Ichki ishlar idoralari xodimlarining



Download 0,5 Mb.
bet74/161
Sana06.02.2023
Hajmi0,5 Mb.
#908221
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   161
Bog'liq
Respublikasi

San’atning vazifalari. San’at hamma vaqt insonning ma’naviy ehtiyojlarini qondirishga xizmat qiluvchi, unda «insoniylik»ni shakllantiruvchi, shaxsni ijtimoiylashtiruvchi, uning ijodiy qobiliyatini amalda ko‘rsatuvchi faoliyat sifatida namoyon bo‘ladi. San’at borligi tufayli odamlar tashvishlarini unutadilar. Bularning hammasi san’atning vazifalariga kiradi.
Umuman olganda, san’at ijtimoiy borliqning badiiy in’ikosi bo‘lgan ijtimoiy ong shakli va inson amaliy faoliyatining ijodiy turi sifatida bilish, aloqa, tarbiyalash, ma’rifatparvarlik, zavq berish va evristik (kashf etish, ochish) vazifalarini bajaradi.
San’atning bilish vazifasi. Bilish – voqelikning, uning qonunlarining inson ongida ma’lum maqsadga qaratilgan faol in’ikosi. Demak, voqelikning badiiy in’ikosi bo‘lgan san’at ham shaxs, guruh, sinf, jamoa va jamiyatning ma’naviy dunyosini, rivojlanish qonuniyatlarini bilishning o‘ziga xos usullaridan biridir.
Obyektiv olamdagi narsa va hodisalarni bilishda tabiiy va ijtimoiy fanlar qonunlar, kategoriyalar va mantiqiy xulosalar orqali ish ko‘rsa, san’at esa, ulardan farqli ravishda, badiiy asarlarda aks ettirilgan shaxs qiyofasi orqali ish ko‘radi. Shunga ko‘ra san’atdagi bilish-anglash jarayoni, birinchidan, badiiy asarni o‘qitayotgan o‘quvchi-muxlisga ushbu asarda ifodalanayotgan voqealarda xayolan ishtirok etish imkoniyatini beradi. Asardagi qahramonlarning xatti-harakatlariga qarab, o‘quvchi- muxlis his-hayojonga tushadi, quvonadi, qayg‘uradi, mavjud real voqelikka baho beradi. Voqelikka baho berish esa bilish jarayonining ajralmas qismi hisoblanadi.
Ikkinchidan, tasvirlanayotgan narsalar, voqea-hodisalarning mohiyatini ochib berish orqali, inson hayotining fan kuchi yetmaydigan sirli tomonlarini ochish, ya’ni inson ma’naviy-ruhiy holatlarining tilsimini bilish imkoniyatini beradi.
Masalan, Sharof Boshbekovning «Temir xotin» asarini o‘qir ekansiz yoki shu asar asosida ishlangan filmni tomosha qilar ekansiz, sobiq sovetlar davrida ezilgan, tahqirlangan, paxta deya latofatidan, o‘zligidan ayrilib, vujudi temirga aylangan o‘zbek ayolining achchiq qismati xayolingizga keladi; ko‘nglingizda sobiq sovet totalitar tuzumiga nisbatan nafrat, o‘zbek ayolining qadrini ko‘tarish, izzat-hurmatini joyiga qo‘yish istagi jo‘sh uradi.
Xuddi shuningdek, Tohir Malikning «Shaytanat» nomli asari bilan tanishgan o‘quvchi jaholat dunyosining achchiq qismatidan voqif bo‘ladi,
dilida uyushgan jinoyatchilikka qarshi nafrat ortadi, tezroq adolatning tantana qilishi, dunyoda yovuzlikning yo‘q qilinishi istagi bilan yashaydi.

Download 0,5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   161




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish