Ichki ishlar idoralari xodimlarining



Download 0,5 Mb.
bet123/161
Sana06.02.2023
Hajmi0,5 Mb.
#908221
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   161
Bog'liq
Respublikasi

Axloqiy tanlovni amalga oshirishda maqsad va vosita birligi. Axloqiy tanlovni amalga oshirishda axloqiy maqsad va vositalar o‘rtasida dialektik aloqadorlik mavjud. Maqsad vositani belgilaydi, ammo uni oqlamaydi. Ya’ni muayyan maqsadga erishish uchun zarur vositalar ana shu maqsaddan kelib chiqib tanlanadi. Ammo ularning qaysi birini tanlash subyektga bog‘liq. Shuning uchun har bir subyekt o‘z tanlovi uchun mas’uliyat his qilishi kerak. Yaxshi maqsadga yomon usullar bilan borish hech qachon oqlanmaydi.
Axloqiy tanlovdagi maqsad va vosita aloqadorligi quyidagilarda ko‘rinadi:

  • aniq maqsadlarning mavjud real vositalar bilan cheklanganligi;

  • axloqiy baho berish va vositalarni tanlashning konkretligi (mavjud sharoitlarni hisobga olmasdan vositalarni tanlash va ularni amalda qo‘llash subyektivizm, avantyurizm, dogmatizmni keltirib chiqaradi).

  • vositalar ularning ijtimoiy, shu jumladan, axloqiy ahamiyati, mohiyati bo‘yicha tasniflanishi zarur.

Maqsad – vositani, vosita esa maqsadni belgilaydi. Axloqiy maqsadga erishish uchun zarur vositalar hamisha ularni qo‘llash tufayli kelib chiqishi mumkin bo‘lgan oqibatlarni tahlil qilish asosida tanlanishi kerak. Bunda vositalar: a) eng oliy maqsad bo‘lgan ijtimoiy taraqqiyotni hisobga olgan holda tanlanishi va qo‘llanishi lozim; b) ijtimoiy taraqqiyotga qanday mashaqqat evaziga erishilgan bo‘lsa, axloqiy maqsadga ham shu darajada qiyinchilik bilan erishiladi; d) vosita nafaqat subyektning moddiy, jismoniy farovonligini, ayni vaqtda insonning qadr-qimmatini, subyektning axloqiy ongini ham o‘ylab qo‘llanilishi, tanlanishi lozim.
Ichki ishlar idoralarining xodimlari axloqiy tanlov chog‘ida maqsadni belgilash hamda vositalarni tanlash va qo‘llashda quyidagi qoidalarga qat’iy rioya qilishlari zarur:

  1. turli odamlar bilan bo‘ladigan muloqotda o‘zini axloqiy jihatdan ko‘proq oqlagan vositalardan samarali foydalanish, masalan, gumon qilinayotgan shaxsning tarjimai holini o‘rganish kerak;

  2. ko‘zlangan maqsad undan ham yuksak bo‘lgan boshqa maqsadga raxna solmasligi lozim. Masalan, huquqbuzarni ma’muriy jazolash uchun to‘plangan dalillar uni ozodlikdan mahrum qilish uchun emas, balki tarbiyalash uchun ishlatilishi kerak;

  3. maqsad va vositalarni tanlash va qo‘llashda me’yorni unutmaslik kerak: bitta maqsad uchun bitta vositani ishlatish zarur.

Ichki ishlar idoralari xodimlarining axloqiy erkinliklari quyidagi asosiy jihatlardan tashkil topgan:

  1. Ichki ishlar idoralari xodimlarining o‘z hayotlari mazmunini tashkil etuvchi oliy maqsadlarini belgilab olishlari. Inson farovonligini ta’minlash hamisha yuksak axloqiy maqsad bo‘lib kelgan. Unga erishish uchun doimo insonparvarlik mazmuniga ega bo‘lgan vositalar qo‘llanilgan.

  2. Insonparvar demokratik huquqiy davlat barpo etish sharoitida ichki ishlar idoralari xodimlarining axloqiy tanlovi, uni amalga oshirishning maqsad va vositalari bir-biriga uyg‘un bo‘lishi, har bir fuqaroning o‘zida mujassam bo‘lgan barcha insoniy xislatlarini namoyon qilishlari uchun imkoniyatlar yaratib berish.

  3. Iymon-e’tiqodli, halol va vijdonli bo‘lish. Erkin axloqiy tanlovni amalga oshirishning muhim tomonini uning amaliy faoliyati tashkil etadi. Amaliy faoliyat axloqiy tanlovni amalga oshirishning tashqi ko‘rinishidir.

Ichki ishlar idoralarining xodimlari axloqiy tanlovni amalga oshirish chog‘ida quyidagi asosiy axloqiy talablarga rioya qilishlari kerak:
jinoyatchilikka qarshi kurashish chog‘ida o‘z g‘oyaviy prinsiplaridan, kasb burchining talablaridan voz kechmaslik;
qonunni, o‘rnatilgan tartibni, axloq qoidalarini buzishning har qanday ko‘rinishlariga nisbatan murosasiz bo‘lish;
kasb burchini yuqori darajadagi axloqiy talab deb bilgan holda sadoqat bilan bajarish;
o‘zi bo‘larchilikka, befarqlikka, sansalorlikka, shoshma-shosharlikka yo‘l qo‘ymaslik;
odamlarning taqdiriga befarq qaramaslik va fuqarolarga nisbatan mulozamatli bo‘lish va h.k.
«Bugun hayot, davr taraqqiyoti kadrlar tanlovi, ularning tarbiyasi va bilim-malakasini oshirish, saviyasini yuksaltirish borasida zamonaviy uslublarni qo‘llashni taqozo etmoqda»1.




1 Каримов И.А. Янгиликка интилиб яшаш – тараққиёт гарови // Унинг ўзи.
Янгича фикрлаш ва ишлаш – давр талаби. Т.5. – Т.: Ўзбекистон, 1997. – Б. 356.


    1. Download 0,5 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   161




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish