Yozma nutq va uning ichki ishlar idoralari xodimlarining kasbiy faoliyatida tutgan o‘rni. Yozma nutq ichki ishlar idoralari xodimlari faoliyatining tarkibiy qismlaridan biri hisoblanadi. Oddiy bildirgi yozishdan murakkab jinoiy ishlarni olib borishgacha bajariladigan ishlarni yozma nutqsiz tasavvur qilish qiyin. Donolar, odatda, «Menga yozuvingni ko‘rsat, kimligingni aytib beraman» deydilar. Demak, yozuv odamning fe’lini ko‘rsatuvchi belgilardan biri ekan. Shuning uchun ham ichki ishlar idoralarining xodimlari, eng avvalo, yozma nutq turlari va qoidalarini puxta egallagan bo‘lishlari lozim.
Ilmiy uslub. Ilmiy uslub deb jamiyat taraqqiyoti talablaridan kelib chiqqan holda fikrlarni o‘zbek tilining barcha morfologik va sintaksik qoidalari asosida, ilmiy-hujjat shaklida, ilmiy-texnikaviy, ilmiy-ommabop, o‘quv-ilmiy, publitsistik tarzda ifoda etishga aytiladi.
Ilmiy uslub yozma nutqning boshqa shakllaridan quyidagi xususiyatlari bilan farq qiladi:
bayon qilinayotgan axborotning obyektivligi, aniqligi;
bayon qilinayotgan fikrning qisqa va lo‘ndaligi;
mantiqiy izchillikning kuchliligi;
ma’lumotlarga boyligi;
adabiy til qoidalariga qat’iy rioya etilishi, shevachilikning yo‘qligi;
fikrni bayon etishda ko‘rgazmali qurollar, ya’ni har xil chizma, ramz va jadvallar ishlatilishi.
Ilmiy uslub asosan maqola, monografiya, ilmiy ma’ruza yoki axborot, risola shaklidagi asarlarda qo‘llaniladi.
Rasmiy uslub. Bu uslub hozirgi kunda ma’muriy va yuridik ishlarda keng qo‘llaniladigan yozma nutq shakllariga kiradi. Barcha qonunlarning matnlari, farmon, buyruq va qo‘llanmalar, yo‘riqnoma va ruxsatnomalar, bildirgi va bayonnomalar, tushuntirish xatlari, dalolatnomalar, shartno-
1 Каримов И.А. Юксак маънавият – енгилмас куч. – Т.: Маънавият, 2008. –
Б.83.
malar, sudlardagi chiqishlar, xullas, ichki ishlar idoralarida yuritiladigan barcha hujjatlar rasmiy uslubda yoziladi.
Rasmiy uslub qoidalari quyidagilardan iborat:
so‘zlar tartibi grammatika qoidalariga to‘liq asoslangan bo‘lishi kerak;
fikr sodda, aniq va qisqa ifodalanishi lozim;
matn kasbga doir terminlar asosida bayon qilinishi zarur;
jargonlar, og‘zaki so‘zlashuv uslubiga xos so‘zlar ishlatilmasligi kerak;
eskirgan so‘z va iboralarni iloji boricha ishlatmaslik yoki o‘rniga qarab ishlatish lozim.
Rasmiy uslubda yozilgan hujjatlar ichki ishlar idoralari xodimlarining, qolaversa, butun vazirlikning madaniyat darajasini, professional jihatdan yetukligini, zamon bilan, xalq bilan hamnafas ekanligini ifodalovchi ko‘rsatkich hisoblanadi.
Og‘zaki nutq va uning ichki ishlar idoralari xodimlarining muomala madaniyatini shakllantirishdagi ahamiyati. Yuqorida qayd etilganidek, og‘zaki nutq so‘zlashuv uslubi va adabiy uslubda ifodalanadi.
So‘zlashuv uslubi deb kishilarning kundalik hayotda sheva va lahjalarda muloqot qilish usuliga aytiladi. So‘zlashuv uslubida nutq madaniyatining qoida va normalari qat’iy qo‘llanilmaydi. Hozirgi kunda mamlakatimiz aholisi Toshkent, Farg‘ona, Namangan, Andijon, Qarshi, Surxondaryo , Buxoro, Samarqand shevalari kabi ko‘plab shevalarda so‘zlashadilar.
Adabiy uslub deb adabiy til normalariga qat’iy amal qilishga asoslangan uslubga aytiladi. Adabiy uslubda so‘zlashganda, jumladan ma’ruza o‘qilganida, rasmiy uchrashuvlar o‘tkazishda til qoidalariga to‘liq rioya etiladi.
Og‘zaki nutq yozma nutqqa qaraganda keng qamrovli bo‘lib, quyidagi xususiyatlarga ega:
og‘zaki nutqda shevachilikning ta’siri kuchli bo‘ladi;
og‘zaki nutqda yozma nutqdagi kabi o‘ylab ish tutish imkoni kam bo‘ladi;
og‘zaki nutqning o‘ziga xos grammatik tuzilishi, qurilish tartibi mavjud;
og‘zaki nutqda talaffuz, ohang, imo-ishora vositalari muhim rol o‘ynaydi;
og‘zaki nutqning yuzaga chiqishi so‘zlovchining kayfiyati, nutq
so‘zlanayotgan vaziyat, so‘zlovchi nutqiy a’zolarining normal va sog‘lomligiga bog‘liq;
og‘zaki nutq normalarining barcha xususiyatlarini payqash, yozib olish, o‘rgatish va o‘rganish ancha qiyin kechadi;
og‘zaki nutq bir butun hodisa (matn) sifatida cheksiz va son- sanoqsiz shaxsiy (individual) faoliyat bo‘lib, uning ko‘pgina qirralari turli sharoitlarda o‘zicha kechadi va payqamagan holda beiz yo‘qolib ketadi;
kishi so‘zlaganida o‘z nutqiga yozganidagi kabi yetarli e’tibor bermaydi1.
Og‘zaki nutq funksional shakliga ko‘ra, so‘zlashuv tilida gapiruvchi shaxslarning, notiqlarning, radio va televideniye suxandonlarining nutqlari hamda sahna nutqlariga bo‘linadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |