Ichki ishlar idoralari xodimlarining


Ichki ishlar idoralari xodimlarining nutq odobi qoidalari



Download 0,5 Mb.
bet87/161
Sana06.02.2023
Hajmi0,5 Mb.
#908221
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   161
Bog'liq
Respublikasi

Ichki ishlar idoralari xodimlarining nutq odobi qoidalari. Ichki ishlar idoralari xodimlarining nutqi, og‘zaki yoki yozma bo‘lishidan qat’i nazar, quyidagi qoidalarga mos kelishi kerak:

  • birinchidan, nutq mazmunli bo‘lishi, notiqning fikr yuritayotgan mavzuni har tomonlama va chuqur bilishidan darak berishi;

  • ikkinchidan, adabiy va grammatik jihatdan to‘g‘ri, har qanday shevachilikdan xoli bo‘lishi;

  • uchinchidan, aniq-ravshan, qisqa va tushunarli ifodalanishi;

  • to‘rtinchidan, mantiqiy izchil, sof, keraksiz so‘z va iboralardan xoli bo‘lishi;

  • beshinchidan, ifodali, ta’sirchan, yorqin, tinglovchida qiziqish uyg‘otadigan bo‘lishi;

  • oltinchidan, aniq, sodda, go‘zal bo‘lgani holda nutq mavzuiga mos tushishi;

  • yettinchidan, o‘quvchi yoki tinglovchining ruhiy-ma’naviy holati, yoshi, kasb-kori, jinsi hamda mavjud vaziyatni, davlat tomonidan yuritilayotgan ichki va tashqi siyosatni inobatga olishi kerak.

Ichki ishlar idoralari xodimlarining nutq madaniyatini o‘stirish vositalariga quyidagilar kiradi:

  • badiiy asarlarni muntazam ravishda o‘qib borish va ular yuzasidan fikr yuritish;

  • o‘zbek tilining grammatik qonun-qoidalarini puxta o‘rganish;

  • har xil lug‘atlar bilan muntazam ravishda ishlash;





1 Qarang: Қўнғуров Р., Бегматов Э., Тожиев Ё. Нутқ маданияти ва услубияти асослари. – Т.: Ўқитувчи, 1992. – Б.33-34.

  • gazeta va jurnallar, ayniqsa ularda e’lon qilingan hikoya, maqol va latifalarni o‘qib borish;

  • hikmatlar, pandnomalarni qunt bilan o‘qish;

  • xizmatdoshlar oldida og‘zaki nutq so‘zlash, har xil axborotlar berib turish;

  • badiiy havaskorlik to‘garaklarida qatnashib, she’r, monolog, qasidalarni o‘qish va h.k.

Ichki ishlar idoralari xodimlari aholi bilan muloqotda quyidagi nutq odobi talablarini unutmasliklari kerak:

  1. Fuqarolar bilan so‘zlashganda xodim shirinsuxan, muloyim va ezgu niyatli bo‘lishi zarur. Chunki shirin so‘z bilan odamlarni birlashtirish, achchiq, haqoratomuz so‘zlar bilan esa yuz ko‘rmas qilib yuborish mumkin.

  2. So‘zlaganda imo-ishoralarni kamroq ishlatish, ayniqsa qo‘lni ko‘tarib, do‘q-po‘pisa qilib, minbarni mushtlab, qo‘lidagi narsalarni otib gapirmaslik kerak. Suhbat nihoyatda samimiy, xayrxohlik ruhida, odamoxunlik bilan tugatilishi lozim.

  3. Fuqarolarning so‘zlarini, garchand mazmuni sizga ma’lum yoki yoqmayotgan bo‘lsa ham, diqqat va chidam bilan eshitish kerak. Bu haqda Alisher Navoiy shunday deganlar: «Fano ahliga ko‘p so‘zlamoq maqbul emas, ko‘p eshitmoq matlub va yaxshidir. Eshitmoq kishini to‘latadi, aytmoq bo‘shatadi»1.

  4. So‘zlashish chog‘ida o‘zi, oilasi to‘g‘risida, shaxsiy g‘am- tashvishlari haqida so‘z ochmaslik, oila sirini saqlash kerak.

  5. So‘zni qadrlash, hurmat qilish, tilni tiyish, sergap va vaysaqi bo‘lmaslik, har xil haqoratomuz so‘zlarni aytmaslik lozim. Chunki, ulug‘ mutafakkir Alisher Navoiy ta’biri bilan aytganda, «ko‘p so‘zlovchi valdiroq tunda tong otguncha huriydigan itga o‘xshaydi. Nodonning dahshatga soluvchi aljirashiga tomoq qirmog‘i – eshakning o‘rinsiz hangramog‘i kabidir»2.

  6. G‘iybatdan, tuhmatdan, mish-mishlardan tiyilish, bo‘shog‘izlik qilmasdan, suhbat sirini saqlay bilish kerak.

  7. Fuqarolar bilan bo‘ladigan munosabatda «til aql tarozisidir» degan naqlni yodda tutishi kerak.

  8. Xodim, egallab turgan lavozimidan qat’i nazar, jamoasida va



1 Qarang: Аждодлар ўгити: ҳикоятлар ҳикматлар, тамсиллар. – Т.: Чўлпон, 1990. – Б.115.
2 O‘sha manba. – B.118.
fuqarolar bilan bo‘ladigan muloqotlarda nutqi, xatti-harakatlari, xulqi va fe’l-atvorini nazorat qilib borishi, faqatgina o‘z gapini ma’qullashga urinmay, boshqalarning so‘zlariga ham quloq solishga odatlanishi kerak.
So‘zning qudrati va odamlarning notiqlik madaniyati to‘g‘risida turli xalqlarning mutafakkirlari shunday deganlar:

  • So‘zdan qudratliroq narsa yo‘q. So‘z yovuzlarni yakson etadi. So‘z bo‘lmasa, dunyo dag‘al kuchlar qo‘lida qolar edi. (A. Frans)

  • So‘z bilan ifodalangan har qanday fikr ta’sir ko‘lami tugamaydigan kuchdir. (L. N. Tolstoy)

  • So‘zni ko‘ngilda pishirmaguncha tilga keltirma, Har nekim ko‘ngilda bo‘lsa tilga surma. (Alisher Navoiy)

  • Nutq qudratli kuch: u ishontiradi, undaydi, majbur etadi. (R. Emerson)

  • Ehtiyot bo‘lib gapirish notiqlikdan ham ustundir. (F. Bekon)

  • Yaxshi so‘zla, ammo mahmadona bo‘lma, ezmalik kaltabinlikdir. (Kaykovus)

  • Eng yaxshi til tiyilgan til, eng yaxshi nutq puxta o‘ylangan nutq. (L. N. Tolstoy)

  • Og‘ziga kelganni demak nodonning ishi,

Oldiga kelganni yemak hayvonning ishi. (Alisher Navoiy)

  • Donolar so‘ziga quloq ilmasang, Eng nodon sendirsan bilgil, bilmasang. (Abulqosim Firdavsiy)





  1. Download 0,5 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   161




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish