Ichki ishlar vazirligi a k a d e m I y a s. Isxakov, V. Topildiyev



Download 1,33 Mb.
Pdf ko'rish
bet82/136
Sana30.12.2021
Hajmi1,33 Mb.
#152516
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   136
Bog'liq
Rim huquqi. Isxakov S., Topildiyev V., Raxmanov A. Darslik. (1)

3-§. Real shartnomalar
Real shartnomalar asosan mahsulot oldi-sotdisi jarayonida
vujudga kelgan bo‘lib, ularga  qarz, ssuda, omonat saqlash hamda
garov shartnomalari kiradi. Qarz shartnomasiga muvofiq bir tomon
(qarz beruvchi) ikkinchi tomonga  pul mablag‘i yoki belgilangan
xususiyatidan kelib chiqib boshqa mahsulotni bergan, qarz oluvchi
esa shartnomada ko‘rsatilgan muddat tugagach  shartnomada
belgilangan miqdordagi pul mablag‘i yoki olingan mahsulotga
o‘xshash boshqa mahsulotni  shu miqdorda to‘lagan.
1
 Izoh: sestertsiy — o‘sha davrdagi Rim pul birligi.


146
Qarz shartnomasining xarakterli jihatlari quyidagilardan iborat
bo‘lgan:
birinchidan, qarz — real shartnoma bo‘lib, tomonlarning
o‘zaro kelishuvidan so‘ng mahsulot ayirboshlanayotgan paytdan
boshlab huquqiy kuchga ega bo‘lgan;
ikkinchidan, miqdor, vazn va o‘lchov jihatdan bir xil  xusu-
siyatga ega mahsulotlar qarzga berilgan;
uchinchidan, qarz beruvchi mahsulotni qarz oluvchining
shaxsiy ixtiyoriga, keyinchalik undan erkin foydalanishi uchun
bergan;
to‘rtinchidan, shartnoma muddati tugagach, qarz oluvchi shu
miqdordagi bir xil xususiyatga ega  mahsulotni qaytarishi zarur bo‘lgan.
Olingan qarzni qaytarish muddati shartnomada (shartnomadagi
muddat aniq sana bilan ko‘rsatilgan yoki qarz beruvchining talabiga
ko‘ra) belgi-langan. Qarzga olingan mablag‘ uchun foiz
belgilanmagan. Biroq, amalda foizlar belgilangan alohida  verbal
yoki stiðulyatsion shartnomalar tuzilgan. Belgilangan foizlar
miqdori turlicha bo‘lgan. Foizning eng ko‘p miqdori sinfiy davrda
bir oyda bir foizni, Yustinian davrida esa bir yilda olti foizni tashkil
etgan. Foiz ustiga foiz qo‘shish taqiqlangan. Mazkur shartnoma
bo‘yicha mahsulot oldi-sotdisi o‘tkazilgach, mahsulotning holatiga
javobgarlik qarz oluvchining zimmasiga yuklangan. Odatda, qarz
oluvchi qarzni undirayotganida tilxat yozib kreditorga bergan, ba’zan
qarzga olingan mahsulotini qaytarguniga qadar bergan. Ko‘pincha
bu shunga olib kelganki, qarz beruvchi  shartnomada belgilangan
mahsulotni bermagan, biroq uning o‘rniga mahsulot yoki pul
to‘lashni qarz oluvchidan talab qilgan. Shu kabi dalillar ommaviy
tus olganda, bunday mas’uliyatsiz kreditorga qarshi  qarzdor
pretordan yordam olish huquqini qo‘lga kiritdi. Bunda jabrdiyda
qarzdor birinchi bo‘lib  mas’uliyatsiz kreditorga qarshi da’vo
qo‘zg‘atish huquqiga ega bo‘ldi. Agar kreditor pul berdim deb
aslida esa bermagan pulini qarzdordan da’vo qilsa, javobgarga  inkor
etish (exeptio doli) huquqi berilgan, bu esa o‘ta og‘ir mas’u-
liyatsizlikda ayblash deb sanalgan.
Ssuda shartnomasiga muvofiq bir tomon (ssuda beruvchi) ning
ikkinchi tomon (ssuda oluvchi)ga belgilangan ashyodan  yakka


147
tartibda vaqtincha beg‘araz foydalanish majburiyatini beradi,
ashyodan foydalanib bo‘lgach ikkinchi tomon ham xuddi o‘sha
ashyodan foydalanishi mumkin.
Ssuda shartnomasi xuddi qarz shartnomasi kabi real  shartno-
madir. Bu shartnomaning majburiyatlari ashyoni ssuda oluvchiga
berilgandan so‘ng amalga oshirilgan. Agar qarz shartnomasida
o‘zining ma’lum xususiyatga ega ashyolar bilan oldi-berdi qilingan
bo‘lsa, ssuda shartnomasida yakka tartibdagi ashyolar bilan oldi-
berdi qilingan. Bu ashyolarni  ssuda oluvchi ssuda beruvchiga albatta
qaytarishi zarur edi. Agar qarz shartnomasida ashyo xususiy mulk
sifatida berilgan bo‘lsa, ssuda shartnomasida esa predmet beg‘araz
foydalanish uchun vaqtincha berilgan  shartnomada belgilangan
muddat tugagach, ssuda oluvchi ashyoni bus-butun holda
qaytarishga majbur bo‘lgan. Agar qarz shartnomasida bir tomon-
ning majburiyatga egaligi ko‘rsatilgan bo‘lsa (qarz beruvchining
hech qanday majburiyati bo‘lmay, faqat talab qilish huquqiga ega
bo‘lgan) ssuda shartnomasida esa  bir tomonlama emas, balki unda
ssuda beruvchi zimmasidagi u yoki bu majburiyat ko‘rsatilgan. Bu
esa, o‘z navbatida, ssuda oluvchining olgan ashyosi orqasidan
ziyon ko‘rishga (masalan, ssuda beruvchi podani zaharlayotgan
kasal chorvani yoki davolashga muhtoj bo‘lgan kasalmand qulni
bergan hollarda uning ahvolini yaxshilash uchun katta sarf-xarajat
qilishi) olib keladi. Biroq, agar ssuda shartnomasida qing‘irliklar
mavjud bo‘lsa-yu undan ssuda beruvchi bexabar bo‘lsa, bunday
holatda u hech qanday javobgarlikka tortilmaydi. Nihoyat, agar
qarz shartnomasida olingan ashyoning tasodifan halokatga yuz
tutishida aybdorlikni qarz oluvchining zimmasiga yuklagan bo‘lsa,
ssuda shartnomasida esa aybdorlikni ssuda beruvchi zimmasiga
yuklagan. Ayni paytda ssuda shartnomasiga ko‘ra ssuda oluvchining
zimmasiga  ashyoni ehtiyot qilib saqlashning qat’iy majburiyati
yuklangan. Ashyoga ssuda oluvchi  tomonidan hatto arzimas darajada
shikast yetkazilgan holda ham u yetkazilgan zarar uchun tovon
to‘lashga majbur bo‘lgan. Qonun foydalanuvchining ashyodan
shikast yetkazmay, ehtiyotkorlik bilan, foydalanishini talab qilgan.
Ssuda beruvchi yetkazilgan ziyon uchun ssuda oluvchiga
nisbatan da’vo qo‘zg‘atish huquqiga ega bo‘lgan. Ssuda beruvchining


148
da’vosi  action commodati directa, ya’ni ssudadan to‘g‘ridan-
to‘g‘ri, asosiy da’vo deb atalgan, ssuda oluvchining da’vosi esa —

Download 1,33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   136




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish