Ichki ishlar organlari to‘G‘risida


-modda. Tashkilotlar va fuqarolarning transport vositalaridan foydalanish



Download 304,76 Kb.
Pdf ko'rish
bet18/32
Sana25.03.2022
Hajmi304,76 Kb.
#508795
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   32
Bog'liq
O‘RQ-407-сон 16.09.2016. Ichki ishlar organlari to‘g‘risida

20-modda. Tashkilotlar va fuqarolarning transport vositalaridan foydalanish
Ichki ishlar organlari tashkilotlarning yoki fuqarolarning transport vositalaridan tabiiy ofat yuz
bergan joyga borish, shoshilinch tibbiy yordamga muhtoj fuqarolarni tibbiy muassasalarga olib
borish, jinoyat sodir etgan shaxslarni ta’qib qilish va ichki ishlar organlariga olib kelish, hodisa joyiga
yoki ichki ishlar organlarining shaxsiy tarkibini jangovar trevoga bo‘yicha to‘plash joyiga borish
uchun majburiy tartibda foydalanishi mumkin va bunda transport vositasidan foydalanilganligi
faktini tasdiqlovchi hamda undan foydalangan ichki ishlar organi xodimini identifikatsiyalovchi
hujjat beriladi, chet davlatlarning diplomatik, konsullik vakolatxonalariga va boshqa
vakolatxonalariga, xalqaro tashkilotlarga tegishli bo‘lgan transport vositalari hamda maxsus
mo‘ljallangan transport vositalari bundan mustasno.
Oldingi
 tahrirga qarang.
Tashkilotlar va fuqarolarning transport vositalaridan majburiy tarzda foydalanganlik natijasida
xarajatlar qilingan yoki zarar yetkazilgan taqdirda, shuningdek transport vositasining egasiga
mulkiy zarar yetkazilgan taqdirda ushbu xarajatlarning yoki zararlarning o‘rnini ichki ishlar organlari
tomonidan qoplash qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.


(20-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
5-bob. Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan jismoniy kuch ishlatish, maxsus vositalarni va
o‘qotar qurolni qo‘llash
21-modda. Jismoniy kuch ishlatish, maxsus vositalarni va o‘qotar qurolni qo‘llash shartlari
Ichki ishlar organi xodimi o‘ziga biriktirilgan o‘qotar qurol va maxsus vositalarni xizmat
majburiyatlarini bajarish chog‘ida olib yurish, saqlash, jismoniy kuch ishlatish, maxsus vositalarni va
o‘qotar qurolni qo‘llash huquqiga faqat qonunda nazarda tutilgan hollarda va tartibda ega bo‘ladi.
Ichki ishlar organi xodimi maxsus tayyorgarlikdan, shuningdek jismoniy kuch ishlatilishi,
maxsus vositalar va o‘qotar qurol qo‘llanilishi bilan bog‘liq sharoitlardagi harakatlarga kasbiy
yaroqliligini tekshirish uchun davriy tekshiruvdan o‘tishi shart. Maxsus tayyorgarlikdan o‘tgan
xodimga tegishli sertifikat beriladi.
Jismoniy kuch ishlatilishi, maxsus vositalar va o‘qotar qurol qo‘llanilishi bilan bog‘liq
sharoitlardagi harakatlarga kasbiy yaroqliligini aniqlash bo‘yicha tekshiruvdan o‘ta olmagan ichki
ishlar organi xodimi egallab turgan lavozimga muvofiqligini aniqlash uchun attestatsiyadan o‘tadi.
Jismoniy kuch ishlatilishi, maxsus vositalar va o‘qotar qurol qo‘llanilishidan avval ularni qo‘llash
niyati to‘g‘risida aniq ifodalangan ogohlantirish bo‘lishi kerak, bundan ushbu ogohlantirishning
imkoni bo‘lmagan yoxud ularning qo‘llanilishini kechiktirish fuqarolarning va ichki ishlar organi
xodimining hayoti va sog‘lig‘iga bevosita xavf tug‘diradigan hamda boshqa og‘ir oqibatlarga olib
kelishi mumkin bo‘lgan hollar mustasno.
Jismoniy kuch ishlatilishi, maxsus vositalar yoki o‘qotar qurol qo‘llanilishi yuzaga kelgan
vaziyatga, shaxslar xatti-harakatlarining xususiyatiga va xavflilik darajasiga muvofiq bo‘lishi kerak.
Bunda ichki ishlar organi xodimi har qanday zararning imkon qadar kam bo‘lishiga intilishi shart.
Ichki ishlar organi xodimi, agar yuzaga kelgan vaziyatda maxsus vositalarni yoki o‘qotar
qurolni qo‘llash uchun mazkur moddada hamda ushbu Qonunning 
23
va 
24-moddalarida 
nazarda
tutilgan asoslar vujudga kelishi mumkin deb hisoblasa, maxsus vositalarni yoki o‘qotar qurolni
qo‘llash uchun tayyorlash hamda ularni jangovar holatga keltirish huquqiga ega.
Jismoniy kuch ishlatilganligi, maxsus vositalar yoki o‘qotar qurol qo‘llanilganligi natijasida tan
jarohati olgan fuqarolarga birinchi yordam ko‘rsatilishi, shuningdek imkon qadar qisqa vaqt ichida
tibbiy yordam ko‘rsatish choralari ko‘rilishi, ularning qarindoshlari esa yigirma to‘rt soat ichida bu
haqda xabardor qilinishi kerak.
Jismoniy kuch ishlatilgan, maxsus vositalar va o‘qotar qurol qo‘llanilgan har bir holat to‘g‘risida
ichki ishlar organining xodimi bevosita boshlig‘iga darhol axborot berishi shart.
Jismoniy kuch ishlatilganligi va maxsus vositalar qo‘llanilganligi natijasida jismoniy yoxud
yuridik shaxslarning hayotiga, sog‘lig‘iga yoki mol-mulkiga zarar yetkazilgan har bir holat haqida,
shuningdek o‘qotar qurol qo‘llanilgan barcha hollar to‘g‘risida ichki ishlar organlari prokurorga
darhol xabar beradi.
Ichki ishlar organi xodimining jismoniy kuch ishlatish, maxsus vositalarni yoki o‘qotar qurolni
qo‘llash chog‘ida o‘z vakolatlari doirasidan chiqqanligi qonunda belgilangan javobgarlikka sabab
bo‘ladi.
Agar jismoniy kuch ishlatish, maxsus vositalarni yoki o‘qotar qurolni qo‘llash qonunda
belgilangan asoslar bo‘yicha va tartibda amalga oshirilgan bo‘lsa, ichki ishlar organi xodimi jismoniy
kuch ishlatish, maxsus vositalarni yoki o‘qotar qurolni qo‘llash chog‘ida jismoniy va yuridik
shaxslarga yetkazilgan zarar uchun javobgar bo‘lmaydi.
Agar ichki ishlar organi xodimi tomonidan jismoniy kuch ishlatilganligi, maxsus vositalar yoki
o‘qotar qurol qo‘llanilganligi natijasida fuqaroga tan jarohati yetkazilsa yoxud u halok bo‘lsa, ichki
ishlar organi xodimi hodisa joyini o‘zgarishsiz saqlashga qaratilgan choralarni ko‘rishi shart.

Download 304,76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   32




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish