Ichki ishlar idoralari xodimlarining



Download 0,5 Mb.
bet82/161
Sana06.02.2023
Hajmi0,5 Mb.
#908221
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   161
Bog'liq
Respublikasi

Ichki ishlar idoralari xodimlarining chet el fuqarolari bilan muomala qilish madaniyati. Ichki ishlar idoralarining xodimlari chet el fuqarolari bilan muomala qilganda quyidagi qoidalarga amal qilishlari zarur:

  1. Har bir xodim xorijiy mamlakatlar fuqarolari bilan faqat o‘ziga berilgan vakolatlar doirasida munosabatga kirishishi va xizmat vazifasini,





1 Ўзбекистон Республикаси ички ишлар идоралари ходимларининг касб маданияти ҳақида қўлланма... – Б.13-14.
burchini bajarishda ona Vatanimizning posboni ekanligini unutmasligi kerak.

  1. Xorijiy mamlakat fuqarolari savol bilan yoki yordam so‘rab murojaat qilganlarida, ularning so‘zlarini diqqat bilan eshitish, ularga o‘z vakolatlari doirasida yordam berish, boshqa hollarda tegishli muassasalarga murojaat qilishni tavsiya etish lozim. Ayniqsa, davlat tilini bilmaydigan xorijiy fuqarolarning so‘zlarini diqqat bilan eshitib, ularni tushunishga harakat qilish va shunga yarasha, ularni qanoatlantiradigan darajada javob qaytarish zarur.

  2. Xorijiy mamlakat fuqarosi arzimagan, kam ahamiyatli tartibbuzarliklar sodir qilgan bo‘lsa, uni bu haqda ogohlantirish va boshqa takrorlamaslikka chaqirish kerak. Bordiyu, u ogohlantirishga qaramasdan tartibbuzarlikni davom ettirsa, jinoyat sari borayotganligi sezilsa, xodimning qonuniy talablariga bo‘ysunmasa, u holda bunday ajnabiy fuqaroni ichki ishlar idoralarining navbatchilik qismiga olib borish va bu haqda bo‘lim boshliqlariga xabar berish zarur.

  3. Har bir xodim shuni unutmasligi kerakki, diplomatik yoki konsullik hujjatlariga ega bo‘lgan xorijiy mamlakat fuqarolarini ushlab turish taqiqlanadi. Mabodo, ular jinoyat yoki xuquqbuzarlik sodir etgan bo‘lsalar, ularning familiyasi, ismi-sharifi, diplomatik yoki konsullik hujjatlarining belgi va raqamlari yozib olinib, bu haqda tezlik bilan yuqori turuvchi ichki ishlar idoralari boshliqlariga yozma ravishda axborot berish kerak.

  4. Xorijiy mamlakat fuqarolari sodir etilgan biron-bir jinoyat haqida xabar bersalar, bu haqda darhol ichki ishlar idoralari boshlig‘iga xabar berish va ularning arizalarini qabul qilib olish uchun ichki ishlar idoralariga shaxsan boshlab borish yoki u yerga borish yo‘lini tushuntirib berish zarur.

  5. Xorijiy mamlakat fuqarolari yashayotgan xonadonlarga o‘zboshimchalik bilan kirishga, ularning pasportlari qayd etilgan yoki etilmaganligini tekshirib ko‘rishga ruxsat etilmaydi. Bu ish juda zarur bo‘lib qolgan vaqtda uy-joy boshqarmasi ma’muriyati, korxona, tashkilot, muassasa va o‘quv yurtlari rahbarlari bilan bamaslahat amalga oshiriladi.

  6. Xorijiy mamlakat fuqarolari ichki ishlar idoralariga murojaat qilganlarida ichki ishlar idorasining boshlig‘i yoki uning o‘rinbosari ularni biron-bir ichki ishlar idoralari xodimi yoki xolis fuqaro ishtirokida qabul qilishi kerak.

  7. Ichki ishlar idoralarining har bir xodimi ajnabiy fuqarolar bilan muloqotda bo‘lganida o‘zining yuksak fazilatlarini namoyon qilishi,

xorijlik fuqarolar uning sulukatiga qarab ona Vatanimiz, O‘zbekiston xalqi to‘g‘risida fikr yuritishini zinhor unutmasligi lozim. Bu haqda «Kasb madaniyati»da: «Ichki ishlar idoralari xodimlari el-yurt osoyishtaligi posboni sifatida chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar bilan muloqotga kirishishda qaddi-qomatini tik tutgan holda, ochiq chehra bilan ularning bergan savollariga aniq va lo‘nda javob berishga intiladi. Ularni qabul qilganda tarjimon taklif etadi»1,– deyilgan. Bu ichki ishlar idoralari xodimi xorijiy davlat fuqarolari bilan muloqotda o‘zini munosib tutishi, vazifasini yuksak mahorat bilan bajarib, respublikamiz sha’ni va mavqeini baland ko‘tarishi, ona Vatani bilan g‘ururlanishi, uning uchun har qanday sinov va xizmatga tayyor ekanligini namoyish etadi.

Download 0,5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   161




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish