Ichki ishlar organlari to‘G‘risida


-modda. Ichki ishlar organi xodimining qasamyodi



Download 304,76 Kb.
Pdf ko'rish
bet22/32
Sana25.03.2022
Hajmi304,76 Kb.
#508795
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   32
Bog'liq
O‘RQ-407-сон 16.09.2016. Ichki ishlar organlari to‘g‘risida

27-modda. Ichki ishlar organi xodimining qasamyodi
Ichki ishlar organlaridagi xizmatga birinchi marta qabul qilingan fuqarolar quyidagi
mazmunda qasamyod qabul qiladi:
“Men, (familiyasi, ismi, otasining ismi), ichki ishlar organlaridagi xizmatga kirar ekanman,
fuqarolarning konstitutsiyaviy huquqlarini himoya qilish, mamlakat tinchligi, osoyishtaligi va
xavfsizligini mustahkamlash borasidagi burchimni va zimmamga yuklatilgan majburiyatlarni
vijdonan, sidqidildan bajarishga va’da beraman.
Vatanimga va O‘zbekiston xalqiga sodiq bo‘lishga qasamyod qilaman”.
28-modda. Ichki ishlar organlarining xodimlari
Ichki ishlar organlarida xizmat qilayotgan, maxsus unvon berilgan O‘zbekiston Respublikasi
fuqarosi ichki ishlar organining xodimidir.
Ichki ishlar organlarida xizmatni o‘tash tartibi hamda formali kiyim-bosh namunalari
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan belgilanadi.
Ichki ishlar organi xodimiga O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan
tasdiqlanadigan, belgilangan namunadagi xizmat guvohnomasi va jeton beriladi.
Ichki ishlar organi xodimi egallagan lavozimi, turgan joyi va vaqtidan qat’i nazar, O‘zbekiston
Respublikasining butun hududida boshlig‘ining (komandirining) buyrug‘iga binoan istalgan vaqtda
xizmat majburiyatlarini bajarishga kirishishi hamda quyidagi choralarni ko‘rishi shart:
jinoyatlar, boshqa huquqbuzarliklar sodir etilgan joyda yoki hodisalar joyida jabrlangan
fuqarolarga, shuningdek nochor ahvolda qolgan fuqarolarga birinchi tibbiy yordam yoki boshqa xil
yordam ko‘rsatilishini tashkil etish;


odamlarni qutqarish, huquqbuzarliklarning oldini olish va ularga chek qo‘yish, ularni sodir
etgan shaxslarni ushlash, hodisa joyini qo‘riqlash hamda unga fuqarolar o‘zlarining shaxsiy
xavfsizligiga yoki jamoat xavfsizligiga tahdid soluvchi voqealar to‘g‘risidagi xabarlar bilan murojaat
qilgan yoxud bevosita o‘zi shunday voqealarga duch kelgan taqdirda eng yaqindagi ichki ishlar
organlari bo‘linmasiga xabar berish.
Ichki ishlar organi xodimining xizmat majburiyatlarini bajarishi deganda quyidagilar
tushuniladi:
lavozim majburiyatlarini bajarish va jangovar harakatlarda ishtirok etish;
xizmatni (jangovar xizmatni) o‘tash;
xizmat safarida yoki davolanishda bo‘lish;
kun tartibida belgilangan xizmat vaqti davomida yoki xizmat zarurati tufayli ichki ishlar
organlari (harbiy qism) hududida bo‘lish;
xizmat, davolanish joyiga borish yoki ulardan qaytish;
yig‘inlarda (harbiy yig‘inlarda) ishtirok etish;
asirlikda bo‘lish (o‘z ixtiyori bilan asirga tushish hollari bundan mustasno), garovga olingan
yoki ushlab qurolsizlantirilgan holatda bo‘lish;
bedarak ketish — xodim qonunda belgilangan tartibda bedarak yo‘qolgan deb topilguniga
yoki vafot etgan deb e’lon qilinguniga qadar;
shaxsning hayoti, sog‘lig‘i, sha’ni va qadr-qimmatini himoya qilishga doir harakatlar;
qonuniylikni va huquq-tartibotni ta’minlashda boshqa shaxslarga yoki huquqni muhofaza
qiluvchi organlarga yordam ko‘rsatish;
sud tomonidan xodimning shaxs, jamiyat va davlat manfaatlarini ko‘zlab sodir etilgan deb
topilgan boshqa harakatlari.

Download 304,76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   32




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish