Ichki ishlar idoralari xodimlarining



Download 0,5 Mb.
bet79/161
Sana06.02.2023
Hajmi0,5 Mb.
#908221
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   161
Bog'liq
Respublikasi

§. ICHKI ISHLAR IDORALARI XODIMLARINING XULQ- ATVOR MADANIYATI

Xulq-atvor kishining muomalasi va ruhiyatidagi, fe’li va xatti- harakati, odatlari, qiliqlaridagi xususiyatlarning majmui hisoblanadi. U ma’lum bir jamiyat, ijtimoiy guruh a’zolarining ijtimoiy hayot sharoitida


1 Qarang: Донишмандлар одоб-ахлоқ тўғрисида. – Т.: Ўқитувчи, 1986. –
Б.20.
shakllangan amaliy faoliyati, xatti-harakatlari, odamlar bilan munosa- batlarining umumiy tartib qoidalaridan iborat bo‘ladi.
Ichki ishlar idoralari xodimlarining kasb madaniyatini ichki va tashqi madaniyatga bo‘lib o‘rganamiz. Ichki madaniyat deganda xodim ma’naviy olamining boyligi, dunyoqarashining keng va sog‘lomligi, mustaqil va ijodiy fikrlay olishi, axloqan pokligi, his-tuyg‘ularining boy va faolligi, didining yuksakligi tushunilsa; tashqi madaniyat deganda xodimning xatti- harakati va yurish-turishi, gapirish va kiyinish madaniyati tushuniladi. U xodimning hayo, ibo, nazokat, andisha kabi bir qator ijobiy fazilatlarini o‘z ichiga oladi.
Ichki ishlar idoralari xodimlarining aholi bilan bo‘ladigan xulq-atvor madaniyati muomala madaniyatining uzviy qismi va aniq ifodasi hisoblanadi.
Yaxshi yoki yomon xulqlar ajratiladi.
Yaxshi xulqlar jumlasiga poklik, sobitqadamlik, rostgo‘ylik, shijoat, hayo, matonat, diyonat, qanoat, qadr-qimmat, farosat, itoat, kamtarlik, mu- loyimlik, xayrixohlik, munislik, kechirimlilik, sadoqat va boshqalar kiradi.
Yomon xulqlarga xudbinlik, hasad, xushomadgo‘ylik, jahl, g‘azab, g‘iybat, takabburlik, tamagirlik, yolg‘onchilik, chaqimchilik, tuhmat, baxillik, ochko‘zlik, adovat, haqorat, nifoq, zulm, yalqovlik, qo‘rqoqlik va boshqalar kiradi.
Ichki ishlar idoralari xodimlarining xulq-atvor madaniyati, shubhasiz, xodimlarning aholi bilan bo‘ladigan munosabatlarida faqat yaxshi xulqlarini namoyon qilishlari, yomon xulqlarini yashirishlari, ularni yo‘q qilish uchun kurashishlarini taqozo etadi.
Odamlarning xulq-atvor madaniyati to‘g‘risida «Hadis»larda shunday deyilgan: «Sizlar odamlarni mol-dunyolaringiz bilan mamnun qila olmaysizlar, balki ochiq yuz va yaxshi xulqlaringiz bilan minnatdor qilishlaringiz mumkin», «Mo‘minlarning afzali xulq-atvori yaxshilaridir»1,
– deyilgan. Shunday ekan, xalqning osoyishtaligi, tinchligi, baxt-saodati yo‘lida xizmat qilayotgan huquq posbonlari o‘zlarining yaxshi xulqlari bilan xalq orasida obro‘ topishlari suv va havodek zarur.
Ichki ishlar idoralari xodimlarining xulq-atvor madaniyati xushmuomalalik, madaniyatlilik, odob kabilarda namoyon bo‘ladi.
Xushmuomalalik deb ichki ishlar idoralari xodimlarining aholi bilan ularning izzat-hurmatini joyiga qo‘yib, samimiy, sipolik va muloyimlik, kamtarlik, xayrxohlik, xolislik bilan qiladigan axloqiy xatti-harakatlari




1 Qarang: Ахлоқ-одобга оид ҳадис намуналари. – Т.: Фан, 1990. – Б.34, 52.
majmuiga aytiladi.
Odob (arabcha «adab» ) deganda, jamiyatda, kishilar bilan muomalada o‘zini tuta bilish; axloq, tarbiya va uning normalari tushuniladi.
Ichki ishlar idoralari xodimlarining odobi deb ularning o‘zaro va fuqarolar bilan qiladigan muomalalarida namoyon bo‘ladigan xulq-atvor qoidalariga aytiladi.
Ichki ishlar idoralari xodimlarining muomala odobi deb ularning aholi bilan bo‘ladigan munosabatlarida, ya’ni jamiyatda, kishilar bilan bo‘ladigan muomalada o‘zini tuta bilish, yaramas ishdan, yomon so‘zdan nafsini tiyish, o‘zining ham, o‘zganing ham izzatini, obro‘sini saqlashga qaratilgan axloqiy xatti-harakat normalariga aytiladi. Xodim qanchalik adabli bo‘lsa, uning ham, ichki ishlar idoralarining ham obro‘si shunchalik baland bo‘ladi. «Adab, – donolar aytganidek, – aqlga nur bag‘ishlovchi va salomatlikning sarmoyasidir. Adabsizlik esa qonun va axloqqa teskari bo‘lgan yaramas ishlar va yomon so‘zlarni hech uyalmasdan ishlatmoq va so‘zlamoqdir»1. Demak, odobliga yo‘ldosh bo‘lib, odobsizdan yiroq yurmoq kerak.
Odobning asosiy shakli sulukat hisoblanadi. «Sulukat» arabchadan kelgan so‘z bo‘lib, kishilar bilan muomalada, jamiyatda o‘zini tutish tarzi; xulq-atvor, qiliq ma’nosida qo‘llaniladi (masalan, sulukati sovuq odam yoki sulukatli (qilig‘i yoqimli) odam kabi)2.
Ichki ishlar idoralari xodimlarining sulukati – buularning aholi bilan bo‘ladigan muomalada o‘zini yaxshi tuta bilishi asosida yoqimli qiliqlar qilishidir. Uning o‘zaro va boshqa kishilar bilan muomala qilishida ko‘rinadigan odobining tashqi shakli, ifodasidir. Demak, har kimning o‘ziga xos xulq-atvori uning sulukatida o‘z aksini topgan bo‘ladi. Bu o‘rinda etika va estetikadagi yaxshilik va go‘zallik o‘zaro qo‘shilib ketadi, ularning uzviy birligi ichki ishlar idoralari xodimlarining odobi va sulukati orqali namoyon bo‘ladi. Shuning uchun ham «Estetika – kelajak etikasi»,
«Odob – chiroyli estetika» deydilar.
Ichki ishlar idoralari xodimlarining odobi jamiyatda o‘rnatilgan tartib- intizom, qonun-qoidalar orqali amalga oshirilishi bilan boshqalarning xulq-atvorlaridan ajralib turadi.
Madaniyatlilik deb ichki ishlar idoralari xodimlarining aqliy va ijtimoiy kamolotining rivojlanganligini, uning jamiyat va davlat


1 Qarang: Донишмандлар одоб-ахлоқ тўғрисида. – Т.: Ўқитувчи,1986. –
Б.49.
2 Qarang: Ўзбек тилининг изоҳли луғати. Ж.3. – Т.: “Ўзбекистон миллий энциклопедияси” Давлат илмий нашриёти, 2006. – Б.586.
manfaatlariga mos kelishini ifodalovchi ichki va tashqi ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy-huquqiy, axloqiy-ma’naviy qarashlari va xatti-harakatlarining muayyan tizimiga aytiladi.
Yuksak madaniyat sohibi bo‘lgan xodimgina xalqdan o‘zini ajratmaydi, uning diliga oshno, dardiga malham bo‘ladi.
Ichki ishlar idoralari xodimlarining aholi bilan bo‘ladigan xulq-atvor madaniyatining muhim qismlaridan biri salomlashish odobi hisoblanadi.

Download 0,5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   161




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish