Ichki ishlar idoralari xodimlari kasb axloqining normalari. Ichki ishlar idoralari xodimlarining kasb axloqi prinsiplari amalda axloq normalari orqali namoyon bo‘ladi.
Ichki ishlar idoralari xodimlari kasb axloqining normalari deb jami- yat, davlat, vazirlik tomonidan ishlab chiqilgan, ichki ishlar idoralari xodimlarining xulqi, fe’l-atvorlarini tartibga soluvchi, bajarilishi shart bo‘lgan axloqiy-huquqiy talablar majmuiga aytiladi.
Ichki ishlar idoralari xodimlari kasb axloqining normalari umumiy- likdan xususiylikka va undan alohidalikka qarab amal qilgan holda xodimning o‘z xulqiy xatti-harakatlarini sodir etishda nima qilishi lozim- ligiga emas, balki uning qanday bo‘lishi kerakligiga qo‘yiladigan talab tarzida namoyon bo‘ladi. Xuddi shuningdek, axloqiy normalar jamiyat, davlat va xizmat jamoalarining xodimga munosabatini ifodalab, uning shaxsiga muayyan baho beradi.
Shunday qilib, axloq normalari ayni vaqtning o‘zida talab va baho normalari shaklini oladi, ya’ni jamiyat, davlat, xizmat jamoalari yomonlik keltiradigan xatti-harakatlarni ular orqali qoralaydi va yaxshilikka erishishga qaratilgan xatti-harakatlarni ular orqali ma’qullaydi. Bu bilan axloq normalari nafaqat yomonlik yo‘liga to‘siq, balki ayni paytda xodimlarni ezgu ishlarga chorlovchi ma’naviy-axloqiy omil bo‘lib ham xizmat qiladi.
Ichki ishlar idoralari xodimlari kasb axloqining normalariga quyida- gilar kiradi: xushmuomalalik va odoblilik, oddiylik va kamtarlik, halollik va rostgo‘ylik, ochiqko‘ngillik va dangallik, saxiylik va muruvvatlilik, o‘zaro hurmat, do‘stona munosabat, samimiylik, sipolik, kattalarni hurmat qilish va boshqalar.
Xushmuomalalik va odoblilik.Ichki ishlar idoralari xodimlari amal qilishi zarur bo‘lgan axloq normalaridan biri xushmuomalalik va odoblilikdir.
Xushmuomalalik – o‘zga kishilarga bo‘lgan ichki hurmatning tashqi ko‘rinishidir. Uning o‘nta belgisi bor. Ular quyidagilar: insof, aql, ilm,
hilm1, olijanoblik, ko‘rkam fe’l, yaxshilik, sabr, shukr, muloyimlik. Mana shularga amal qilgan har bir xodim hamisha va har qanday holatda fuqarolar bilan odob doirasidan chiqmasdan muloqotda bo‘ladi.
Ichki ishlar idoralari xodimlarining xushmuomalaligi – har bir xodimning o‘z xizmat vazifasini bajarishda dilidagi ardoqli fikrlarini, eng noyob his-tuyg‘ularini, eng sara ezgu niyatlarini odamlar bilan baham ko‘rish asosida osoyishtalik, vazminlik, xotirjamlik, odob bilan muloqot qilishi demakdir.
Ichki ishlar idoralari xodimlarining xushmuomalaligi:
birinchidan, har bir xodimning o‘zi va safdoshlarining xizmat jamo- asida o‘rnatilgan intizom va boshqa tartib-qoida talablariga rioya qilishida ko‘rinadi, chunki intizomli kishi aksariyat hollarda xushmuomala, intizomsiz odam esa qo‘pol va yolg‘onchi bo‘ladi;
ikkinchidan, har bir xodimning barcha fuqarolar bilan bo‘ladigan muomalada ularning ijtimoiy mavqei va boshqa ustunliklaridan qat’i nazar teng va iltifotli bo‘lishida namoyon bo‘ladi, chunki xushmuomalalik xushnudlikda, boshqa kishilarga nisbatan hurmatda namoyon bo‘ladigan insoniylikdir;
uchinchidan, har bir xodim fuqarolar bilan bo‘ladigan muloqotda hech qachon boshqa kishilarni noqulay ahvolga solib qo‘ymasligida, ularning fikr mulohazalariga baho berishda odobsizlik qilmasligida, o‘zining undan ustunligini aslo pesh qilmasligida bilinadi;
to‘rtinchidan, har bir xodimning hayotda uchraydigan u yoki bu masala yuzasidan boshqalar tomonidan bildirilgan fikrlarining noto‘g‘ri ekanligini, unga qo‘shilmasligini odob bilan tushuntirishida, kerak bo‘lsa isbotlashga harakat qilishida, binobarin, qo‘pollik qilmasligida ko‘rinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |