Auskultatsiya. Organizmda sodir bo'ladigan tovushlarni eshitib ko'rish auskultatsiya deyiladi. Bunda maxsus asbob-stetoskopdan foydalaniladi. O'pka, yurak-tomir sestemasi,ba'zan qorin bo'shlig'idagi organlar auskultatsiya qilib tekshiriladi. Auskultatsiya ikki xil bo'ladi 1) bevosita auskultatsuya- bunda bemorning badaniga bevosita quloqni quyib eshitib ko'riladi; 2) bilvosita auskultatsiya-bu usulda bemorni maxsus asbob (stetoskop va fonendoskop) bilan eshitiladi.
O’pkadagi xirillash plevraning ishqalanishida paydo bo’ladigan shovqin, yurakning toni va shovqini ana shu usulda aniqlanadi. Auskultatsiya usulidan arterial qon bosimini aniqlashda, qon tomirining eshitishda foydalaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |