Perkussiya. Tanani ustidan barmoq uchlarida urib ko'rish perkussiya deyiladi. Perkussiya yordamida ayrim ichki organlar chegarasi aniqlanadi, shuningdek ularda sodir bo'lgan o'zgarishlar bilinadi. Perkussiya qilinganda ma'lum tovush chiqadi. Shu tovushga qarab perkussiya qilingan joydagi organlar ahvoli haqida ma'lumot olish mumkin. Bevosita va bilvosita perkussiya farq qilinadi. Bevosita perkussiyada bemor badaniga bir yoki juftlangan bir necha barmoq uchlari bilan urib ko'riladi. Bilvosita perkussiyada badanga qo'yilgan biror predmet (plessimetr) orqali urib ko'riladi. Asosan bevosita perkussiya usuli qo’llaniladi.
Perkussiya qilganda uch asosiy tovushga e’tibor beriladi.
1) O’pka tovushi (ravshan, aniq, kuchli va davomli).
2) O’tmas tovush sekin va qisqa.
3) Timpanik tovush (jarangli, davomli va ma’lum balandlikka ega).
Perkussiya qilingan joyda to’qima va organizmlar tebranadi. Tebranish tevarak-atrofdagi havoga o’tadi. Natijada tovush tarzida eshitiladi. Perkussiyada qilishda hosil bo’lgan tovush xossasi , asosan organlardagi havo miqdoriga va organning elastikligiga hamda tarangligiga bog’liq.
Birinchi tibbiy yordamni o’rganishdan maqsad, biz kim bo’lishimizdan qatiy nazar birinchi tibbiy yordam ko’rsatishni bilishimiz zarur. Chunki baxtsiz hodisalar har qadamda uchrashi mumkin, ya’ni vrach bor-yoki yo’q joyda, kasalxonaga yaqin yoki kasalxonaga uzoq joyda, shuning uchun har bir inson tibbiyot xodimlari yetib kelguncha, birinchi yordam, elektr tokidan shikastlanganda.
Shikastlangan odamning umumiy holatiga qarab, hushdan ketganligi yoki ketmaganligini hisobga olib, nafas olish to’xtatishini yoki to’xtamaganligini, yurak faoliyatining juda pasayib ishlayotganligini yoki to’xtab qolishi mumkinligini hisobga olgan holda, yordam ko’rsatishni tashkil qilish lozim. Bunda qo’yidagi choralar ko’riladi: elektr toki ta’sirini zudlik bilan to’xtatish, o’chirish, ( quruq tayoq bilan olish, rezina qo’lqop bilan olish,) zarurat bo’lganda suniy nafas berish (og’izdan-og’izga, og’izdan –burunga yoki maxsus apparat yordamida), yurakning tashqiy massaji belgilangan usullar asosida hamda yurakka ta’sir etuvchi dori vositalarining (kordiamin, adrenalin, prednizolon).
Suvga cho’kkanda
Suvga cho’kkanda odam hushdan ketishi, nafas to’xtashi, yurak faoliyati juda pasayib ketishi, kuzatilishi mumkin. Bunday holatlarda shikaslangan odam suvdan chiqarib olinadi, suvdan chiqarish vaqtida uzun tayoq, arqon va boshqa vositalardan foydalanish mumkin. Agar qutqaruvchi suvda yaxshi suza oladigan bo’lsa, cho’kkan odamning kiyimlaridan sochidan, tortib suvdan chiqarishi mumkin. Shikastlangan odam suvdan chiqarilgandan so’ng, qorni bilan yotqiziladi, oyoqlari yuqoriga ko’tarilib, traxeya va bronxlardan suv haydab chiqariladi, so’ngra shikastlangan odamni yordam ko’rsatuvchi tizzasiga qorni va ko’kragi bilan yotqizib, ko’krak qafasi orqa sohasidan bosiladi. Bunda traxeya va bronxlardagi suvlar chiqib ketishi kerak. Shundan keyin bemorga jonlantirish tadbirlari o’tkaziladi: suniy nafas berish, agar yurak to’xtagan bo’lsa, yurakni tashqiy tomonidan massaj qilinadi.
Ofrob urish
Odamni oftob urganda yoki issiq xonada o’tirganda umumiy lohaslik, nafas qisishi, tez-tez yurak urushi, ko’z oldi qorong’ulashishi kuzatiladi. Bunday bemorlar salqin joyga olib chiqilib qisib turgan kiyimlari tugmalarini bo’shatish, boshini baland qilib yotqizish kerak, nashatir spirti hidlatiladi, agar bemor hushida bo’lsa sovuq ichimliklar ichkizish kerak, yuzlarini sovuq suv bilan yuvish buyuriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |