Ichki ishlar idoralari xodimlarining



Download 0,5 Mb.
bet83/161
Sana06.02.2023
Hajmi0,5 Mb.
#908221
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   161
Bog'liq
Respublikasi

Ichki ishlar idoralari xodimlarining fuqarolar xonadonlariga tashrif buyurish madaniyati. Fuqarolarning xonadonlariga kirishga to‘g‘ri kelganida ichki ishlar idoralari xodimlari quyidagi axloq qoidalarga rioya etishlari kerak:

  1. Ichki ishlar idoralarining xodimlari o‘z xizmat vazifalarini bajarish chog‘ida qonunlarda va yo‘riqnomalarda ko‘rsatilgan tartibda fuqarolarning xonadonlariga tashrif buyurishlari mumkin.

  2. Xonadonga tashrif buyurayotgan xodim bu tashrif uy sohibining qadr-qimmati, qo‘ni-qo‘shnilari oldidagi obro‘si bilan bog‘liq bo‘lgan katta axloqiy mas’uliyatga ega ish ekanligini unutmasligi kerak. Shuning uchun ham fuqarolar xonadoniga tashrif buyurganda odob qoidalariga, tashqi ko‘rinish, kiyim-bosh kiyish, tozalik normalariga og‘ishmay amal qilishi zarur.

  3. Xonadonga kirishda har bir xodim, eng avvalo, harbiychasiga salomlashishi, o‘zini tanishtirishi va tashrifdan ko‘zlagan maqsadini bosiqlik bilan xonadon sohibiga tushuntirishi kerak. Bu tashrif pasport qaydini tekshirish bilan bog‘liq bo‘lsa, xushmuomalalik bilan pasportni ko‘rsatishlarini so‘rashi lozim. Agar pasport solingan hujjatdon ichida pul va boshqa qog‘ozlar bo‘lsa, xonadon sohibidan ularni olib, faqat pasportni berish so‘raladi. Xodim hech vaqt hujjatdondagi pul va boshqa qog‘ozlarga qo‘l tekkizmasligi kerak.

  4. Pasportni qayd qilish va yashash qoidalariga amal qilishda ozgina kamchiliklar bo‘lsa-yu, ma’muriy chora ko‘rish uchun yetarli asos bo‘lmasa, xonadon sohibi va uning oila a’zolari bilan qisqacha suhbat





1 Ўзбекистон Республикаси ички ишлар идоралари ходимларининг касб маданияти ҳақида қўлланма... – Б.12-13.
o‘tkazib, tushuntirish ishlari olib borish zarur. Suhbat va tushuntirish ishlari nihoyatda samimiy, ishonchli bo‘lmog‘i kerak.

  1. Har bir xodim, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 26- moddasida ko‘rsatilganidek, «har kim o‘z sha’ni va obro‘siga qilingan tajovuzlardan, shaxsiy hayotiga aralashishdan ximoyalanish va turar joyi daxlsizligi huquqiga ega» ekanligini unutmagan holda xonadonga faqat jinoyatning oldini olish, fuqarolarning hayotini saqlab qolish maqsadida kirishi, bunda ehtiyotkorlik bilan va tez harakat qilib, jinoyatchini, tartibbuzarni qo‘lga olishi kerak. Qo‘lga olish chog‘ida u iloji boricha xonadondagi buyum, anjomlarga ziyon-zahmat yetkazmaslik choralarini ko‘rishi zarur.

  2. Yolg‘iz o‘zi yashovchi qariyalar yoki umuminsoniy axloqqa zid harakatlar qilib yashovchi oilalar, qamoq joyidan bo‘shab kelganlarning xonadonlariga tashrif buyurganda nihoyatda ehtiyotkorlik, sezgirlik bilan ish ko‘rib, ularga diqqat-e’tibor bilan qarash, yordam qo‘lini cho‘zish, qayta tarbiyalab, risoladagi hayot quchog‘iga qaytarish choralarini ko‘rish lozim.


Download 0,5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   161




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish