilliq pardasini tubdan o’zgartiradi. Me’da shilliq osti qavatida arteriya va vena tomirlar orasida qo’shimcha yo’l ochilib, bu esa me’da devorining kamqonligiga olib kelib, uning regenator vazifasini buzilishiga olib keladi.
II. Epitelial bezlar regeneratsiyasining buzilishi surunkali gastritning rivojlanihida asosiy rol o’ynaydi. Boshqa hamma hollar egzogen va endogen sabablarning, me’da shilliq pardasining jarohatlanishi natijasidir. Kasallik rivojlanishida shilliq parda ostida shish va yallig’lanish vujudga keladi. Surunkali gastritda me’da shilliq qavatining tarkibi o’zgaradi, plazmatik to’qimalar kuchayib, qalin to’qimalar kamayadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |