Ichki ishlar idoralari xodimlarining


Takrorlash uchun savol va topshiriqlar



Download 0,5 Mb.
bet77/161
Sana06.02.2023
Hajmi0,5 Mb.
#908221
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   161
Bog'liq
Respublikasi

Takrorlash uchun savol va topshiriqlar





  1. San’atning vujudga kelishi haqidagi qanday nazariyalarni bilasiz?

  2. San’atning kelib chiqishini tushuntirib bering.

  3. San’at deb nimaga aytiladi?

  4. Badiiy qiyofa nima va uning qanday shakllarini bilasiz? 5.Badiiy qiyofaning o‘ziga xos belgilarini ko‘rsatib bering. 6.San’at qanday vazifalarni bajaradi?

  1. San’at turlarini aytib bering va ular haqidagi fikrlaringizni bayon eting.

  2. San’atdagi badiiy usul va uslub deganda nimani tushunasiz?

  3. Hozirgi zamon san’atining asosiy yo‘nalishlarini sanab bering.

  4. «Badiiy adabiyot so‘z san’atidir» degan fikrga qanday qaraysiz?

  5. Teatr va kino san’atlarining ichki ishlar xodimlari kasb madaniyatini shakllantirishdagi ahamiyati nimalardan iborat?

  6. V. G. Belinskiyning: «Fan mantiqiy tushunchalar orqali fikr yuritish bo‘lsa, badiiy adabiyot obrazlar orqali fikr yuritishdir», – degan so‘zlariga munosabat bildiring va bu haqda suhbatlashing.

VIII bob


ICHKI ISHLAR IDORALARI XODIMLARINING AHOLI BILAN MUOMALA QILISH MADANIYATI

  1. §. MUOMALA MADANIYATI, UNING ASOSIY SHAKL VA QOIDALARI

Aholi deb ma’lum bir hududda – shahar, viloyat, tuman va mamlakatda – istiqomat qilayotgan odamlar majmuiga aytiladi.
Aholi o‘zining tarkibiy tuzilishi bo‘yicha nihoyatda xilma-xil kishilardan tashkil topgan bo‘lib, ular yoshi bo‘yicha – katta va kichik; kasb-kori bo‘yicha – dehqon, ishchi, ziyoli, tadbirkor, biznesmen, harbiy; jinsi bo‘yicha – erkak va ayol; axloqiy xislatlari bo‘yicha – yaxshi va yomon; estetik jihati bo‘yicha – go‘zal va xunuk kabi turlarga bo‘linadi. Ichki ishlar idoralarining xodimlari ham ana shu aholi tarkibiga kiradi hamda davlatning jamiyat tinchligi va xavfsizligini ta’minlovchi ma’muriy-ijroiya hokimiyat organi hisoblanadi.
Ichki ishlar idoralarining xodimlari xizmat vazifalarini bajarish chog‘ida aholining turli qatlamlari bilan muomalada bo‘ladilar. Ma’lumki, muomala har qanday odam, jamiyat faoliyatining zaruriy va umumiy sharti, har tomonlama rivojlanishining muhim omili, ongli odamni tabiatdan ajratib turuvchi mezonlardan biridir. Shunday ekan, ichki ishlar idoralari xodimlarining aholi bilan bo‘ladigan muomalasi ham o‘z obyekti va predmetiga ega.
Ichki ishlar idoralari xodimlari faoliyatidagi aholi bilan bo‘ladigan muomala obyektlarini quyidagilar tashkil qiladi:

  • fuqarolarning erkinligi, qadr-qimmati, hayoti va mulkiga, shuningdek, davlat va jamoat mulklariga tajovuz qilgan huquqbuzarlar;

  • tashkilot, korxona, muassasalarning mehnat va moliya intizomini buzgan boshliqlari va mansabdor shaxslari;

  • qonun va huquq-tartibotni buzishga moyil bo‘lgan va qarovsiz qolgan oilalar;

  • jabrlanuvchilar, guvohlar, xolislar;

  • tartib-intizom o‘rnatish, jinoyatchilikning oldini olish va ochishda sidqidildan yordam beruvchilar;

  • qonunbuzarlik bilan aloqasi bo‘lmagan, ammo o‘zlarining shaxsiy yumushlari bilan, ya’ni pasport, haydovchilik guvohnomasi yoki chet elga chiqish uchun ruxsatnoma olish yuzasidan murojaat qilganlar;

  • har xil masalalar bo‘yicha murojaat qilgan chet el fuqarolari.

Ichki ishlar idoralari xodimlarining aholi bilan bo‘ladigan muomala madaniyati deb ularning shaxslar, oilalar, mehnat jamoalari, ijtimoiy guruhlar, har xil jamoat va davlat tashkilotlari, muassasalari, xorijiy davlat fuqarolari bilan bo‘ladigan hamda qonun, farmon, nizom va buyruqlardagi axloqiy va huquqiy normalar, prinsiplar bilan tartibga solingan axloqiy- estetik, huquqiy munosabatlar tizimiga aytiladi.
Muomala juda murakkab jarayon bo‘lib, odamlarning iqtisodiy, siyosiy, huquqiy, ijtimoiy-ma’naviy munosabatlari, aloqalari yig‘indisidan tashkil topadi. Muomalada barcha madaniyat turlarining botiniy va zohiriy xususiyatlari mujassamlashadi. Shu sababli uni tarixiy vorisiylik talablari darajasida shakllantirish ichki ishlar idoralari xodimlarining ichki va tashqi madaniyat uyg‘unligini, mushtarakligini ta’minlaydi.
Ichki ishlar idoralari xodimlarining aholi bilan bo‘ladigan muomala madaniyatining shakllari juda ko‘p bo‘lib, ular ichida uchtasi alohida ko‘zga tashlanib turadi:

  1. xulq-atvor madaniyati;

  2. tashqi ko‘rinish madaniyati;

  3. nutq madaniyati.

Muomala madaniyati shakllarining barchasi bir vaqtning o‘zida har bir odamda ichki mazmun va mohiyat, tashqi ifoda hamda ularning mushtarakligi yoki mushtarak emasligi tarzida sezilib turadi. Binobarin, muomala madaniyati uch tarkibiy qismdan iboratdir:

  1. fe’l-atvorning ichki mazmuni va mohiyati;

  2. yurish-turishning tashqi ifodasi;

  3. ular o‘rtasidagi uyg‘unlik va mutanosiblik darajalari.

Xulq-atvorning ichki mazmuni va mohiyatini shaxs axloqiy-huquqiy va estetik ongining rivojlanish darajasi tashkil etsa, tashqi ko‘rinishini ularning sintezi bo‘lgan estetik did, fahm-farosat belgilaydi. Har ikkisining uyg‘unligi va mushtarakligi esa ichki ishlar idoralari xodimlarining yuksak madaniyat sohibi ekanligidan darak beradi. Shuning uchun ham O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar idoralari xodimlarining kasb madaniyatida: «Ichki ishlar idoralari xodimlari yurtimizda tinchlik va barqarorlikni ta’minlash, fuqarolarning konstitutsiyaviy huquqlari va manfaatlarini himoya qilish hamda qonun ustuvorligini ta’minlashni oliy maqsad deb hisoblaydi. O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga qatyiy rioya qiladi va ularning hayotga tatbiq etilishini ta’minlaydi.
Ichki ishlar idoralari xodimi o‘z xalqiga sadoqati, kasbiga fidoyiligi, mustaqil fikrlashi, izlanuvchanligi va intiluvchanligi bilan haqli ravishda faxrlanadi.
Ichki ishlar idoralari xodimlari o‘zining ma’naviy va ma’rifiy yetukligi, yuksak siyosiy ongi, madaniyati, yurish-turishi, kiyinishi, muomalasi, axloq-odobi bilan yosh avlod qalbida o‘zlariga nisbatan havas uyg‘otishga intiladi»1, – deyilgan. Shuni unutmaslik kerakki, ichki ishlar idoralari xodimi yuksak madaniyat sohibidir. Uning yuqori darajada tarbiyalanganligi – aytgan so‘zining ustidan chiqishi, fidoyiligi, qo‘l urgan ishini o‘z vaqtida, puxta va tezkorlik bilan bajarish qobiliyatlariga, sodir etilgan voqeani aniq tahlil etish va to‘g‘ri qaror qabul qilish, vazminlik, mardonavorlik, turli xavf-xatarlar, haqoratlardan esankirab qolmaslik sifatlariga, shaxsiy xulq-odobi bilan obro‘-e’tibor qozonib, qarindosh- urug‘lari, farzandlari hamda mahalladoshlariga o‘rnak bo‘lishi kabi fazilatlarida ko‘rinadi.
Yuqorida qayd etib o‘tilgan talablarga rioya qilish har qanday murakkab masalaning yechimini osonlashtiradi va atrofdagilarga ijobiy ta’sir etadi.
Ulug‘ ajdodlarimiz o‘zlarining hayotiy tajribalaridan kelib chiqqan holda muomala odobi-madaniyatining umumiy qoidalarini ishlab chiqqanlar. Bu qoidalar ichki ishlar idoralari har bir xodimining aholi bilan qiladigan muomalasining ajralmas qismi bo‘lishi tabiiydir.

Download 0,5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   161




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish