Ichki ishlar idoralari xodimlarining


§. ICHKI ISHLAR IDORALARI XODIMLARI FAOLIYATIDA



Download 0,5 Mb.
bet122/161
Sana06.02.2023
Hajmi0,5 Mb.
#908221
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   161
Bog'liq
Respublikasi

§. ICHKI ISHLAR IDORALARI XODIMLARI FAOLIYATIDA AXLOQIY TANLOV VA UNI AMALGA OSHIRISH YO‘LLARI

Axloqiy tanlov hamda uni amalga oshirishning obyektiv va subyektiv omillari. Har bir inson o‘z hayoti davomida axloqiy e’tiqodini, xislatlarini amalda namoyon qilishi zarur bo‘lgan minglab vaziyatlarga duch keladi. Shunda u insoniylik burchi va vijdoni, yaxshilik va yomonlik to‘g‘risidagi tasavvurlari, axloqiy e’tiqodlaridan kelib chiqqan holda qaror qabul qiladi va shu asosda harakat qiladi, vaziyatga aralashadi yoki o‘zini ko‘rmaslikka solib o‘tib ketadi. Insondagi bunday axloqiy tanlov uning butun umri mobaynida davom etadi.
Axloqiy tanlov deb shaxs, guruh, jamoa, sinf, davlat yoki jamiyatning mavjud imkoniyatlardan birini o‘z aqliy salohiyati, didi, axloqiy e’tiqodi,
ko‘zlagan maqsadiga muvofiq ravishda amalga oshirishga qaratilgan faoliyatiga aytiladi.
Axloqiy tanlov inson faoliyatining ajralmas qismlaridan biri hisoblanadi. Chunki insonning faoliyati hamma vaqt mavjud imkoniyatlardan birini tanlash asosida amalga oshadi. Axloqiy tanlovning tuzilishi oddiy xatti-harakatdan «hayotning mazmunigacha» bo‘lgan tomonlarni hamda uning subyekti bo‘lmish shaxs, guruh, jamoa, sinf, davlat yoki jamiyatni va uning obyekti bo‘lgan g‘oya va qadriyatlarni tanlash, ularni amalga oshirishda qo‘llaniladigan vositalar, uslublar va yo‘llargacha bo‘lgan sohalarni qamrab oladi.
Axloqiy tanlovni amalga oshirish ko‘pincha mavjud voqelikka, unda insonning tutgan o‘rniga bog‘liq bo‘ladi. Har bir inson mavjud sharoitga va o‘z imkoniyatlariga qarab axloqiy tanlovni amalga oshiradi. Xuddi shu joyda axloqiy tanlovning obyektiv va subyektiv omillari yaqqol ko‘zga tashlanadi.
Axloqiy tanlovning obyektiv omillari deb uni amalga oshiruvchi subyektga bog‘liq bo‘lmagan holda mavjud bo‘lgan iqtisodiy, ijtimoiy- siyosiy, huquqiy, ma’naviy-ma’rifiy shart-sharoitlarga aytiladi. Masalan, mavjud ijtimoiy-iqtisodiy tuzum, davlat, turli mehnat jamoalari, jinoyatchilar dunyosi va boshqalar shular jumlasiga kiradi.
Axloqiy tanlovning subyektiv omillari deb yakka shaxs, guruh, jamoa yoki jamiyatning axloqiy salohiyati, e’tiqodi, bilimlari, his-tuyg‘ulari, ishonchlari yig‘indisiga aytiladi. Masalan, ichki ishlar idoralari xodimlarining huquq sohasidagi bilimlari, kasbiy burchga sadoqati, axloqiy salohiyati, e’tiqodi, axloqiylik yoki axloqsizlikni his qila olish qobiliyatlari, jinoyatchilarga bo‘lgan nafrat tuyg‘usi va boshqalar shular jumlasiga kiradi.
Har qanday axloqiy tanlov obyektiv shart-sharoitlar, jumladan, insonning turmush tarzi, ijtimoiy munosabatlarda tutgan o‘rni, umuminsoniy madaniyat tizimidan o‘rin olgan axloqiy qadriyatlari bilan chegaralangan bo‘ladi. Axloqiy tanlov asosida erkinlik va zaruriyat yotadi. Ma’lumki, erkinlik anglab olingan zaruriyatdir. Zaruriyat esa narsa, hodisa, jarayonlarning taraqqiyoti bilan belgilanadigan, ichki muhim bog‘lanishlar orqali qonuniy kelib chiqadigan va shuning uchun yuz berishi muqarrar bo‘lgan hodisadir. Shunday ekan, inson zaruratni anglagan va hisobga olgan holda harakat qilsa, o‘zini erkin his qiladi. Bu esa axloqiy tanlovning erkin tarzda amalga oshirilishiga olib keladi.
Erkin axloqiy tanlov deb insonning axloqiy zaruratni anglagan, bilgan holda harakat qilishiga aytiladi. Erkin axloqiy tanlov insonning subyektiv mayllaridan emas, balki jamiyatning manfaatlaridan kelib chiqqan holda amalga oshiriladi. Haqiqiy axloqiy tanlov subyektiv va obyektiv tomonlarni hisobga olgan holda amalga oshirilgan xatti-harakatlardan iborat bo‘ladi.

Download 0,5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   161




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish