O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING QONUNI
ICHKI ISHLAR ORGANLARI TO‘G‘RISIDA
Qonunchilik palatasi tomonidan 2016-yil 12-
avgustda qabul qilingan
Senat tomonidan 2016-yil 24-avgustda
ma’qullangan
1-bob. Umumiy qoidalar
1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi
Ushbu Qonunning maqsadi O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar organlarining (bundan
buyon matnda ichki ishlar organlari deb yuritiladi) faoliyatini tartibga solishdan iborat.
2-modda. Ichki ishlar organlarining asosiy vazifalari
Ichki ishlar organlarining asosiy vazifalari
fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy
manfaatlarini, jismoniy va yuridik shaxslarning mulkini, konstitutsiyaviy tuzumni himoya qilishdan,
qonun ustuvorligini, shaxs, jamiyat va davlatning xavfsizligini ta’minlashdan,
shuningdek
huquqbuzarliklarning oldini olish va profilaktikasidan iborat.
Oldingi
tahrirga qarang.
3-modda. Ichki ishlar organlari to‘g‘risidagi qonunchilik
Ichki ishlar organlari to‘g‘risidagi qonunchilik ushbu Qonun va boshqa qonunchilik
hujjatlaridan iboratdir.
(3-modda O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli
Qonuni
tahririda —
Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
4-modda. Ichki ishlar organlari faoliyatining asosiy yo‘nalishlari
Ichki ishlar organlari faoliyatni o‘z vakolatlari doirasida quyidagi asosiy yo‘nalishlar bo‘yicha
amalga oshiradi:
fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish;
jamoat tartibini saqlash va jamoat xavfsizligini ta’minlash;
Oldingi
tahrirga qarang.
tergovga qadar tekshiruvni, tezkor-qidiruv
faoliyatini amalga oshirish, jinoyat ishlari bo‘yicha
surishtiruv hamda dastlabki tergovni o‘tkazish;
(4-moddaning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 23-maydagi O‘RQ-542-sonli
Qonuni
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 24.05.2019-y., 03/19/542/3177-son)
jinoyatchilik va terrorizmga qarshi kurashish, shu jumladan terrorchilik harakatlariga chek
qo‘yishda hamda garovga olinganlarni ozod qilishda ishtirok etish yo‘li bilan kurashish, shuningdek
odam savdosiga qarshi kurashish;
huquqbuzarliklar profilaktikasi, ularning sabablarini va sodir
etilishiga imkon berayotgan
shart-sharoitlarni aniqlash hamda bartaraf etish, huquqbuzarliklarni sodir etishga moyil shaxslarni
aniqlash;
Oldingi
tahrirga qarang.
ehtiyot choralarini, jinoiy jazoni va jinoiy-huquqiy ta’sir ko‘rsatishning boshqa choralarini ijro
etish, shuningdek shaxslarni qidirish bo‘yicha ishlarni tashkil etish;
(4-moddaning yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 23-maydagi O‘RQ-542-sonli
Qonuni
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 24.05.2019-y., 03/19/542/3177-son)
ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi
ishlarni yuritish, ma’muriy jazolarni qo‘llash
to‘g‘risidagi qarorlarni ijro etish;
yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash;
pasport tizimi talablarining bajarilishini ta’minlash, O‘zbekiston Respublikasidan chiqish va
unga kirish uchun zarur bo‘lgan hujjatlarni, doimiy va vaqtincha yashash
uchun ruxsatnomalarni
berishga hamda rasmiylashtirishga doir ishlarni, pasport tizimiga va O‘zbekiston Respublikasi
hududida bo‘lish qoidalariga rioya etilishi ustidan nazorat qilishni amalga oshirish;
Oldingi
tahrirga qarang.
sanoat
uchun
mo‘ljallangan
portlovchi
materiallarning,
shuningdek
pirotexnika
buyumlarining,
giyohvandlik vositalarining, psixotrop moddalarning va ular prekursorlarining
muomalada bo‘lishi sohasida nazorat qilish;
(4-modda birinchi qismining o‘n birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 29-
oktabrdagi O‘RQ-575-sonli
Qonuni
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.10.2019-y.,
03/19/575/3972-son)
Oldingi
tahrirga qarang.
(4-moddaning o‘n ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 24-dekabrdagi O‘RQ-597-
sonli
Qonuniga
asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 25.12.2019-y.,
03/19/597/4193-son — 2020-yil 26-martdan kuchga kiradi)
ekspert-kriminalistika faoliyatini amalga oshirish;
davlat obyektlarini, o‘ta muhim, toifalangan obyektlarni va boshqa obyektlarni,
jismoniy va
yuridik shaxslarning mol-mulkini qo‘riqlash;
litsenziyalash va ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlarni berish, shuningdek litsenziya va
ruxsat etishga oid talablarga hamda shartlarga rioya etilishini nazorat qilish;
harbiy-safarbarlik ishlarini va fuqaro muhofazasi tadbirlarini amalga oshirish;
qonun ijodkorligi faoliyatida hamda jamiyatda huquqiy
ong va huquqiy madaniyatni
yuksaltirishga doir ishlarda ishtirok etish.