Pal'patsiya. Bu usul bilan faqat qorin bo'shlig'idagi organlar kasalliklari emas, balki limfa tugunlari (bo'yin, qo'ltiq va chov sohasidagi limfa tugunlari) ning holati ya'ni katta-kichikligi, shakli, konsistensiyasi, og'rish-og'rimasligi, harakatchanligi ham aniqlanadi. Bundan tashqari terining tarangligi (turgor), namligi yoki quruqligi, bo'g'imlar, muskullar holatini aniqlashda ham shu usul qo'llaniladi.
Palpatsiya usulini mukammal bilish kasalliklarga aniq diagnoz qo'yishda yordam beradi. Masalan yurak sohasini palpatsiya qilish bilan yurak faoliyati va yurak muskullaridagi o'zgarishlar haqida muhim ma'lumotlarga ega bo'linadi. Qorinni palpatsiya qilishdan asosiy maqsad qorin bo'shlig'idagi organlarning joylashgan o'rni va holatini aniqlashdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |