Ichki ishlar idoralari xodimlarining


San’atning zavq berish va evristik vazifalari



Download 0,5 Mb.
bet76/161
Sana06.02.2023
Hajmi0,5 Mb.
#908221
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   161
Bog'liq
Respublikasi

San’atning zavq berish va evristik vazifalari. San’atning eng muhim vazifalaridan biri voqelikni go‘zallik qonunlari orqali o‘zgartirishdir. Bu, avvalo, har qanday san’at asarining odamlarga zavq-shavq berishi, ularning his-tuyg‘ularini junbushga keltirib, mehnat qilish qobiliyatini ishga solishi, yangi ijodiy ishga rag‘batlantirishi, yaratuvchanlik qobiliyatini shakllantirishida ko‘rinadi.
San’atning zavq berish vazifasi deganda, odamlarning san’at asarlarini o‘qish, ko‘rish, eshitish orqali estetik zavq olishi, rohatlanishi tushuniladi. Masalan, tinmay mehnat qilib turgan dehqon mumtoz asarlar hisoblanmish
«Munojot» yoki «Tanovar»ni tinglab, rohatlanadi yoki uning kuyiga raqs tushgan raqqosalarning o‘yinini ko‘rib zavqlanadi.
San’atning evristik vazifasi deb odamlarning san’at asarlarini o‘qish, ko‘rish, eshitish, ma’nosini chaqish asosida o‘zlarining ijodiy mehnat faoliyatlarida yangi-yangi narsalarni topishlariga, ixtiro qilishlariga aytiladi. San’at asari olim uchun biron-bir narsani kashf qilishda, biron-bir yangilikni ixtiro qilishda, topishda bevosita ta’sir ko‘rsatmasa-da, unga kuch, zavq-shavq bag‘ishlab, uning g‘ayratiga-g‘ayrat qo‘shgan holda bilvosita ta’sir qiladi. Xuddi shu ma’noda har qanday san’at asari evristik vazifani bajaradi.
San’atning barcha vazifalari o‘zaro ajralmas bo‘lib, bir-birini to‘ldirib turadi.
3-§. BADIIY IJOD TURLARI VA ULARNING ICHKI ISHLAR IDORALARI XODIMLARINING AXLOQIY-ESTETIK MADANIYATINI SHAKLLANTIRISHDAGI AHAMIYATI
Badiiy adabiyot badiiy ijod turlari ichida muhim o‘rin tutadi. Badiiy adabiyot, boshqa san’at turlaridan farqli o‘laroq, voqelikni so‘zlar orqali aks ettiradi. Shuning uchun adabiyotni so‘z san’ati deb ham ataydilar. Badiiy adabiyotning xususiyatlari quyidagilardan iborat:

  1. Adabiyotning quroli so‘z bo‘lib, u voqelikni so‘zlarda aks ettirishi bilan boshqa san’at turlaridan ajralib turadi. U boshqa ko‘pgina san’at turlarining asosini ham tashkil qiladi. Masalan, teatrda qo‘yiladigan spektakllar, kino voqealarining asosida u yoki bu badiiy asar yotadi.

  2. Badiiy adabiyot obyektiv olamdagi narsa va hodisalarni, kishilarning hayotini har tomonlama, o‘zining rivojlanish yo‘llariga mos ravishda aks ettiradi. Boshqa san’at turlarida bunday xususiyatlar yo‘q: ular mavjud voqelikning faqat bir tomonini aks ettiradi.

  3. Badiiy adabiyot o‘zining hayotda tutgan o‘rni bilan ham san’atning boshqa turlaridan ajralib turadi. U mavjud turmush haqida ma’lumot beribgina qolmay, kelgusida qanday yashash kerakligini ham ko‘rsatib beradi. Shuning uchun ham badiiy adabiyotni xalqimiz «hayot darsligi» deb ataydi, yaxshi roman, qissa, hikoya, dostonlarni hamma vaqt qo‘ldan qo‘ymay, sevib mutolaa qiladi. Badiiy adabiyot ichki ishlar idoralari xodimlarining axloqiy-estetik madaniyatini shakllantirishda muhim o‘rin tutadi: birinchidan, hayotdagi voqealarni so‘zlar orqali ifodalab, uning siyosiy, iqtisodiy, axloqiy, huquqiy tomonlarini ijobiy yoki salbiy obrazlar orqali yoritib beradi; xodimning ongiga, harakatlariga ta’sir ko‘rsatib, uni qahramonlikka undaydi; ikkinchidan, san’at asarlariga baho berishni o‘rgatadi. Masalan, Tohir Malikning «Shaytanat» asarini o‘qigan odam, albatta, hayajonga tushadi, unda aks ettirilgan voqealardan o‘ziga tegishli xulosalar chiqarib oladi.

Shuning uchun ham badiiy adabiyotning mohiyati haqida I.A.Karimov: «Insonni, uning ma’naviy olamini kashf etadigan bir qudratli vosita borki, u ham bo‘lsa, so‘z san’ati, badiiy adabiyotdir»1, – degan edi.
«Teatr» so‘zi grekcha bo‘lib, o‘zbek tilida «Tomosha uchun joy» degan ma’noni anglatadi. Teatrga voqelikning aktyorlar orqali bevosita tomoshabinlar oldida ifodalanishi xosdir. Teatrda sodir bo‘layotgan voqealar tomoshabinlarning tezlikda javob qaytarishlariga qaratilgan. Teatr tomoshalari orqali ichki ishlar idoralari xodimlari o‘zlarining qilayotgan ishlarini, xulq-atvorlarini tahlil qiladilar. Spektakllarni ko‘rib o‘z qilmishlaridan qoniqish hosil qilib quvonishlari yoki o‘z-o‘zlaridan, qilgan ishlaridan uyalishlari mumkin. Bu esa ularning xulq-atvoriga, kasb mahorati oshishiga ta’sir etadi. Masalan, Hamza teatrining «Tiriklayin




1 Каримов И.А. Юксак маънавият – енгилмас куч. – Т.: Маънавият, 2008.–
Б.136.
qo‘lga olinsin» nomli spektakli uyushgan jinoyatchilikning mohiyati, qabih ishlarini ochib tashlashi bilan bir qatorda, ichki ishlar xodimlarining o‘z ishlariga sadoqati, mardligi, jasurligini tarannum etadi, jinoyatchilikni tugatib, odamlarni ezgulikka yetaklashning naqadar zarur ekanligini badiiy obrazlar orqali ifodalab beradi.
Kino san’at turlari ichida muhim o‘rin tutadi. Kino jamoatchilik asosida yaratiladigan badiiy asar bo‘lib, unda san’atning barcha turlari ishtirok etadi.
Kinoda aks ettirilgan voqealar nihoyatda jonli bo‘lib, tomoshabinni o‘z komiga tortib ketadi. Bunda uning his-tuyg‘ulari qo‘zg‘alib, voqelikni teran ilg‘ab oladi. Masalan, «Jasur» filmidagi Jasur obrazi o‘zining haqqoniyligi bilan ichki ishlar idoralarining har bir xodimini doimo to‘lqinlantirib turadi.
Shunday qilib, san’at ichki ishlar idoralari xodimlarining kasb madaniyatini shakllantirishda katta ahamiyatga ega bo‘lib, bu quyidagilarda ko‘rinadi:

  1. U tarbiyalash vazifasini bajaradi, zero ijtimoiy hayotning in’ikosi bo‘lgan san’at asarlari ijobiy va salbiy obrazlar orqali pirovard-natijada kasb madaniyatining shakllanishiga ta’sir ko‘rsatadi.

  2. San’at jinoyatchilikning oldini olishda yordam beradi. San’at asarlarida hayotning qorong‘u tomonlari, illatlari, jinoyatchilar dunyosining kirdikorlari ochib tashlangani bois odamlarda jinoyatchilarga nisbatan nafrat, ichki ishlar idoralari xodimlariga nisbatan ishonch-hurmat hissi uyg‘onadi. Bu esa aholini ichki ishlar idoralari xodimlari bilan yanada yaqinlashtiradi.

  3. San’at ichki ishlar idoralari xodimlarining kasb mahoratini oshirishga xizmat qiladi. Kasb mahoratini oshirish nafaqat malaka oshirish joylarida, balki har xil ommaviy tomoshalarni, madaniy-ma’naviy dam olishlarni to‘g‘ri tashkil qilish jarayonida ham o‘sib boradi. Masalan, yaxshi musiqa yoki qo‘shiq odamning ish qobiliyatini oshiradi, uni ijodiy mehnatga undaydi.




Download 0,5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   161




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish